129
Izoh.
1. Ushbu jadval RPNUni hisoblash uchun mo‘ljallangan.
2. 3-ustunda bazaviy sug‘urta mukofoti kvartallarga ajratilgan
holda ko‘rsatiladi.
3. 3-ustunning 5-satrida bazaviy sug‘urta mukofotining jami
summasi aks ettiriladi.
4. 4-ustunning 5-satrida bazaviy sug‘urta mukofotidan RPNUga
qilinadigan ajratma me’yori aks ettiriladi.
5. 5-ustunning 5-satrida hisobot sanasiga RPNUning hajmi
aniqlanadi.
Sodir bo‘lgan, lekin xabar qilinmagan
zararlar zaxirasini
buxgalteriyada hisobga olish uchun schyotlar rejasida 8020 schyot
“Sodir bo‘lgan, lekin xabar qilinmagan zararlar zaxirasi” nazarda
tutilgan.
Ushbu schyotning krediti bilan 9240 schyot “Sodir bo‘lgan,
lekin xabar qilinmagan zararlar zaxirasi o‘zgarishining natijasi”-
ning debeti korrespondensiyalangan
holda yuqorida keltirilgan
hisob-kitoblar asosida hisobot davri
oxiriga ishlab topilmagan
mukofotlar zaxirasi summasi aniqlanadi:
Debet 9240 – Kredit 8020
8020 schyot “Sodir bo‘lgan, lekin
xabar qilinmagan zararlar
zaxirasi”ning debeti bo‘yicha 9240 schyot “Sodir bo‘lgan,
lekin
xabar qilinmagan zararlar zaxirasi o‘zgarishining natijasi”ning
krediti korrespondensiyalanganda o‘tgan hisobot davrining oxiriga
ishlab topilmagan mukofotlar zaxirasi summasi aks ettiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: