Mavzu: Sun’iy neyron tarmoqlari modellari


Download 433.51 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana04.04.2023
Hajmi433.51 Kb.
#1329075
  1   2   3   4
Bog'liq
Xoliyorov Dilshod 2-MT



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA 
KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI 
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
QARSHI FILIALI 
 
 
 
 
 
 
KOMPYUTER INJINIRINGI FAKULTETI 
4-BOSQICH KI 14-19s GURUH TALABASINING 

Mashinali o’qitishga kirish
” 
 fanidan
 
 
2-MUSTAQIL ISHI 

 

Bajardi: 
 
 
 
 
 
 
Xoliyorov D
 
Qabul qildi : To’rayev A 
 
 
QARSHI – 2023 


Mavzu: Sun’iy neyron tarmoqlari modellari 
 
Reja: 
Kirish qism 
1. Vaqtli qatorlarni bashoratlashda neyron tarmoq modellari va algaritmlari 
2. Sun’iy neyron tarmoqlari modellari 
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar 


Kirish qism 
Ekonometrikaning asosiy masalalaridan biri -- o‘rganilayotgan hodisalarning 
makonda o‘zgarish va rivojlanish jarayonini tadqiq qilishda vaqt qatorlarini tuzish 
va tahlil qilish yo‘li bilan hal etiladi. 
Iqtisodiy hodisalarning makonda o‘zgarishini ifodalayotgan sonlar ketma-
ketligini kuzatish vaqt qatori deb ataladi.
Vaqtli qatorlar ko‘rsatkichning barqaror o‘zgarishlariga va xususiy tasodiflar 
o‘zgarishiga ega bo‘ladi.
Vaqt qatorlaridagi xususiy tasodiflarni bartaraf etish va 
barqaror o‘zgarishlarni aniqlash uchun ular u yoki bu usullar bilan taqqoslanadi. 
Taqqoslangan qatorlarni haqiqiy qatorlar bilan taqqoslash, ayrim korxonalarni, 
tarmoq va milliy iqtisodiyotni rivojlantirishning ba’zi muhim xususiyatlarini 
aniqlash imkonini beradi. Taqqoslangan va haqiqiy qiymat ko‘rsatkichlarining farqi, 
taqqoslangan qatorlar joylashgan va kelajak rivojlanish ko‘rsatkichlari qatorlari 
joylashishi mumkin bo‘lgan chegaralarni aniqlash imkonini beradi. 
Ko‘pgina iqtisodiy tadqiqotlarda, ayniqsa vaqtli qatorlarni tahlil qilish jarayonida 
nihoyatda chegaralanib tanlash bo‘yicha aniqliklarni qayta ishlashga to‘g‘ri keladi. 
Iqtisodiy vaqtli qator farq qiluvchi xususiyatlarini quyidagicha ko‘rsatish mumkin: 
a) berilgan sharoitda kuzatilayotgan jarayonni qayta kuzatish mumkin emas; 
b) odatda kuzatilayotgan qatorlar, kuzatilayotgan tanlanma hajmiga ko‘ra juda 
chegaralangan bo‘ladi.
Ekonometrik model qurishda ikki turdagi ma’lumotlardan 
foydalanish mumkin:
• ma’lum bir vaqtdagi turli xil ob’yektlarni tavsiflovchi ma’lumotlar to’plami;
• bitta ob’yektni turli vaqt ketma-ketligida tavsiflovchi ma’lumotlar.
Bu ma’lumotlardan, asosan, kuzatilayotgan jarayon yoki muammoni tahlil qilish 
hamda uning matematik modelini qurish uchun foydalaniladi. Birinchi turdagi 
ma’lumotlar bo’yicha qurilgan modellar fazoviy modellar deyiladi. Ikkinchi turdagi 
ma’lumotlar asosida qurilgan modellar esa vaqt qatorlari modeli deyiladi.
Bir xil vaqt o’tishi bilan yig’iladigan, ro’yxatga olinadigan yoki kuzatiladigan 
ma’lumotlar ketma-ketligiga vaqt qatori deyiladi. 



Download 433.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling