144
9230 schyot “Ishlab topilmagan mukofotlar zaxirasi o‘zgari-
shining natijasi” va 9240 schyot “Sodir bo‘lgan, lekin xabar qilin-
magan zararlar zaxirasi o‘zgarishining natijasi”ning
debet qol-
dig‘i 9030 schyot “Sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatishdan
daromad-
lar”ning debetiga o‘tkaziladi:
Debet 9030 – Kredit 9230
Debet 9030 – Kredit 9240
Kredit qoldig‘i esa ko‘rsatilgan schyotning kreditga o‘tkaziladi:
Debet 9230 – Kredit 9030
Debet 9240 – Kredit 9030
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Sug‘urta
nazorati
davlat inspeksiyasi bilan kelishilgan Nizom asosida shakllantirila-
digan sug‘urta zaxiralarida qayta sug‘urtalovchining ulushi bo‘lishi
mumkinligi qonunchilikda belgilanmagan.
Tayanch so‘zlar
Qayta sug‘urtalovchining su-
g‘urta zaxirasidagi ulushi
Akvizitsion xarajatlar
Xabar qilingan, lekin bartaraf
etilmagan zararlar zaxirasi
Hayot sug‘urtasi zaxirasida
qayta sug‘urtalovchining ulushi
Ishlab topilmagan sug‘urta
mukofotlari zaxirasi
Zaxiralar bo‘yicha moliyaviy
natija
Nazorat savollari
1.
Xabar qilingan, lekin bartaraf
etilmagan zararlar zaxirasi-
dagi qayta sug‘urtalovchining ulushi qanday hisobga olinadi?
2. Qayta sug‘urta qilishda sug‘urta qoplamasini yoki sug‘urta
pulini to‘lash uchun asosiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urta
qildiruvchi oldida kim javobgar bo‘ladi?
3. Amaliyotda ikki yoki bir nechta qayta sug‘urta qilish shart-
nomalarini ketma-ket tuzishga yo‘l qo‘yiladimi?
4. Agar sug‘urta hodisasining yuz berganligi to‘g‘risidagi ariza-
da va zararning hajmi to‘g‘risida ma’lumot berilmagan bo‘lsa,
sug‘urta zaxirasi to‘lanishini qanday amalga oshiriladi?
145
5. Agar qayta sug‘urtalanuvchiga to‘langan sug‘urta qoplamasi
summasi zaxiradagi summadan kam bo‘lsa,
u holda ortib qolgan
summaga qanday provodka beriladi?
6. Ishlab topilmagan mukofotlar zaxirasi va sodir bo‘lgan,
lekin
xabar qilinmagan zararlar zaxirasidagi qayta sug‘urtalovchining
ulushi qanday aniqlanadi?
7. Zaxiralar bo‘yicha moliyaviy zaxira qanday aniqlanadi?
8. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Sug‘urta nazorati
davlat inspeksiyasi bilan kelishilgan Nizom asosida shakllantirila-
digan sug‘urta zaxiralarida qayta sug‘urtalovchining ulushi bo‘lishi
mumkinligi qaysi qonun hujjatida belgilangan?
Do'stlaringiz bilan baham: