Mavzu: sug’urta tashkiloti daromadlari va xarajatlari reja
-модда. Суғурта бозори профессионал иштирокчиларининг уюшмалари
Download 248.04 Kb.
|
СУҒУРТА МАВЗУЛАР
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6-MAVZU. SUGURTA MARKETINGI VA UNING INSTRUMENTLARI Sug‘urta marketingining iqtisodiy mohiyati.
- Sug‘urta marketingiining maqsad va vazifalari
28-модда. Суғурта бозори профессионал иштирокчиларининг уюшмалари
Агар суғурта бозори профессионал иштирокчиларининг уюшмаларини ва бошқа бирлашмаларини ташкил этиш қонунчилик талабларига зид келмаса, суғурта бозорининг профессионал иштирокчилари ўз ҳуқуқлари ва қонуний манфаатларини ҳимоя қилиш ҳамда биргаликдаги тадбирларни (чораларни) амалга ошириш мақсадида уюшмалар ва бошқа бирлашмалар ташкил этиши мумкин. 6-MAVZU. SUGURTA MARKETINGI VA UNING INSTRUMENTLARI Sug‘urta marketingining iqtisodiy mohiyati. Marketing tovarlami ishlab chiqarish, xaridorlarga kerakli vaqt, miqdor va sifatda, shuningdek, yuqori samara hamda foyda evaziga sotishni tashkil etish, boshqarish maqsadida vujudga keldi va xizmat qilmoqda. Iqtisodchi olimlaming hisob-kitoblari shuni ko‘rsatadiki, marketing xizmatlari uchun sarflanadigan har bir dollar o‘z egasiga 10 dollar sof foyda keltirar ekan. Marketing ingilizcha «market» — bozor so‘zidan olingan bo‘lib, o‘zining shakllanishi va rivojlanishida uzoq va murakkab davmi bosib o‘tdi. Marketing eiementlari hozirgi respublikamiz hududida qadim-qadimlardan ma’lum boMib, u ayniqsa, eramizdan oldingi II asrdan eramizning XVI asrigacha Buyuk Ipak yo’li nomi bilan mashhur karvon yo'li o'tgan mamlakatlarda keng qo‘llanilgan. Bunda karvonsaroylar katta xizmat ko‘rsatgan. Ularda har xil mamlakatlardan kelgan siyosatchi, tadbirkor, savdogar, vositachilar uchrashar va har xil iqtisodiy masalalami, ishlab chiqariladigan tovarlaming assortimenti, sifat ko‘rsatkichlari, o‘lchov birligi, ularga bo‘lgan talab va taklif, baholar. soliqlar, xizmatlar va hokazolar haqida axborotlar yig‘ilar, tahlil qilinar, o‘rtoqlashilar, kelishilar, shartnomalar tuzilar va amalga oshirilar edi. Umuman, marketingning pay do bo‘lish va shakllanishi tarixi ham uzoq o‘tmishga ega bo‘lib, bozorlaming paydo boMishidan boshlanadi. Tovar va xizmatlarga bo‘lgan talabgorlami, iste’molchilami, ulaming ehtiyojini, tovar va xizmat haqqi to‘lay olish qobiliyatlarini aniqlash marketingning paydo bo‘lishida asos bo'Iib xizmat qilgan. Bular hozirgi kunda ham korxona ochishning ilmiy-texnikaviy asoslaridan, marketingning muhim vazifalaridan hisoblanadi va marketing vositalari, usul va uslubiyatlaridan foydalanib hisob-kitob qilinadi. Keyinchalik korxonalar faoliyat doirasining kengayib borishi, ish hajmining o‘sishi, iste’molchilaming ko‘payishi korxonalar tarkibida maxsus ixtisoslashgan marketing bo‘limlari, guruhlari va boshqarmalami tashkil etishni taqozo etdi. Hozirgi kunda respublikamiz korxonalarining deyarli hammasida shunday maxsus marketing xizmati, guruh yoki bo‘limlari tashkil etilgan. Sug‘urta marketingi sug‘urta qiluvchi va sug‘urtalanuvchining o‘zaro manfaatlari va ehtiyojlarini hisobga olishga yo‘naltirilgan munosabatlar tizimidir. Sug‘urta marketingi deganda ko‘pincha sug‘urta qiluvchi tomonidan iste’molchining ehtiyojlarini imkon qadar to4a qondirish orqali foydani maksimallashtirish tushuniladi. Sug‘urta marketingini bunday ifodalash bir muncha tor bo‘lsada, bugungi kunda keng tarqalgan va asosiy ta’rif bo‘lib hisoblanadi. Sug‘urta marketingi umumiy marketing kabi o‘z ichiga quyidagilami oladi: ■bozomi va o‘z sug'urta portfelini tadqiq etib borish; ■sug‘urta mahsulotlari (xizmatlari)ga bo’lgan talabni ishlab chiqish; ■sug‘urta mahsulotlarini bozorga olib chiqish. Bozomi tadqiq qilish bu - ehtimoldagi mijozlar guruhlaridan sug'urta xizmatiga jalb etilgan taqdirda sug'urta qiluvchiga eng ko'p foyda keltirishi mumkin bo'lganlarini topish nuqtai nazaridan o‘rganishdan iborat. Sug'urta bozorini o'rganish bu bozomi tabaqalashtirilishini, ya’ni maqsadga muvofiq tabaqalami ajratib olinishini ko‘zda tutadi va ehtimoldagi mijozlaming quyida keltirilgan xususiyatlarini hisobga olish orqali amalga oshiriladi. mijozlaming sug'urtaga ehtiyojlari; jug‘rofiy va ijtimoiy-siyosiy taqsimlanishi; iste’molchilaming to'lov qobiliyati; sug'urta mahsulotidan foydalanishga rag‘bat uyg‘otish maqsadida mijozlarga reklama yoki boshqa vositalar orqali ta’sir ko'rsatish imkoniyatlari; mijozlami kompaniyaga jalb etish qiymati; mijozlaming sug'urta ehtiyojlari va qiziqishlari evolyutsiyasining yo'nalishlari; sug'urta bozoridagi raqobatning va raqobatchilaming ehtimoldagi xatti- harakatlari; sug'urtalanuvchilaming turiga ko'ra sug'urta holati vujudga kelishi xatarliligi darajasini baholash; ehtimoldagi sug'urtalanuvchilaming turli toifasi uchun sug'urta holatining o'rtacha qiymatini baholash. Sug'urta portfelini tadqiq etish bu - sug'urta holatlari vujudga kelishi ehtimollarini tahlil qilish va mijozlaming turli xususiyatlariga: jug'rofiy joylashuvi, kasb-kori, faoliyat turi, jinsi, yoshi, sug'urtalanayotgan mol-mulk yoki boshqa boyliklar ustidagi xataming xususiyatiga bog'liq ravishda kompaniya uchun ana shu sug'urta holatlari qiymatini hisoblashdan iboratdir. Sug'urta mahsulotlariga bo'lgan talabni ishlab chiqish bu - ana shu mahsulotning sug'urtalanuvchilar manfaatlarini eng ko'p darajada qanoatlantiradigan va iste’molchilik qiziqishlariga sug'urta mahsulotini tashkil etish jihatidan mos keladigan xususiyatlarini aniqlash jarayonidir. Buning ichiga quyidagilar kiradi: sug'urtalash uchun qabul qilinayotgan manfaatlar (sug'urta obyektlari); sug ‘ urta xatarlari (sug‘ urtaning qoplanishi); sug'urta mahsulotining narxi; sug'urtalovchi tomonidan zarami qoplashdan tashqari taqdim etiladigan qo'shimcha xizmatlar (yuridik xizmat, talofatga uchragan mol-mulkni ta’mirlash va h.k.) sug'urta shartnomasi amal qilgan muddatda mijozga ko'rsatiladigan xizmatning to'laligi va sifati. Sug'urta mahsulotlarini bozorga olib chiqish (kommersializatsiyalash) quyidagilardan iborat: mavjud sug'urta mahsulotlari va ulaming ijobiy xususiyatlari to'g'risida ehtimoldagi iste’molchilami boxabar etish, ehtimoldagi sug'urtalanuvchini sug'urta qoplamasini sotib olish zarurligiga ishontirish (sug'urta mahsulotining maqsadli reklamasi); sug'urta mahsuloti sotilishini butun sug'urta kompaniyasi to'g'risidagi tasawur va shon-shuhratini oshirish orqali rag'batlantirish (sug'urta qiluvchining imij reklamasi); eng samarali sotuvni ta’min etadigan sug‘urta mahsulotini yetkazib berish tizimini yaratish; sug'urta qiluvchilar uchun imtyozlar, sug'urta mahsuloti sotuvchilari uchun mukofotlar tizimini joriy etish, sotuv o'tkazilayotgan joyda tanlovlar, lotereyalar, reklama o'tkazish orqali sug‘urta mahsulotini o'tkazishni rag‘batlantirish. Sug'urta ishida marketing o‘tkazishning pirovard maqsadini qisqacha qilib quyidagi ta’rif bilan ifodalash mumkin: «Shunday sug‘urtalanuvchilami topish zarurki, ular kompaniyaga o'zlarini jalb etish uchun va mavjud sug‘urta ehtiyojlarini qondirish uchun qilingan sarf-xarajatdan ko‘proq naf keltirsinlar. Bu mijozning ko'nglini topa bilish san’atdirki, undan bir vaqtning o‘zida sug'urta kompaniyasi xo‘jayinlarini ham qanoatlantira bilish shart». Shu sababli, sug'urta sohasidagi marketingda mavjud va ehtimoldagi sug‘urta bozorining (mijozlaming) tahliliga suyanilmas ekan, samaraga erishish qiyin, ya’ni sug'urta marketingi asosan mijozlaming va bozoming daromadliligini oldindan tahlil qilishga, ulami jalb eta bilish va saqlab qolish qobiliyatiga bog‘liq. Sug‘urta marketingiining maqsad va vazifalari Sug‘urta marketingi ,sug‘urta tashkilotlarini sug‘urta bozorida ishlash uslubi, sug'urta bozori metodologiyasi bo'lib, potensial sug’urtalanuvchilar va ulaming talab istaklarini o'rganish, ularga mos sug‘urta mahsulotlar yaratish, narx belgilash, sug‘urta mahsulotilamii yetkazib berish, taqdim etish, sotish, xizmat ko‘rsatishni uyushtirish usullari, vositalari, tartib-qoidalari majmui hisoblanadi. Bulaming hammasi birinchi asosiy maqsadga talab bilan taklifhi o‘zaro muvofiqlashtirishga xizmat qiladi. Ijtimoiy ahamiyati nuqtai nazaridan to‘rtta sug‘urta marketingining muqobil maqsadlarga ajratiladi. Iste’mol darajasini oshirish; Potensial sug‘urtalanuvchilami qondirilishini maksimallashtirish; Iste’mol tanlovini maksimallashtirish; Sug‘urta bozorida xizmatlar sifatini oshirish. Iste’mol darajasini oshirish sug‘urta tashkilotlari foydasini o'sishga olib keladi, xizmatlar sohasini rivojlantirishga olib keladi. Potensial sug'urtalanuvchilami qondirilganligini maksimallashtirish iste’mol kutayotgan sug'urta mahsuloti (xizmat) xossalariga to‘liq mos kelishiga erishishni ko‘zlaydi. Iste’mol tanlovini maksimallashtirish potensial sug‘urtalanuvchilarga shunday sug'urta mahsuloti (xizmat)lami turli xillarini ko‘rsatib, ulaming xodimlariga to‘liq mos keluvchi sug'urta bozorida sug‘urta mahsulotilami qidirib topish mumkin bo'lgan sug‘urta mahsulotilami mujassamlashtiradi. Sug‘urta marketingining asosiy tamoyillari: Iste’molchigayo‘naltirilganlik. Kelgusiga yo‘naltirilganlik. Sug‘urta tashkilotlari sug'urta marketingi faoliyatini qisqa muddatli natijalariga emas, balki uzoq muddatli natijalariga mo'ljalni olgan bo'lishi kerak. Oxirgi amaliy natijalarga erishishga yo'naltirilganlik. Sug‘urta marketing! faoliyati natijasi o‘lchamli bo'lishi kerak (sug‘urta bozori ulushi, sotish hajmi, foydaning o‘sishi). Sug‘urta marketing! tamoyillari sug‘urta marketingii asosini va uning mohiyatini ochib beruvchi holat, talabdir. Sug'urta marketingini mohiyati - sug‘urta mahsulotini ishlab chiqarish va xizmat ko4rsatish albatta iste’molchiga, talab ishlab chiqarish imkoniyatlarini doimo sug‘urta bozori talabiga mo'ljallashdan iborat. Sug‘urta marketing! mohiyatidan quyidagi asosiy tamoyillar kelib chiqadi: йк potensial sug‘urtalanuvchilarga nima kerak bo'lsa o‘shani ishlab chiqarish kerak; sug‘urta bozoriga sug‘urta mahsulotlar va xizmatlar taklifi bilan emas, balki potensial sug‘urtalanuvchilar muammolarini yechish vositalari bilan ishlash; 4- sug'urta mahsulotini yaratishni ehtiyoj va talabni tadqiq qilgandan so’ng tashkil etish kerak; 4 sug‘urta marketing! konsepsiyasi vositalarini qo‘llash asosida sug'urta marketing! dasturini shakllantirishga olib keluvchi qo‘yilgan maqsadlarga erishish uchun kompleks yondoshish va maqsadli dastur uslubini ishlatish; 4 sug4urta mahsulotini iste’molchiga siljitishni barcha bo‘g‘inlarini sug‘urta marketingi bilan qamrab olish maqsadida bir vaqtni o‘zida maqsadli yo‘naltirilgan ta’sir asosida sug'urta bozori talabiga mos keluvchi sug‘urta mahsuloti ishlab chiqarish strategiya va taktikasini qo‘llash; 4 sug'urta tashkiloti faoliyatini va sug‘urta marketingi xizmatini sug'urta bozorida sug‘urta mahsuloti xulq-atvorini bashorat qilishi va strategik rejalashtirishni amalga oshirish asosida samarali kommunikatsiyani uzoq muddatli istiqboliga mo‘ljal olish; 4 sug‘urta mahsulotini yashash davrini barcha bosqichlarini ishlab chiqarish va sug‘urta mahsuloti taqsimlashni ijtimoiy va iqtisodiy omillarini hisobga olish; «4 sug‘urta tashkiloti rejasiga nisbatan sug‘urta bozorini birlamchi ekanligini eslash; 4 talab va taklifiii balanslashtirish maqsadida rejalami tarmoqlararo koordinatsiyalash va o‘zaro ta’sirini ushlab turish; 4 sug'urta mahsuloti sug'urta bozori yoki sug‘urta tashkiloti imidji (obro'yi) va raqobatli afzallikni qidirish va shakllantirish jarayonida aniq holatda agressivlikka, hujumkorlikka, faollikka intilish, umumiy holda sug'urta marketingining asosiy tamoyillari — bu sug'urta bozorini bilish, unga moslashish va sug'urta bozoriga ta’sir o'tkazishdan iborat.82 Sug'urta marketingining mohiyati va maqsadlaridan quyidagicha asosiy tamoyillari kelib chiqadi: •potensial sug‘urtalanuvchilarga yo‘naltirilgan tamoyil; •istiqbolga yo‘naltirilgan tamoyil, ya’ni subyekt faoliyati istiqbolga yo'naltirilgan boMishi zarur; •pirovard ko'rsatkichga erishishga yo‘naltirilgan tamoyil, ya’ni sug'urta bozori hissasini, foydani oshishi va hokazolar. Mumkin bo'lgan maksimal yuqori iste’molga erishish. Ko‘pchilik rahbarlar sug‘urta marketingining maqsadi - ishlab chiqarishning maksimal o'sishi va sug'urta tashkilotining boyishida asosiy omil yuqori iste’molga erishishni rag'batlantirishda deb biladilar. Bu fikmi boshqacha ifodalasak, odamlar qancha ko‘p sotib olsa va qancha ko‘p iste’mol qilishsa, shuncha baxtli bo'ladilar degan ma’noni anglatadi. Lekin, ba’zi bir kishilar moddiy boyliklar massasining ortishi katta baxtga erishishdan dalolatdir degan fikrga shubha bilan qaraydilar. Demak, sug'urta marketingining maqsadi faqat mumkin bo'lgan maksimal iste’molga erishishdangina iborat emas ekan. Potensial sug'urtalanuvchilaming talabining maksimal qondirilishiga erishish. Bu nuqtai nazarga muvofiq sug'urta marketing! tizimining asosiy maqsadi mumkin bo'lgan maksimal yuqori iste’molga erishish emas, balki potensial sug'urtalanuvchilaming talabini maksimal qondirishdan iboratdir. Bu degani sug'urta mahsuloti massasi iste’moli ko'p bo'lsada, u biron-bir ahamiyatga ega bo'lmasligi mumkin. Ulaming ahamiyatliligi, sug‘urta mahsuloti massasining ko‘pligi bilan emas, balki bu sug‘urta mahsuloti massalarining qanchalik darajada potensial sug‘urtalanuvchilaming talabini qondira olishi bilan o'lchanadi. Afsuski, potensial sug'urtalanuvchilaming talabining qondirilish darajasini o'rganish to hozirgi kungacha muammoligicha qolmoqda. Potensial sug‘urtalanuvchilarga keng assortimentdagi sug'urta mahsulotlami tanlashga imkoniyat yaratish. Ba’zi bir sug‘urta bozori mutaxassislari sug'urta marketing! tizimining asosiy maqsadi sug‘urta mahsulotlari xilma-xilligini maksimal ta’minlash va potensial sug'urtalanuvchilaming keng assortimentdagi sug‘urta mahsulotlami tanlashiga imkoniyat yaratishdan iboratdir deb hisoblaydilar. Tizimning maqsadi iste’molchining talabiga to‘liq mos keladigan sug'urta mahsulotini topishiga yordam berishdan iborat bo‘lishi kerak. Sug‘urta marketingining asosiy maqsadi, uning vujudga kelishi, shakllanishi va rivojlanishining obyektiv sabablari, zarurati bilan belgilanadi. Yuqorida qayd qilinganidek, sug‘urta marketing! eng awalo sug‘urta mahsulotlar to‘planib, sotilmay qolgan va iqtisodiyot inqirozi kuchaygan sharoitda, uni shu inqirozdan chiqarish quroli sifatida ixtiro qilingan, yaratilgan ekan. Uning maqsadi nihoyatda keng va murakkab masalalami hal qilishga qaratilgandir. U sug‘urta mahsulotlarini sug'urtalanuvchilar ehtiyojiga moslashtirib, talab va taklifni muvozanatiga erishgan holda, uni tashkil etgan sug'urta tashkilotlariga yuqori foyda keltirishdir. Bunga erishish uchun sug‘urta marketing! quyidagi muhim vazifalami hal etmog‘i lozim: xaridorlar (istemolchilar) ehtiyojini o‘rganish va aniqlash; sug‘urta mahsulotilariga bo'lgan ichki va tashqi talablami o'rganish; sug'urta tashkilotining faoliyatini xaridorlar ehtiyojiga moslashtirish; awalo talab va taklif to‘g‘risida olingan ma’lumotlar asosida sug'urta bozorini o'rganish; sug'urta mahsulotlari reklamasini tashkil etish, xaridorlami sug'urta mahsulotlami sotib olishga qiziqishini ortirish; sug'urta mahsulotini yaratuvchi yoki uni sotuvchi sug'urta tashkiloti tadqiqotlarini amalga oshirish uchun ma’lumotlar to'plash va tahlil qilish; sug'urta mahsulotini sug'urta bozoriga chiqarishdagi barcha xizmatlar to'g'risida ma’lumotlar olish; to'ldiruvchi sug'urta mahsulotlar va o‘mini bosuvchi sug'urta mahsulotlar to'g'risida axborotlar yig‘ish; sug'urta mahsulotlariga bo'lgan talabni istiqbollash, ulami amalga oshirishni nazorat qilishdan iboratdir. Sug‘urta marketing! axborotlarini tizimli tahlil qilish, talab va taklifhing taxminiy hisobini ishlab chiqishga imkon beradi. Busiz esa sotishning maqbul darajasini belgilash mumkin emas. Bunday darajada odatda, minimum, maksimum oralig'ida hisoblab chiqiladi. Sug'urta marketing! maqsadiga erishishda reklama ham muhimdir. Reklamaning vazifasi - mavjud sug'urta bozori segmentini mustahkamlash, yangi xaridorlami jalb qilish, yangi sug'urta bozorilar tashkil qilishdir. Sug‘urta marketingii tizimida reklamaning asosiy xususiyati - uzluksiz ta’sir va doimiy yangilanishdir. SHu bilan birga xaridor psixologiyasi sug'urta mahsuloti va sug'urta tashkiloti markasiga bog‘lanib qolish xususiyati (imidj)ga ham egadir.83 Sotishni rag‘batlantirish - sug'urta marketingining vazifalaridan biri bo‘lib, sug'urta bozoriga chiqarilgan sug‘urta mahsulotini rejalashtirilgan sotish darajasini ta’minlashga imkon beradi. Bu foyda olish demakdir. Sotishni rag'batlantirishning quyidagi faol shakllari mavjud - ko‘rgazma-savdo, yarmarkalar, maxsus savdo agentlari xizmatidan foydalanish va arzon baholar. Sug'urta marketing! tizimida sotish siyosati - bu sug‘urta mahsuloti davriy harakatini tashkil etish jarayonidir. U sug‘urta mahsuloti massasining sug‘urta tashkilotlaridan to iste’molchigacha bo‘lgan harakatining har bir bosqichida qabul qilinadigan qarorlarga ta’sir qilishning aniq tahlilini talab qiladi. Bu holda sotish deganda ishlab chiqarish bilan savdo orasidagi barcha aloqalar tushuniladi. Har tomonlama o'ylab yuritilgan sug'urta mahsuloti siyosati resurslardan samarali foydalanish imkonini beradi. Sug'urta mahsuloti siyosati har bir ishlab chiqarilgan mahsulotning aniq potensial sug'urtalanuvchilar guruhiga mo'ljallangan bo'lishini ta’minlaydi. Ya’ni, har qanday sug'urta mahsuloti aniq iste’mol manziliga egabo'lishi kerak. Bizning ichki sug'urta bozorimiz, unga chiqarilgan sug'urta mahsuloti assortimentining, amalda mavjud bo'lmagan «o'rtacha» deb ataluvchi iste’molchiga mo'ljallanganidan juda ham yutqazadi. Chunki xaridor qiziqishi va didiga qarab taqsimlangan sug'urta mahsulotilami tanlash imkonini bermaydi. Sug'urta marketing! yondashuvida bunday vaziyatlar yuz berishidan mustasno. Yuqorida sanab o'tilgan sug'urta marketingi harakatlarining barchasidan bir vaqtda foydalanish lozim. Sug'urta marketingining sanab o'tilgan maqsadlari va vazifalari sug'urta bozori faoliyatini tashkil qilish to'g'risida to'liq tushuncha bera olmaydi. Chunki sug'urta bozori muammolarini to'liq hal qilish uchun tayyor retseptning o'zi bo'lishi mumkin emas. Sug'urta marketingini qo'llashdan oldin awalambor sharoitni, eng asosiy ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot darajasini hisobga olish lozim. Chunki sug'urta marketing! - murakkab, harakat va sabr-toqat talab qiluvchi, shu bilan birga tez samara beruvchi ishdir. U bir tomondan aholining yetarli darajada yuqori bo'lgan ehtiyoji va talabiga, uning xarid qobiliyatiga, ikkinchi tarafdan sug‘urta mahsuloti va xizmatlami tanlashdagi erkinlikka javob berishi kerak. Sug‘urta bozorini harakatining katta radiusini ta’minlash uchun sug‘urta mahsuloti assortimentini tez o’zgartirish, uni ommaviy ravishda o‘zlashtirishga javob beradigan bo‘lishi lozim. Bulaming barchasi talab va taklifhi muvozanatlashtirishga imkon beradi. Bundan tashqari, sug'urta marketing! faoliyat yuritish uchun, sug‘urta tashkilotini boshqarish va rejalashtirish tizimidan, taqsimot, ichki sug‘urta bozoridagi va tashqi savdodagi aloqalar, yuqori darajada jihozlangan sug‘urta bozori kanallari orqali realizatsiya qilishdan iborat tashkiliy masalalami hal qilish zarur. Bugungi kunda barcha sug‘urta mahsuloti sugiurta tashkilotlari, potensial sug‘urtalanuvchilar va shu bilan birga boshqa soha xodimlari ham sug‘urta marketing! nuqtai nazaridan fikrlay olishlari va undan samarali foydalanishlari lozim. Sug‘urta marketingini vazifalari quyidagi rasmda berilgandir. Sug‘urta marketingini bosh vazifasi sug‘urta tashkilotining mavjud va potensial imkoniyatlarini baholash va amalga oshirish hamda sug‘urta bozorida talab va taklifhi muvofiqlashtirish maqsadida imkoniyatlami aniqlashdan iborat. Sug‘urta marketing! yoki tadbirkorlik faoliyati aniq natijaga erishish maqsadida amalga oshiriladi. Sug‘urta marketingini asosiy maqsadlari sug‘urta tashkilotining asosiy maqsadlari bilan o;zaro aloqadordir. Download 248.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling