Mavzu: surxondaryo viloyati taponimlarni o'rganish


MAVZU:SURXONDARYO VILOYATIDAGI ALOHIDA MUHOFAZA QILINADIGAN HUDUDLAR VA ULARNING BIO XILMAXILLIKNI SAQLASHDAGI AHAMAMYATINI O’RGANISH


Download 279.92 Kb.
bet3/16
Sana17.06.2023
Hajmi279.92 Kb.
#1538514
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
MAVZU1

MAVZU:SURXONDARYO VILOYATIDAGI ALOHIDA MUHOFAZA QILINADIGAN HUDUDLAR VA ULARNING BIO XILMAXILLIKNI SAQLASHDAGI AHAMAMYATINI O’RGANISH.
1. Surxondaryo viloyatidagi Surxondaryo daryosining suvni muhofaza qilish zonasi qirg‘oqbo‘yi polosasi bilan tegishli ravishda 1 va 2-ilovalarga* muvofiq 9208 gektar va 1521,3 gektar etib belgilansin.
* 1-2 ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
2. Surxondaryo viloyati hokimligi:
Oldingi tahrirga qarang.
Surxondaryo daryosi qirg‘oqbo‘yi polosasidagi yerlarni yer egalaridan va yerdan foydalanuvchilardan belgilangan tartibda olsin hamda O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining o‘rmon xo‘jaligi tashkilotlariga o‘rmon-meliorativ va boshqa suvni muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshirishda foydalanish uchun bersin, suv xo‘jaligi obyektlari joylashgan yerlar bundan mustasno;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasiga, unga yerlardan doimiy foydalanish huquqiga Davlat dalolatnomasi bergan holda, belgilangan tartibda yerlar ajratsin;
(2-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda, O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi bilan kelishgan holda 2005-yilgacha suvni muhofaza qilish zonasidan ekologiya jihatidan potensial xavfli obyektlarni, qirg‘oqbo‘yi polosasidan esa istisnosiz barcha obyektlarni chiqarish chora-tadbirlarini ishlab chiqsin va amalga oshirsin;
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi bilan birgalikda o‘rmonzorlar barpo etish uchun suvni muhofaza qilish zonasidan yerlar ajratish imkoniyatini ko‘rib chiqsin.
(2-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Agrosanoat kompleksi kotibiyatiga yuklansin.


Download 279.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling