Мавзу: Суғурта ташкилотларида бухгалтерия ҳисоби фанининг предмети, объекти ва вазифалари


Download 2.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/125
Sana18.10.2023
Hajmi2.25 Mb.
#1707378
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   125
Bog'liq
9-y-Sugurta-hisobi-va-hisobot-Oquv-qollanma-I-Ochilov-T2010

Debet 8020 – Kredit 9240 
Yuqorida keltirilgan ikkala provodkaning ketma-ketlikda 
amalga oshirilishi ishlab topilmagan mukofotlar zaxirasini buxgal-
teriyada hisobga olinishini ta’minlaydi.
8020 schyot “Sodir bo‘lgan, lekin xabar qilinmagan zararlar 
zaxirasi”ning kredit tomonidagi saldosi mazkur zaxiraning hisobot 
sanasiga bo‘lgan qiymatini aks ettiradi. 
8020 schyot “Sodir bo‘lgan, lekin xabar qilinmagan zararlar 
zaxirasi” bo‘yicha analitik hisob har bir sug‘urta turi bo‘yicha 
amalga oshiriladi. 
Moliyaviy natijalarni aniqlashda 9240 schyot “Sodir bo‘lgan, 
lekin xabar qilinmagan zararlar zaxirasi o‘zgarishining natijasi”ning 


130 
debet tomonidagi saldosi 9030 schyot “Sug‘urta xizmatlarini ko‘r-
satishdan daromalar”ning debet tomoniga o‘tkaziladi: 
 
Debet 9030 – Kredit 9240 
Agar hisobot davrida zaxiralarning umumiy hajmi kamaygan 
bo‘lsa, ushbu schyotning kredit tomonidagi saldo 9030 schyotning 
kreditiga o‘tkaziladi: 
Debet 9240 – Debet 9030. 
 
14.3. Qayta sug‘urtalash shartnomalari bo‘yicha sug‘urta 
zaxiralarini shakllantirish 
Yuqorida keltirilgan sug‘urta zaxiralari sug‘urtalovchi tomoni-
dan moliyaviy natijalarni aniqlashda hisobot sanasiga har bir 
sug‘urta turi bo‘yicha shakllantiriladi. Sug‘urta zaxiralarining chet 
yoki milliy valutada shakllantirilishidan qat’i nazar sug‘urta zaxi-
ralari sug‘urta operatsiyalarini amalga oshirish sanasidagi O‘zbe-
kiston Respublikasi Markaziy bankining belgilagan valuta kursi 
bo‘yicha ularning buxgalteriya hisobi O‘zbekiston Respublikasi 
so‘mida amalga oshiriladi. 
Ushbu zaxiralar to‘g‘ridan-to‘g‘ri sug‘urtalash shartnomalari 
va qayta sug‘urtalash shartnomalari bo‘yicha kelib tushgan su-
g‘urta mukofotlari hisobidan shakllantiriladi. Qayta sug‘urtalov-
chining oldini olish chora-tadbirlarini amalga oshirishda ishtirok 
etmasligini hisobga olib, qayta sug‘urtaga qabul qilingan risklar 
bo‘yicha kelib tushgan sug‘urta mukofotlari bo‘yicha bazaviy 
sug‘urta mukofotini hisoblashda oldini olish chora-tadbirlariga 
ajratmalarni hisobga olmaslik maqsadga muvofiq hisoblanadi. 
Sug‘urta zaxiralarning noto‘g‘ri hisoblanganligi ma’lum bo‘l-
gan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Sug‘urta 
nazorati davlat inspeksiyasi qonunchilikda belgilangan choralarni 
ko‘rishi mumkin. 

Download 2.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling