Мавзу: Суғурта ташкилотларида бухгалтерия ҳисоби фанининг предмети, объекти ва вазифалари


Download 2.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/125
Sana18.10.2023
Hajmi2.25 Mb.
#1707378
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   125
Bog'liq
9-y-Sugurta-hisobi-va-hisobot-Oquv-qollanma-I-Ochilov-T2010

Tayanch so‘zlar 
Xizmatning tan narxi 
Syurveyer 
Daromadlar 
Tantyema 
Xarajatlar 
Moliyaviy natijalar 
Sotishdan tushgan yalpi 
tushum 
Sug‘urta zaxiralarining 
o‘zgarishi 
Yalpi imzolangan mukofot 
Investitsion daromadalr 
Adjaster 
Sof foyda 
Nazorat savollari 
 
1. Sug‘urta tashkilotining daromadlariga nimalar kiradi? 
2. Sug‘urta tashkilotlari buxgalteriya hisobi bo‘yicha moliyaviy 
natijalarni aniqlashda qanday me’yoriy hujjatga asosan amalga 
oshiradilar? 
3. Sug‘urta tashkilotlarining daromadlarini qanday guruhlarga 
ajratish mumkin? 
4. Sug‘urta faoliyatidan olinadigan daromadlarga nimalar ki-
radi? 
5. Sug‘urta faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan faoliyatdan oli-
nadigan daromadlarga nimalar kiradi? 
6. Sug‘urta tashkilotlarining xarajatlari qanday guruhlarga 
bo‘linadi va ularga nimalar kiradi? 
7. Ish yuritish xarajatlariga nimalar kiradi? 
8. Sug‘urta xizmatining tannarxiga kiritilgan xarajatlar sum-
masiga qanday buxgalteriya provodkasi beriladi? 
9. Sug‘urta faoliyatining moliyaviy natijasini aniqlashning 
o‘ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat? 
 
 
 
 
 
 
 


155 
 
 
 
XIX bob. SUG‘URTA KOMPANIYALARINING HISOBOT 
SHAKLLARI 
19.1. Sug‘urta tashkilotlari tomonidan topshiriladigan 
hisobotlarning umumiy shakllari 
O‘zbekiston Respublikasi 1998-yil 30-avgustda qabul qilingan 
“Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonunining 19-moddasiga mu-
vofiq Moliyaviy hisobot quyidagilarga taqdim etiladi: 
– soliq organlariga; 
– ta’sis hujjatlariga muvofiq mulkdorlarga; 
davlat statistika organlariga
– qonun hujjatlariga muvofiq boshqa organlarga. 
Moliya hisoboti hisobot yili boshdan qo‘shilib beruvchi jam-
lama tartibida yilning har choragida taqdim etiladi. Moliyaviy hi-
sobotni taqdim etish muddatlarni O‘zbekiston Respublikasi Mo-
liya vazirligi belgilaydi. 
Moliyaviy hisobot buxgalteriya hisobi ma’lumotlari asosida 
tuziladi. 
Moliyaviy hisobot quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 
buxgalteriya balansi
– moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot; 
– asosiy vositalar harakati to‘g‘risidagi hisobot; 
– pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot; 
– xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobot; 
– izohlar, hisob-kitoblar va tushuntirishlar. 
Kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy hisoboti 
soddalashtirilgan shaklda tuziladi. Moliyaviy hisobotning tarkibi va 
mazmunini O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi belgilaydi. 
Hozirda sug‘urta tashkilotlari uchun mo‘ljallangan alohida 
moliyaviy hisobot shakllari amaliyotda kiritilgan bo‘lib, sug‘urta 
tashkilotlari moliyaviy hisobotlarini O‘zbekiston Respublikasi Mo-
liya vazirligi tomonidan 2009-yilning 19-martidagi 37-son bilan 
tasdiqlangan va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomo-
nidan 2009-yil 20-aprelda 1945-son bilan ro‘yxatga olingan “Su-
g‘urtalovchilarning moliyaviy hisobot shakllarini va ularni to‘l-


156 
dirish bo‘yicha Qoidalarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘i aso-
sida shakllantirmoqdalar.
Ushbu buyruqqa ko‘ra sug‘urta tashkilotlarining moliyaviy 
hisobot shakllari hamda ularni to‘ldirish Qoidalari tasdiqlangan. 
Mazkur sug‘urta tashkilotlari uchun mo‘ljallangan moliyaviy 
hisobot shakllari hamda ularni to‘ldirish bo‘yicha Qoidalar 2009- 
yilning 30-aprelidan kuchga kirgan.

Download 2.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling