Мавзу: Суғурта ташкилотларида бухгалтерия ҳисоби фанининг предмети, объекти ва вазифалари


 Uchinchi hisob guruhiga kiruvchi sug‘urta shartnomalari


Download 2.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/125
Sana18.10.2023
Hajmi2.25 Mb.
#1707378
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   125
Bog'liq
9-y-Sugurta-hisobi-va-hisobot-Oquv-qollanma-I-Ochilov-T2010

13.5. Uchinchi hisob guruhiga kiruvchi sug‘urta shartnomalari 
bo‘yicha ishlab topilmagan mukofotlar zaxirasini aniqlash 
Uchinchi hisob guruhi bo‘yicha ishlab topilmagan mukofotlar 
zaxirasi har bir sug‘urta shartnomasi bo‘yicha hisobot sanasiga 
kelib tushgan bazaviy sug‘urta mukofotining 40%i miqdorida 
aniqlanadi.
Ma’lumki, uchinchi hisob guruhiga sug‘urta shartnomasi amal 
qilish muddatining boshlanishi va tugashi sanalari noaniq bo‘lgan 
(“ochiq”) sug‘urta shartnomalarini tuzishni nazarda tutuvchi 
barcha sug‘urta turlari kiradi. 
Misol. “ochiq” turdagi sug‘urta shartnomalari bo‘yicha kelib 
tushgan sug‘urta mukofotlari summasi 20000 so‘mni tashkil etdi.
Sug‘urta kompaniyasi tomonidan to‘langan komission muko-
fot 400 so‘mni tashkil etadi. 
Oldini olish chora-tadbirlariga qilinadigan ajratmalar 40%ni 
tashkil etganda, uning summasi 8000 so‘mni tashkil etadi: 
Yuqoridagilar asosida bazaviy sug‘urta mukofoti quyidagini 
tashkil etadi: 
20000-400-8000=11600 so‘m. 
Hisobot sanasi holatiga ishlab topilmagan mukofotlar zaxirasi 
muvofiq ravishda bazaviy sug‘urta mukofotining belgilangan 
foizga ko‘paytirish orqali aniqlanadi va 116000*40%=4640 ni 
tashkil etadi. 
Uchinchi hisob guruhi bo‘yicha ishlab topilmagan mukofotlar 
zaxirasini 16-jadval asosida hisoblash mumkin. 


125 
16-jadval 
4-shakl 
UCHINCHI HISOB GURUHI BO‘YICHA HISOBLANGAN 
ISHLAB TOPILMAGAN MUKOFOTLAR ZAXIRASI 
Sug‘urta turi _______________ 
Sug‘urtalash valutasi____________ 
Sug‘urta 
shartnomasi 
Bazaviy sug‘urta 
mukofoti 
Ishlab topilmagan 
mukofot 
1 
2 
3 
Jami  
 
Izoh. 
1. Ushbu jadval uchinchi hisob guruhi bo‘yicha RNPni hisoblash 
uchun mo‘ljallangan. Ishlab topilmagan mukofotlar zaxirasi har bir 
sug‘urta shartnomasi bo‘yicha hisoblanadi. 
2. 2-ustunda 1-shaklning 5-ustuniga muvofiq har bir sug‘urta 
shartnomasi bo‘yicha bazaviy sug‘urta mukofoti ko‘rsatiladi. 
3. 3-ustunda har bir sug‘urta shartnomasi bo‘yicha bazaviy su-
g‘urta mukofotining 40% miqdoridagi summasi ushbu sug‘urta shart-
nomasi bo‘yicha sug‘urtalovchining majburiyati tugamagan taqdirda 
ko‘rsatiladi. ZUst. =2Ust. x 40% : 100% 
4. 3-ustunning jami summasi tegishli sug‘urta turi bo‘yicha 
ishlab topilmagan mukofotlar zaxirasini tashkil etadi. 

Download 2.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling