151
– sug‘urta faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq xizmatlarni
ko‘rsatgan boshqa tashkilotlarga to‘lanadigan haqlar;
– sug‘urta polislari blanklari, kvitansiyalari, ariza,
mulkni
ko‘rikdan o‘tkazish, sug‘urta hodisasining yuz berganligi to‘g‘ri-
sida dalolatnomalar blanklarini tayyorlash xarajatlari va boshqa-
lar;
– sug‘urta tashkilotining faoliyati bilan bog‘liq
safar xarajat-
larining barchasi;
– boshqa sug‘urta tashkilotlarining vakillarini qabul qilish va
xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq xarajatlar;
– kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash bilan bog‘liq xa-
rajatlar;
– reklama xarajatlari;
– axborot va konsultativ xizmatlarni to‘lash;
– yillik balans va moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotlarni
matbuotda chop ettirish xarajatlari;
– asosiy vositalarning qayta tiklanishi
uchun qilinadigan
amortizatsiya ajratmalari;
– nomoddiy aktivlarning amortizatsiyasi;
– majburiy sug‘urta bo‘yicha qilinadigan xarajatlar;
– o‘z mol-mulkini ixtiyoriy sug‘urtalash bilan bog‘liq xarajatlar;
– banklardan olingan kreditlar bo‘yicha foizlarni to‘lash xa-
rajatlar;
– soliqlar, yig‘imlar va boshqa majburiy tartibdagi yig‘imlar
va to‘lovlar;
– budjetdan tashqari fondlarga majburiy ajratmalar.
Yuqorida keltirilgan barcha xarajatlar sug‘urta
xizmatining
tannarxiga kiritilib, ularning summasiga
quyidagicha provodka
beriladi:
Do'stlaringiz bilan baham: