126
4. Sug‘urta zaxirasini shakllantirishning “Pro Rata Temporis”
usuli qanday hisoblanadi?
5. Ishlab topilmagan sug‘urta mukofotining shakllanishiga
doir misol keltiring.
6. Bazaviy sug‘urta mukofotini hisoblashning o‘ziga
xos xu-
susiyatlari nimalardan iborat?
7. Sug‘urta shartnomalari soni ko‘p bo‘lganda ishlab
topilma-
gan sug‘urta mukofotlarini hisoblashda qanday usuldan foydaa-
niladi?
8. Ishlab topilmagan sug‘urta mukofotlarini hisoblashda “1/24
(yigirma to‘rtdan bir)” usulining qulay taraflari nimadan iborat?
9. Amal qilish muddati 1 oy bo‘lgan sug‘urta
shartnomalari
uchun bazaviy sug‘urta mukofoti qanday hisoblanadi?
10. Ikkinchi hisob guruhiga kiruvchi sug‘urta shartnomalari
bo‘yicha ishlab topilmagan sug‘urta zaxiralari qanday aniqlanadi?
11. Uchinchi hisob guruhi bo‘yicha ishlab topilmagan muko-
fotlar zaxirasi qanday aniqlanadi?
127
XIV bob. ISHLAB TOPILMAGAN SUG‘URTA
MUKOFOTLARI VA SODIR BO‘LGAN, LEKIN XABAR
QILINMAGAN SUG‘URTA ZAXIRALARINI
SHAKLLANTIRISHNI HISOBGA OLISH
14.1. Ishlab topilmagan sug‘urta zaxiralarining
buxgalteriya hisobi
Sug‘urta turi bo‘yicha sug‘urta shartnomalari bo‘yicha
ishlab
topilmagan mukofotlarning yig‘indisi ushbu sug‘urta turi bo‘yicha
ishlab topilmagan mukofotlar zaxirasini tashkil etadi.
Ishlab topilmagan mukofotlar zaxirasi mablag‘larining harakatla-
nishini hisobga olish maqsadida schyotlar rejasida 8010 schyot
“Ishlab topilmagan mukofotlar zaxirasi” keltirilgan.
Ushbu schyotning krediti bilan 9230 schyot “Ishlab topilma-
gan mukofotlar zaxirasi o‘zgarishining natijasi”ning debeti kor-
respondensiyalangan holda yuqorida keltirilgan hisob-kitoblar aso-
sida hisobdagi oxiriga ishlab topilmagan mukofotlar zaxirasi sum-
masi aniqlanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: