Mavzu: Sun’iy sug’oriladigan yerlarda yo’l poyini loyihalash uslublari. Reja


Yo’l to’shamalariga ta’sir etuvchi kuchlar


Download 25.06 Kb.
bet4/5
Sana12.11.2023
Hajmi25.06 Kb.
#1769236
1   2   3   4   5
Bog'liq
Mavzu Sun’iy sug’oriladigan yerlarda yo’l poyini loyihalash usl-fayllar.org

Yo’l to’shamalariga ta’sir etuvchi kuchlar. Avtomobillar o’tganida yo’l to’shamasida hosil bo’ladigan kuchlanishlar chuqurlik ortgan sari so’na boradi. Bu yo’l tushamasini ko’p qatlamli qilib loyihalashga imkon beradi, bunda turli mustaхkamlikdagi materiallardan foydalaniladi.

  1. rasm. Ko’p qatlamli yo’l to’shamasida avtomobillarning g’ildiraklaridan hosil bo’ladigan kuchlanish


Qoplama yo’lning transportdan foydalanish sifatlarini ta’minlaydi. Qoplama - yo’l to’shamasining yuqorigi, eng mustahkam, odatda suv o’tkazmaydigan, eyilishga, zarbiy va siljituvchi yuklamalarga yaхshi qarshilik qo’rsatadigan, shuningdek iqlim ta’siriga chidamli nisbatan yupqa qatlami. Qoplama ancha qimmat turadigan materiallardan yotqizilganligi uchun u ruхsat etiladigan minimal qalinlikda bo’ladi. Qoplama yo’lning zarur foydalanish sifatlarini ta’minlaydi (sirtning tekisligi, shina bilan ilashish koeffig’ienti katta).


Asos- to’shamaning toshlardan yoki bog’lovchi materiallar bilan ishlov berilgan gruntdan qurilgan ko’tarib turuvchi mustahkam qismi.Asos bosimni to’shamaning pastda joylashgan qo’shimcha qatlamlariga yoki yo’l poyi gruntiga uzatish va taqsimlash uchun mo’ljallangan. Asosga avtomobil g’ildiraklari bevosita ta’sir etmaydi, ob-havo yog’inlari esa kam ta’sir etadi. Shuning uchun asosni qurishda qoplama va eyilish qatlamidagiga karaganda mustahkamligi kamroq materiallardan ham foydalanish mumkin. Asosni yotqizishda mahalliy materiallar, sanoatning mustahkam chiqindilari, bog’lovchi materiallar bilan ishlov berilgan toshlardan foydalanish mumkin. Asos bitta yoki bir nechta qatlamlardan iborat bo’lishi mumkin.


Asosning qo’shimcha qatlami- bu qatlamlar iqlim va grunt gidrologik sharoitlari noqulay joylarda qoplamalarning asosi bilan yo’l poyi to’shama grunti orasida yotqiziladi.
Asfaltbeton qoplamalar - yo’l qoplamalarining eng takomillashgan turi.
Ular mustahkam asosga bir yoki ikki qatlamli qilib yotqiziladi.
Asfaltbeton sun’iy qurilish materiali bo’lib, yirikligi bo’yicha saralangan kamg’ovak tosh asosdan - chaqiq tosh yoki shag’aldan va qumdan (bular o’zaro mayin mineral kukunning bitumli aralashmasi bilan bog’langan) tashkil topgan aralashmani qizdirilgan holida shibbalab olinadi. Bitum asfalqtbeton aralashmasining tarkibiga qarab 3.5-9% gacha miqdorda qo’shiladi. Asfaltbetonlar
yirik donali (chaqiq tosh frakg’iyalari 40 mm gacha), mayda donli (20 mm gacha)
va qumli (5 mm dan yirik bo’lmagan zarralar) bo’ladi.

Download 25.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling