Мавзу: Суғурта ташкилотларида бухгалтерия ҳисоби фанининг предмети, объекти ва вазифалари
Download 2.25 Mb. Pdf ko'rish
|
9-y-Sugurta-hisobi-va-hisobot-Oquv-qollanma-I-Ochilov-T2010
146 XVII bob. SUG‘URTA TASHKILOTLARI TOMONIDAN SUG‘URTA ZAXIRALARINI JOYLASHTIRISHNING UMUMIY TARTIBI O‘zbekiston Respublikasining “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”- gi qonunining 6-moddasiga asosan “Sug‘urtalovchilar sug‘urtani amalga oshirish bilan bevosita bog‘liq bo‘lmagan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishlari mumkin emas. Quyidagilar bun- dan mustasno: – maxsus vakolatli davlat organi belgilaydigan tartib va shartlardagi investitsiya faoliyati; – sug‘urta sohasidagi mutaxassislarning malakasini oshirish bilan bog‘liq faoliyat; – sug‘urta agenti sifatidagi sug‘urta vositachiligi. Yuqoridagilarga asosan sug‘urta tashkiloti O‘zbekiston Res- publikasi Moliya vazirligi belgilab beradigan tartib va shartlarda investitsiya faoliyatini amalga oshiradi. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligidan 2008-yil 12-mayda 1806-son bilan davlat ro‘y- xatidan o‘tkazilgan “Sug‘urtalovchilar va qayta sug‘urtalovchi- larning to‘lov qobiliyati to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq sug‘urta tashkilotlari zaxiralarini turli obyektlarga joylashtiradilar. Sug‘urta tashkilotlari o‘z zaxiralarini daromadlilik, diversifikatsiya, likvid- lik va qaytimlilik tamoyillari asosida joylashtirishlari belgilangan. Diversifikatsiya – bu investitsiya qilinayotgan mablag‘larni, ularni yoki ulardan olinadigan daromadni yo‘qotish xavfini ka- maytirish maqsadida turli obyektlar o‘rtasida taqsimlash. Mablag‘larning qaytimliligi – bu investitsion riskni mumkin qadar kamaytirish orqali qo‘yilmalar uchun maksimal xavfsiz sha- roitni ta’minlash. Mablag‘larning daromadliligi – investitsiyalardan daromad olish. Mablag‘larning likvidligi – sug‘urtalovchi o‘z majburiyat- larini bajarishi uchun investitsiya mablag‘larining o‘z nominal 147 qiymatini saqlagan holda naqd to‘lov vositalariga tez aylana olish qobiliyati. Sug‘urtalovchilar odatda, sug‘urta zaxiralarini quyidagi ob- yektlarga joylashtiradilar: – ko‘chmas mulk; – davlat qimmatli qog‘ozlari; – tijorat banklarining depozitlariga; – aksiyadorlik jamiyatlarining qimmatli qog‘ozlariga; – boshqa ishtirok etish huquqlari, boshqa qimmatliklar; – kassa, hisob raqamidagi mablag‘lar va boshqa ularga teng- lashtirilgan mablag‘lar; – sug‘urta polisini garovga olgan holda qarz berish va bosh- qalar. Mablag‘larni quyidagi obyektlarga joylashtirish taqiqlanadi: – sotib olish va sotish shartnomalarini tuzish, ushbu nizomda belgilangan sharoitlar bundan mustasno; – intellektual mulkka qo‘yish (dasturiy ta’minot, ma’lumotlar bazasi, adabiyotlar, firma nomlari va tovar belgilari bundan mus- tasno); – qonunchilikda belgilangan holatlardan tashqari hollarda yuridik va jismoniy shaxslar bilan kredit shartnomalarini tuzish; Sug‘urta zaxiralarini investitsiya qilish bo‘yicha me’yorlar o‘rnatilgan bo‘lib, sug‘urta tashkilotlari ushbu me’yorlarga amal qilishlari shart. Sug‘urta tashkiloti tomonidan sug‘urta zaxiralari joylashtiri- lishining hisobi umumiy tartibda amalga oshiriladi. Download 2.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling