Mavzu: Sug’urta xizmatlari bozorini yanada isloh qilish va rivojlantirish chora-tadbirlariga oid qabul qilingan me’yoriy hujjatlar


Bozor iqtisodiyoti sharoitida har qanday mulkchilik shakllaridagi sug‘urta tashkilotlari o‘zining tashkiliy strukturasi, xodimlari mehnatiga haq to‘lash va rag‘batlantirish tartibini mustaqil belgilay


Download 11.09 Kb.
bet4/5
Sana18.06.2023
Hajmi11.09 Kb.
#1574654
1   2   3   4   5
Bog'liq
Sug’urta xizmatlari bozorini yanada isloh qilish va rivojlantiri-fayllar.org

Bozor iqtisodiyoti sharoitida har qanday mulkchilik shakllaridagi sug‘urta tashkilotlari o‘zining tashkiliy strukturasi, xodimlari mehnatiga haq to‘lash va rag‘batlantirish tartibini mustaqil belgilaydilar.

Rivojlangan dunyoning barcha sug‘urta kompaniyalari boshqarish usuli va faoliyat sohalari bo‘yicha tashkiliy strukturalarga bo‘linadi.

Jahonda «Hamkorlikka mos rahbarlik» deb nom olgan boshqarish (menejment) usuli keng tarqalgan. U quyidagi tamoyillarga tayanadi:

1. Sug‘urta kompaniyasining qarori bir tomonlama, ya’ni yuqoridan, sug‘urta tashkiloti rahbariyatining o‘zi tomonidan qabul qilinmaydi.

2. Sug‘urta kompaniyasining xodimlari faqatgina rahbariyatning topshiriqlarini bajaribgina qolmay, balki vakolat bilan o‘z harakat sohalari va rejalariga ham ega bo‘ladilar.

3. Mas’uliyat sug‘urta kompaniyasi boshqaruvining faqat yuqori pog‘onasigagina tegishli emas. U faoliyat sohalari bo‘yicha boshqa xodimlar kompetensiyasining ham bir qismidir.

4. Sug‘urta kompaniyasining rahbariyati faqatgina quyi instansiyalar qabul qilishi mumkin bo‘lmagan qarorlarnigina qabul qilish huquqiga ega.

5. Menejment (boshqarish) strukturasining bosh tamoyili vakolat va javobgarliklarni yuqoridan quyigacha taqsimlanishi hisoblanadi.

Mazkur tamoyilning amalga oshirilishi quyidagilarni bildiradi:

1. Sug‘urta kompaniyasining xodimiga ma’lum faoliyat sohasi topshiriladi. U mazkur soha chegarasida harakat qilish va mustaqil qaror qabul qilishga majbur hisoblanadi hamda bu uchun to‘liq javobgarlikni oladi.

2. Tarkibiy bo‘linma (boshqarma, bo‘lim, sektor) rahbari jiddiy muammolar paydo bo‘lish holatidan boshqa hollarda o‘z qo‘l ostidagilar faoliyat sohasiga aralashish huquqiga ega emas. U asosan o‘z xodimlari ishi ustidan nazoratni amalga oshirishi zarur.

Boshqarishning bunday tashkiliy tuzilishida har bir xodim, u qanday darajada ishlayotganligidan qat’iy nazar, u faqatgina o‘z vakolatlari doirasida qilgan va qilmagan ishlarigagina javob beradi.


Download 11.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling