Мавзу: Суғурта ташкилотларида бухгалтерия ҳисоби фанининг предмети, объекти ва вазифалари
Download 2.25 Mb. Pdf ko'rish
|
9-y-Sugurta-hisobi-va-hisobot-Oquv-qollanma-I-Ochilov-T2010
- Bu sahifa navigatsiya:
- Debet 8030 – Kredit 9250
Debet 9250 – Kredit 8030 Agar sug‘urta hodisasi sodir bo‘lgan deb topilib, qayta su- g‘urtalovchi qayta sug‘urtalanuvchiga tegishli sug‘urta qoplamasi- ni to‘lash qarorini qabul qilgan taqdirda, qoplamaning to‘lanishi quyidagi provodka orqali amalga oshiriladi: Debet 2230 “Qayta sug‘urta qilishga qabul qilingan risklar bo‘yicha sug‘urta tovonlari” – Kredit 6050 “Qayta sug‘urta qilish bo‘yicha olingan risklar bo‘yicha to‘lanadigan schyotlar” va Debet 6050 – Kredit 5110 (5210) Bir vaqtning o‘zida mazkur summaga quyidagi provodka be- riladi: Debet 8030 – Kredit 9250 Agar qayta sug‘urtalanuvchiga to‘langan sug‘urta qoplamasi summasi zaxiradagi summadan kam bo‘lsa, u holda ortib qolgan summaga ham yuqoridagi provodka beriladi. Agar sug‘urta hodisasining yuz berganligi tasdiqlanmasa yoki qayta sug‘urtalovchi sug‘urta qoplamasini to‘lashni qonunchilikka asosan yoki qayta sug‘urtalashva to‘g‘ridan-to‘g‘ri sug‘urtalash shartnomalariga asosan rad etsa, shuningdek, qayta sug‘urtalanuv- chi tomonidan to‘langan sug‘urta qoplamasining to‘lanishi qoi- daga muvofiq emasligi aniqlangan yoki qonunchilikda belgilangan 139 hollarda qayta sug‘urtalovchining sug‘urta qoplamasini to‘lash majburiyatining yo‘qolishi quyidagi provodka orqali amalga oshiriladi: Debet 8030 – Kredit 9250 Ushbu provodka butun zaxiraga ajratilgan summaga amalga oshiriladi. Yuqoridagi qayta sug‘urtalovchi tomonidan xabar qilingan, lekin barataraf etilmagan zararlar zaxirasining shakllantirishi tartibini qayta sug‘urtalanuvchining buxgalteriya hisobida qanday amalga oshirilishini ko‘rib chiqamiz. Qayta sug‘urtalovchining sug‘urta zaxirasidagi ulushini aks et- tirish uchun schyotlar rejasida 8120 schyot “Xabar qilingan, lekin bartaraf etilmagan zararlar zaxirasidagi qayta sug‘urtalovchilarning ulushi” nazarda tutilgan. Ushbu schyotning debeti bilan subschyot 9250 schyot “Xabar qilingan, lekin bartaraf etilmagan zararlar zaxi- rasi o‘zgarishining natijasi”ning krediti bilan korrespondensiyala- nadi va uning summasi maxsus hisob-kitoblar asosida aniqlanadi. 8120 schyotning krediti bilan 9250 schyotning debeti korres- pondensiyalanganda zaxiradagi qayta sug‘urtalovchi ulushining kamayishi aks ettiriladi. Ushbu holatni misolda ko‘rib chiqamiz. Sug‘urtalovchi ombordagi tovarlarni sug‘urtaladi. Ularning summasi 100000 so‘mni tashkil etadi. Sug‘urta shartnomasining shartlariga asosan shartsiz franshiza 1000 so‘mni tashkil etadi. Riskning 30%i boshqa sug‘urta kompaniyasiga berildi. Ma’lum vaqt o‘tgandan so‘ng sug‘urtalanuvchi sug‘urtalov- chiga omborda yong‘in vujudga kelganligi to‘g‘risida xabar bergan. Bu vaqtda zararning hajmi aniqlanmagan edi. Sug‘urta zaxiralarni shakllantirish to‘g‘risidagi Nizomga mu- vofiq sug‘urtalovchi xabar qilingan, lekin bartaraf etilmagan za- rarlar zaxirasini quyidagi summada shakllantiradi: 100000 – 1000 = 99000 so‘m Zararlarni bartaraf etish xarajatlari ham ushbu zaxiralarning tarkibiga qo‘shilishi mumkin, aytaylik, xarajatlar 3%ni tashkil etadi: 0.03 * 99000 = 2970 so‘m 140 Xabar qilingan, lekin bartaraf etilmagan zararlar zaxirasining umumiy hajmi quyidagini tashkil etadi: 99000 * 2970 = 101970 so‘m Ushbu sug‘urtalovchi quyidagi provodkani amalga oshiradi: Download 2.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling