Мавзу: Суғурта ташкилотларида бухгалтерия ҳисоби фанининг предмети, объекти ва вазифалари


Download 2.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/125
Sana18.10.2023
Hajmi2.25 Mb.
#1707378
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   125
Bog'liq
9-y-Sugurta-hisobi-va-hisobot-Oquv-qollanma-I-Ochilov-T2010

 
 
 
XVI bob. SUG‘URTA ZAXIRALARIDAGI QAYTA 
SUG‘URTALOVCHILARNING ULUSHINI HISOBGA 
OLISH 
16.1. Xabar qilingan, lekin bartaraf etilmagan zararlar 
zaxirasidagi qayta sug‘urtalovchining ulushi 
Sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalovchi o‘z zimmasiga 
olgan sug‘urta qoplamasini yoki sug‘urta pulini to‘lash xavfi uning 
tomonidan to‘liq yoki qisman boshqa sug‘urtalovchida (sug‘urta-
lovchilarda) u bilan tuzilgan qayta sug‘urta qilish shartnomasi bo‘-
yicha sug‘urtalanishi mumkin. 
Qayta sug‘urta qilish shartnomasiga nisbatan, agar qayta su-
g‘urta qilish shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilmagan 
bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 52-bobinng 
tadbirkorlik xavfini sug‘urta qilish borasida qo‘llanishi lozim bo‘l-
gan qoidalari tatbiq etiladi. Qayta sug‘urta qilish shartnomasini 
tuzgan sug‘urta shartnomasi (asosiy shartnoma) bo‘yicha sug‘ur-
talovchi bo‘lgan tashkilot keyingi shartnomada sug‘urta qildiruv-
chi hisoblanadi. 
Qayta sug‘urta qilishda sug‘urta qoplamasini yoki sug‘urta 
pulini to‘lash uchun asosiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urta 
qildiruvchi oldida qayta sug‘urtalovchi javobgar bo‘lib qolaveradi. 
Biroq asosiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalanuvchi 
hisoblangan sug‘urta tashkiloti sug‘urta hodisasi yuz berishidan 
oldin tugatilgan taqdirda, uning ushbu shartnoma bo‘yicha huquq 
va majburiyatlarining qayta sug‘urta qilingan qismi qayta sug‘urta 
qilish shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalovchiga o‘tadi. 
Amaliyotda ikki yoki bir nechta qayta sug‘urta qilish shartno-
malarini ketma-ket tuzishga yo‘l qo‘yiladi. Bunday shartnoma-
larning har biri keyingi qayta sug‘urta qilish shartnomasiga nis-
batan asosiy sug‘urta shartnomasi deb hisoblanadi. 
Ma’lumki, qayta sug‘urtalovchi qayta sug‘urtaga qabul qilin-
gan risklar bo‘yicha qayta sug‘urtalanuvchi tomonidan sug‘urta 


138 
hodisasi yuz berganligi to‘g‘risidagi xabarni olgandan so‘ng “Xa-
bar qilingan, lekin bartaraf etilmagan zararlar zaxirasi”ni shakl-
lantiradi. Mazkur zaxiraning hajmi to‘lanishi mo‘ljallanayotgan 
sug‘urta qoplamasining hajmiga teng bo‘ladi. 
Agar sug‘urta hodisasining yuz berganligi to‘g‘risidagi arizada 
va zararning hajmi to‘g‘risida ma’lumot berilmagan bo‘lsa, su-
g‘urta zaxirasi to‘lanishini mumkin bo‘lgan maksimal sug‘urta 
qoplamasi summasiga muvofiq ravishda shakllantiriladi. Qayta su-
g‘urtalovchining buxgalteriya hisobida xabar qilingan, lekin bar-
taraf etilmagan zararlar zaxirasi 8030 schyot “Xabar qilingan, le-
kin bartaraf etilmagan zararlar zaxirasi”da aks ettiriladi va 9250 
schyot “Xabar qilingan, lekin bartaraf etilmagan zararlar zaxirasi 
o‘zgarishining natijasi” bilan korrespondensiyalanadi.

Download 2.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling