Мавзу: Суғурта ташкилотларида бухгалтерия ҳисоби фанининг предмети, объекти ва вазифалари
Download 2.25 Mb. Pdf ko'rish
|
9-y-Sugurta-hisobi-va-hisobot-Oquv-qollanma-I-Ochilov-T2010
XVI bob. SUG‘URTA ZAXIRALARIDAGI QAYTA SUG‘URTALOVCHILARNING ULUSHINI HISOBGA OLISH 16.1. Xabar qilingan, lekin bartaraf etilmagan zararlar zaxirasidagi qayta sug‘urtalovchining ulushi Sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalovchi o‘z zimmasiga olgan sug‘urta qoplamasini yoki sug‘urta pulini to‘lash xavfi uning tomonidan to‘liq yoki qisman boshqa sug‘urtalovchida (sug‘urta- lovchilarda) u bilan tuzilgan qayta sug‘urta qilish shartnomasi bo‘- yicha sug‘urtalanishi mumkin. Qayta sug‘urta qilish shartnomasiga nisbatan, agar qayta su- g‘urta qilish shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 52-bobinng tadbirkorlik xavfini sug‘urta qilish borasida qo‘llanishi lozim bo‘l- gan qoidalari tatbiq etiladi. Qayta sug‘urta qilish shartnomasini tuzgan sug‘urta shartnomasi (asosiy shartnoma) bo‘yicha sug‘ur- talovchi bo‘lgan tashkilot keyingi shartnomada sug‘urta qildiruv- chi hisoblanadi. Qayta sug‘urta qilishda sug‘urta qoplamasini yoki sug‘urta pulini to‘lash uchun asosiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urta qildiruvchi oldida qayta sug‘urtalovchi javobgar bo‘lib qolaveradi. Biroq asosiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalanuvchi hisoblangan sug‘urta tashkiloti sug‘urta hodisasi yuz berishidan oldin tugatilgan taqdirda, uning ushbu shartnoma bo‘yicha huquq va majburiyatlarining qayta sug‘urta qilingan qismi qayta sug‘urta qilish shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalovchiga o‘tadi. Amaliyotda ikki yoki bir nechta qayta sug‘urta qilish shartno- malarini ketma-ket tuzishga yo‘l qo‘yiladi. Bunday shartnoma- larning har biri keyingi qayta sug‘urta qilish shartnomasiga nis- batan asosiy sug‘urta shartnomasi deb hisoblanadi. Ma’lumki, qayta sug‘urtalovchi qayta sug‘urtaga qabul qilin- gan risklar bo‘yicha qayta sug‘urtalanuvchi tomonidan sug‘urta 138 hodisasi yuz berganligi to‘g‘risidagi xabarni olgandan so‘ng “Xa- bar qilingan, lekin bartaraf etilmagan zararlar zaxirasi”ni shakl- lantiradi. Mazkur zaxiraning hajmi to‘lanishi mo‘ljallanayotgan sug‘urta qoplamasining hajmiga teng bo‘ladi. Agar sug‘urta hodisasining yuz berganligi to‘g‘risidagi arizada va zararning hajmi to‘g‘risida ma’lumot berilmagan bo‘lsa, su- g‘urta zaxirasi to‘lanishini mumkin bo‘lgan maksimal sug‘urta qoplamasi summasiga muvofiq ravishda shakllantiriladi. Qayta su- g‘urtalovchining buxgalteriya hisobida xabar qilingan, lekin bar- taraf etilmagan zararlar zaxirasi 8030 schyot “Xabar qilingan, le- kin bartaraf etilmagan zararlar zaxirasi”da aks ettiriladi va 9250 schyot “Xabar qilingan, lekin bartaraf etilmagan zararlar zaxirasi o‘zgarishining natijasi” bilan korrespondensiyalanadi. Download 2.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling