Kurs ishining maqsadi: Boshlang‘ich ta’lim jarayonining sifati va samaradorligini ta’minlash, shuningdek, yosh avlodning milliy g‘oyani anglaydigan barkamol shaxs sifatida shakllanishi ko‘p jihatdan yaratiladigan darsliklar saviyasiga bog‘liq. Zero, darsliklarda beriladigan o‘quv materiallari vositasida o‘quvchilarning ongi, ilmiy dunyoqarashi, shaxsiy sifatlari, mustaqil fikrlash faoliyati, ijodiy tafakkuri, faraz qilish qobiliyati, milliy ruhi shakllanadi.
Kurs ishining vazifalari: Darhaqiqat, so‘nggi yillarda umumiy o‘rta ta’lim maktablari uchun darsliklarning yangi avlodi yaratildi va amaliyotga joriy etildi. Ma’lumki, yaratilgan darsliklarda o‘quv materiallari loyihalash sifatini takomillashtirish dolzarb vazifalardan hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |