Мавзу: Суғурта ташкилотларида бухгалтерия ҳисоби фанининг предмети, объекти ва вазифалари


Download 2.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/125
Sana18.10.2023
Hajmi2.25 Mb.
#1707378
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   125
Bog'liq
9-y-Sugurta-hisobi-va-hisobot-Oquv-qollanma-I-Ochilov-T2010

Debet 6330 – Kredit 6280 
 
Bosh sug‘urta shartnomasining muddati tugashi bilan depozit-
ning foydalanilmay qolgan summasi sug‘urtalanuvchiga qaytarib 
beriladi: 
Debet 6330 – Kredit 5000 (5100,5200) 
 
Ba’zi hollarda bosh polis bo‘yicha sug‘urtalash shartnomalari-
da shartnoma muddatining tugashi bilan depozit qoldig‘iga nisba-
tan kelishilgan foizda daromad ham hisoblanishi mumkin. Foiz-
larni belgilash qarzdorlikmunosabatlariga xos ravishda amalga 
oshiriladi, lekin depozit qoldig‘i qarz sifatida hisobga olinmaydi. 
3.4. Sug‘urta agentlari va brokerlari bilan olib boriladigan
hisob-kitoblarni amalga oshirish 
Ma’lumki, sug‘urta agentlari o‘z faoliyatini faqatgina o‘zi emas, 
balki sug‘urta agentlari va brokerlari orqali ham amalga oshirishi 
mumkin. Agar sug‘urta agentining vazifasi faqatgina sug‘urtala-
nuvchini topish shartnoma tuzish uchun sug‘urta tashkilotiga olib 
kelish bo‘lganda ular bo‘yicha qo‘shimcha hisob-kitoblarni amal-
ga oshirish talab etilgan bo‘lardi.
Lekin sug‘urtalovchi bilan sug‘urta agenti o‘rtasida tuzilgan 
o‘zaro agentlik kelishuviga asosan sug‘urta agenti sug‘urtalovchi-
ning nomidan sug‘urta shartnomasini tuzishi va o‘z vakolati doira-
sida sug‘urta mukofotlarining summalarini belgilashi hamda to‘-
langan sug‘urta mukofotlarini qabul qilishi mumkin. Sug‘urta agenti 
sug‘urta mukofotlarini sug‘urtalovchining hisob raqamiga o‘tkazib 
beradi.
Qonunchilikka asosan sug‘urta shartnomasi agar unda boshqa-
cha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, sug‘urta mukofoti to‘langan-


43 
dan so‘ng kuchga kiradi. Bunda sug‘urta agenti bilan tuzilgan su-
g‘urta shartnomasining to‘lovi sanasi sug‘urtalanuvchi tomonidan 
sug‘urta agentiga sug‘urta mukofotining o‘tkazilgan sanasi hisob-
lanadi. Shuning uchun sug‘urta mukofotlarining sug‘urtalovchiga 
kelib tushgan sana emas, balki sug‘urtalanuvchining hisob raqami-
dan olingan sana sug‘urta mukofotining to‘langan sanasi sifatida 
hisobga olinadi.
Sug‘urta mukofotlarining kelib tushishi 6280 schyotda hisobga 
olib boriladi. Lekin sug‘urta mukofotining to‘lovi amalga oshiri-
lib, hamon sug‘urta tashkilotining kassasiga yoki hisob raqamiga 
kelib tushmagan taqdirda ularga quyidagicha provodka berish no-
to‘g‘ri hisoblanadi: 

Download 2.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling