Мавзу: Суғурта ташкилотларида бухгалтерия ҳисоби фанининг предмети, объекти ва вазифалари


Download 2.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/125
Sana18.10.2023
Hajmi2.25 Mb.
#1707378
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   125
Bog'liq
9-y-Sugurta-hisobi-va-hisobot-Oquv-qollanma-I-Ochilov-T2010

 
Debet 8110 – Kredit 9230 
Debet 8130 – Kredit 9240 
Mazkur schyotlarning krediti 9230 va 9240 schyotlarning 
debeti bilan o‘tgan hisobot yilning oxiriga bo‘lgan qayta sug‘urta-
lovchilarning ulushlari aks ettiriladi: 
 
Debet 9230 – Kredit 8110 
Debet 9240 – Kredit 8130 
Mazkur subschyotlar bo‘yicha analitik hisob alohida qayta 
sug‘urtalovchilar, sug‘urta turlari va shartnoma turlari bo‘yicha 
olib boriladi. 


144 
9230 schyot “Ishlab topilmagan mukofotlar zaxirasi o‘zgari-
shining natijasi” va 9240 schyot “Sodir bo‘lgan, lekin xabar qilin-
magan zararlar zaxirasi o‘zgarishining natijasi”ning debet qol-
dig‘i 9030 schyot “Sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatishdan daromad-
lar”ning debetiga o‘tkaziladi: 
Debet 9030 – Kredit 9230 
Debet 9030 – Kredit 9240 
Kredit qoldig‘i esa ko‘rsatilgan schyotning kreditga o‘tkaziladi: 
 
Debet 9230 – Kredit 9030 
Debet 9240 – Kredit 9030 
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Sug‘urta nazorati 
davlat inspeksiyasi bilan kelishilgan Nizom asosida shakllantirila-
digan sug‘urta zaxiralarida qayta sug‘urtalovchining ulushi bo‘lishi 
mumkinligi qonunchilikda belgilanmagan. 
Tayanch so‘zlar 
Qayta sug‘urtalovchining su-
g‘urta zaxirasidagi ulushi 
Akvizitsion xarajatlar 
Xabar qilingan, lekin bartaraf 
etilmagan zararlar zaxirasi 
Hayot sug‘urtasi zaxirasida 
qayta sug‘urtalovchining ulushi 
Ishlab topilmagan sug‘urta 
mukofotlari zaxirasi 
Zaxiralar bo‘yicha moliyaviy 
natija 
Nazorat savollari 
 
1. Xabar qilingan, lekin bartaraf etilmagan zararlar zaxirasi-
dagi qayta sug‘urtalovchining ulushi qanday hisobga olinadi? 
2. Qayta sug‘urta qilishda sug‘urta qoplamasini yoki sug‘urta 
pulini to‘lash uchun asosiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urta 
qildiruvchi oldida kim javobgar bo‘ladi? 
3. Amaliyotda ikki yoki bir nechta qayta sug‘urta qilish shart-
nomalarini ketma-ket tuzishga yo‘l qo‘yiladimi? 
4. Agar sug‘urta hodisasining yuz berganligi to‘g‘risidagi ariza-
da va zararning hajmi to‘g‘risida ma’lumot berilmagan bo‘lsa, 
sug‘urta zaxirasi to‘lanishini qanday amalga oshiriladi? 


145 
5. Agar qayta sug‘urtalanuvchiga to‘langan sug‘urta qoplamasi 
summasi zaxiradagi summadan kam bo‘lsa, u holda ortib qolgan 
summaga qanday provodka beriladi? 
6. Ishlab topilmagan mukofotlar zaxirasi va sodir bo‘lgan, lekin 
xabar qilinmagan zararlar zaxirasidagi qayta sug‘urtalovchining 
ulushi qanday aniqlanadi? 
7. Zaxiralar bo‘yicha moliyaviy zaxira qanday aniqlanadi? 
8. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Sug‘urta nazorati 
davlat inspeksiyasi bilan kelishilgan Nizom asosida shakllantirila-
digan sug‘urta zaxiralarida qayta sug‘urtalovchining ulushi bo‘lishi 
mumkinligi qaysi qonun hujjatida belgilangan? 

Download 2.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling