Мавзу: Суғурта ташкилотларида бухгалтерия ҳисоби фанининг предмети, объекти ва вазифалари
Download 2.25 Mb. Pdf ko'rish
|
9-y-Sugurta-hisobi-va-hisobot-Oquv-qollanma-I-Ochilov-T2010
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat savollari
Tayanch so‘zlar Ko‘chmas mulk Aksiyalar Qimmatli qog‘ozlar Aktivlarning qiymati Bank depoziti Investitsiya Korxonalarning nizom jamg‘armasi Davlat qisqa muddatli obligatsiyalari Turli ishtirok etish huquqlari Kvota 148 Nazorat savollari 1. Sug‘urtalovchilar sug‘urta faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan qanday tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishlari mumkin? 2. Sug‘urta tashkilotlari o‘z zaxiralarini qanday tamoyillar asosida joylashtiradilar? 3. Diversifikatsiya nima? 4. Mablag‘larning qaytimliligi, daromadliligi, likvidligi degan- da nimani tushunasiz? 5. Sug‘urtalovchilar odatda, sug‘urta zaxiralarini qanday obyektlarga joylashtiradilar? 6. Sug‘urtalovchilar sug‘urta zaxiralarini qanday obyektlarga joylashtirish taqiqlanadi? 7. Sug‘urta zaxiralarini investitsiya qilish bo‘yicha qanday me’yorlar o‘rnatilgan? 149 XVIII bob. SUG‘URTA TASHKILOTLARIDA SUG‘URTA FAOLIYATINING MOLIYAVIY NATIJASINI ANIQLASH 18.1. Sug‘urta tashkilotining daromadlari Sug‘urta tashkilotlari buxgalteriya hisobi bo‘yicha moliyaviy natijalarni aniqlashda barcha buxgalteriya hisobiga oid me’yoriy hujjatlar, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahka- masining 1999-yil 5-fevraldagi 54-sonli Qarori asosida tasdiq- langan “Mahsulot (ish, xizmat) larni ishlab chiqarish va reali- zatsiya qilish bo‘yicha xarajatlar tarkibi va moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risida Nizom”ga va O‘zbekiston Res- publikasi Adliya vazirligida 2008-yil 15-dekabrda 1882-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan “Sug‘urtalovchilarning sug‘urta za- xiralari to‘g‘risida Nizom”ga asosan amalga oshiradilar. Sug‘urta tashkilotlarining daromadlarini quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: 1. Sug‘urta faoliyatidan daromadlar. 2. Sug‘urta faoliyatidan olinadigan boshqa daromadlar. 3. Sug‘urta faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan faoliyatdan oli- nadigan daromadlar. Sug‘urta faoliyatidan olinadigan daromadlarga quyidagilarni misol qilib keltirish mumkin: – sug‘urta, birgalikda sug‘urtalash va qayta sug‘urta shartno- malari bo‘yicha kelib tushadigan sug‘urta mukofotlari; – sug‘urta zaxirasining qaytim summasi (sug‘urta zaxirasining keyingi yilga o‘tadigan qismi); – qayta sug‘urtaga berilgan shartnomalar bo‘yicha olingan komission mukofotlar, tantyemalar va boshqalar; – sug‘urta agenti, sug‘urta brokeri, syurveyer va avariya ko- missari xizmatlarini ko‘rsatganlik uchun komission mukofotlar; – qayta sug‘urtaga berilgan sug‘urta shartnomalari bo‘yicha qayta sug‘urtalovchilar tomonidan zararning qoplangan qismi. Sug‘urta faoliyatidan olinadigan boshqa daromadlarga quyi- dagilarni keltirish mumkin: 150 – sug‘urta zaxiralarini joylashtirishdan olingan daromadlar; – qayta sug‘urtaga qabul qilingan sug‘urta shartnomalari bo‘yicha depo mukofotlarga hisoblangan foiz daromadlari; – sug‘urta hodisasining sodir bo‘lishida aybdor hisoblangan shaxsdan zararni qoplashni talab qilish huquqidan foydalanish orqali olingan daromadlar. Sug‘urta faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan faoliyatdan olina- digan daromadlarga quyidagilarni keltirish mumkin: – asosiy vositalar, materiallar va boshqa aktivlarni sotishdan olingan daromadlar; – o‘tgan davrlarda hisobdan chiqarilgan debitorlik qarzlarini qoplash uchun kelib tushgan summalar; – hisobdan chiqarilgan kreditorlik qarzlari; – qonunchilik bilan cheklanmagan boshqa faoliyatni amalga oshirishdan olingan daromadlar. Yuqorida keltirilgan daromadlarni hisobga olish tegishli schyot- lardagi qoldiqlarning 9910 schyot “Yakuniy moliyaviy natija”ga o‘tkazish orqali amalga oshiriladi. Download 2.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling