Мавзу: Суғурта ташкилотларида бухгалтерия ҳисоби фанининг предмети, объекти ва вазифалари
Download 2.25 Mb. Pdf ko'rish
|
9-y-Sugurta-hisobi-va-hisobot-Oquv-qollanma-I-Ochilov-T2010
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat savollari
Tayanch so‘zlar Ishlab topilmagan sug‘urta mukofotlari zaxirasi Ishlab topilmagan sug‘urta mukofotlari zaxirasining o‘zgarishi Xabar qilingan, lekin bartaraf etilmagan Xabar qilingan, lekin bartaraf etilmagan sug‘urta zaxiralarining 131 sug‘urta zaxiralari o‘zgarishi Sodir bo‘lgan, lekin xabar qilinmagan sug‘urta zaxiralari Sodir bo‘lgan, lekin xabar qilinmagan sug‘urta zaxiralarining o‘zgarishi Qayta sug‘urtalovchilarning sug‘urta zaxiralari Qayta sug‘urtalovchilarning sug‘urta zaxiralarining o‘zgarishi Nazorat savollari 1. Ishlab topilmagan mukofotlar zaxirasi buxgalteriya hisobida qanday hisobga olinadi? 2. Sodir bo‘lgan, lekin xabar qilinmagan zararlar zaxirasi qan- day shakllantiriladi? 3. Sodir bo‘lgan, lekin xabar qilinmagan zararlar zaxirasi bux- galteriya hisobida qanday aks ettiriladi? 4. Qayta sug‘urtalash shartnomalari bo‘yicha sug‘urta zaxira- lari qanday shakllantiriladi? 5. Qayta sug‘urtalash shartnomalari bo‘yicha sug‘urta zaxira- lari buxgalteriya hisobida qanday aks ettiriladi? 6. Sug‘urta zaxirasi chet el valutasida shakllantirilganda uning buxgalteriya hisobi qanday aks ettiriladi? 7. Sug‘urta zaxiralarining to‘g‘ri hisoblanishi ustidan qaysi davlat organi nazorat qiladi? 132 XV bob. BOSHQA TEXNIK ZAXIRALARNI HISOBGA OLISH 15.1. Boshqa texnik zaxiralarni shakllantirish O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligidan 2008-yil 15-de- kabrda 1882-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan “Sug‘urta- lovchilarning sug‘urta zaxiralari to‘g‘risida Nizom”ga muvofiq sug‘urta zaxiralari quyidagilardan iborat: – ishlab topilmagan mukofotlar zaxirasi (umumiy sug‘urta sohasida); – mukofotlar zaxirasi (hayot sug‘urtasi sohasida); – keyingi yillarda transport vositalari egalarining fuqarolik ja- vobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta to‘lovlarini amalga oshirish xarajatlarini qoplash uchun mo‘ljallangan transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha barqarorlashtirish zaxirasi (FJMS BZ) (transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qi- lish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirishda); – zararlar zaxirasi (Xabar qilingan, lekin bartaraf etilmagan zararlar zaxirasi, Sodir bo‘lgan, lekin xabar qilinmagan zararlar zaxirasi); – qo‘shimcha texnik zaxiralar (halokatlar zaxirasi, zararli- likning tebranish zaxirasi va oldini olish chora-tadbirlari zaxirasi, aktivlarning nomuvofiqligi zaxirasi). Halokatlar zaxirasi yengib bo‘lmas kuch yoki katta masshtab- dagi avariya natijasida favqulodda yuz bergan ko‘p sonli shartno- malar bo‘yicha sug‘urta qoplamasini to‘lashni taqozo etgan zararlarni qoplash maqsadida shakllantiriladi. Sug‘urtaning iqtisodiy mohiyati shundan iboratki, sug‘urtada ishtirok etuvchi ko‘p sonli sug‘urtalanuvchilardan yig‘ib olingan mablag‘larni belgilangan hodisa yuz berganda ularga qayta taqsimlab berishni nazarda tutadi. Bunda sug‘urta hodisasining yuz berishi yagona ishtirokchiga taalluqli bo‘ladi. Endi bir nechta mol-mulk obyektlari, aytaylik, daryo bo‘yidagi dam olish hududlarining birida 133 joylashgan bir nechta obyektlar sug‘urtalangan. Bunda suv toshishi oqibatida bir obyekt emas, balki barcha sug‘urtalangan obyektlarga ta’sir ko‘rsatadi. Natijada bir sug‘urta hodisasi oqibatidagi sug‘urta zarari bir necha barobar oshib ketishi mumkin. Mazkur zararlarni qoplash maqsadida halokatlar zaxirasi shakllantiriladi. Zararlilikning tebranishi zaxirasi hisobot yilida sug‘urta turi bo‘yicha sug‘urta tarifining netto-stavkasini hisoblashda asos bo‘l- gan kutilayotgan zararlilik darajasiga qaraganda haqiqatdagi zarar- lilik darajasi yuqori bo‘lgan taqdirda, sug‘urta qoplamalarini amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlarning bir qismini qoplash maqsadida shakllantiriladi. Sug‘urta kompaniyasida sug‘urta tariflarini hisoblashda qanday usullar qo‘llanilayotganligidan qat’i nazar, u bir sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urta hodisasining yuz berish ehtimolligini, sug‘urta shartnomasi bo‘yicha o‘rtacha sug‘urta summasini va bir sug‘urta hodisasiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha sug‘urta qoplamasi miqdorlarini aniqlash imkonini berishi kerak. Birinchi holatda, sug‘urta tarifini hisoblashda sug‘urtalovchi oldindan tuzilishi kutilayotgan sug‘urta shartnomalarining sonini 100 ta deb mo‘ljallayotgan bo‘lsa, aytaylik ulardan sug‘urta muddati davomida uchtasi bo‘yicha sug‘urta qoplamasini to‘lash kutilayotgan bo‘lsin. Bunda sug‘urta qoplamasining umumiy summasi 3 * S dan ortiq bo‘lmaydi. Bunda S sug‘urta shartnomalari bo‘yicha o‘rtacha sug‘urta qoplamasi miqdoridir. Ikkinchi holatda, sug‘urtalovchi sug‘urta qoplamasining haj- mini sug‘urta shartnomalari bo‘yicha jami sug‘urta summasiga muvofiq mo‘ljallashi mumkin. Masalan, barcha sug‘urta shart- nomalari bo‘yicha sug‘urta summasi 100000 so‘mni tashkil etgan- da, sug‘urta qoplamasi 3000 so‘mni tashkil etganda, barcha su- g‘urta shartnomalari bo‘yicha sug‘urta summasi 500000 so‘mni tashkil etsa, sug‘urta qoplamasining 15000 so‘mni tashkil etishi taxmin etilishi mumkin. Lekin ta’kidlash joizki, sug‘urta qoplamalarini to‘lash ehti- moli nazariyasiga muvofiq ushbu summalar haqiqatda mo‘ljallan- ganiga yetmasligi yoki undan ham ortiq bo‘lishi mumkin. Ana shunday, sug‘urtalovchi uchun zararli bo‘lib kelgan yillarda zarar- larni qoplash maqsadida zararlilikning tebranishi zaxirasi o‘tgan 134 sug‘urtalovchi uchun foydali kelgan yillar hisobiga shakllan- tiriladi. Halokatlar va zararlilikning tebranish zaxiralarini shakllanti- rish va sarflash tartibi sug‘urtalovchi tomonidan mustaqil ravishda ishlab chiqiladi va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Sug‘urta nazorati davlat inspeksiyasi bilan kelishiladi. Odatdagidek, ushbu sug‘urta zaxiralarini shakllantirishda asos bazaviy sug‘urta mukofoti hisoblanadi. Bazaviy sug‘urta mukofoti kelib tushgan sug‘urta mukofotidan sug‘urta shartnomasini tuz- ganlik uchun komission mukofotlar va oldini olish chora-tadbir- lari zaxirasiga qilinadigan ajratmalar chegirilgan holda aniqlanadi. Mazkur zaxiralarning hajmi bazaviy sug‘urta mukofotida nazarda tutilgan va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Sug‘urta na- zorati davlat inspeksiyasi bilan kelishilgan stavkalardagi ajratmalar asosida hisoblanadi. Zaxiralarning hisob-kitobi hisobot sanasiga sug‘urtalovchi to- monidan moliyaviy natijalarni aniqlashda har bir sug‘urta turi bo‘yicha hisob-kitob qilinadi. Yuqoridagi Nizomga muvofiq su- g‘urta zaxiralari qaysi valutada mukofotlar kelib tushsa, o‘sha va- lutada shakllantiriladi. Download 2.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling