Mavzu: Surxondaryo viloyatidagi zaharli ilonlarning tarqalishi
Asosiy qism.O’zbekistonda tarqalgan zaharli ilonlar
Download 145.71 Kb.
|
363008-O’ZBEKISTONDA UCHRAYDIGAN ZAHARLI ILONLAR VA ULAR ZAHARI
Asosiy qism.O’zbekistonda tarqalgan zaharli ilonlar.
Ilonlarda ilmoq singari qayrilgan va uchi o'tkir tishlari bo'ladi. Odam uchun kapcha ilon, qora ilon, mamba va shaqildoq ilonlarning chaqishi juda xavfli hisoblanadi. Mambani hisobga olmaganda yuqorida keltirilgan zaharii ilonlar Respublikamiznining cho'l va tog'li hududlarida tarqalgan. MDHda yana chipor ilonlar va suv ilonlari keng tarqalgan. Ilonlar turii xil hayvonlar, ya’ni kemiruvchilar, mayda kaltakesaklar baqalar va hasharotlar bilan oziqlanadi. Ilonlar tuxum qo'yib, tuxumdan tirik tug'ib yoki tirik tug'ib ko'payadi. Ilonlar kenja turkumining sistematikasi ancha murakkab. Bu kenja turkumga 13 ta oila va 3000 taga yaqin tur kiradi. MDHda ilonlarning 60 taga yaqin turlari uchraydi, shu jumladan, O'zbekistonda 6 ta oilaga kiruvchi 21 ta tur ilonlar uchrashligi aniqiangan.Kavkazda tarqalgan g'arb bo'g'ma ilonchasi (Eryx jaculus) kiradi. O'zbekistonda Qizilqum, Ustyurt va Amudaryoning qumli qirg'oqlari bo'ylab sharq bo'g'ma ilonchasi tarqalgan, uzunligi 60 sm dan I m gacha boradi. Vohalardagi jariiklar, tashlandiq eski binolar, molxonalar va hatto xonadonlarda chipor ilon uchraydi. Uning uzunligi 2 m gacha boradi. Chipor ilon, asosan O'rta Osiyoda va Uzoq Sharqda keng tarqalgan. Chipor ilon ham turli qushlar va ularning jo'jalari, kemimvchilar va kaltakesaklar bilan oziqlanadi. O'lja qidirib, moixona vaxonadonlarning shiftiga chiqib olishi, devorning yoriqiariga kirib qolishi mumkin. O'zbekistonning cho'l mintaqalarida xoldor chipor ilon, ko'ndalang yo'lli chipor ilon, o'q ilon, Ustyurtda to'rt chiziqli chipor ilon, tog' etaklarida esa qizil chiziqli chipor ilon tarqalgan. Silliq suv ilonining uzunligi 75 sm atrofida bo'ladi. O'q ilon ham suvilonlar oilasiga kiradi. O'q ilon zaharli hisoblanadi. Uning zahar tishi og'iz bo'shlig'ining ichki tomonida joylashgan, jo'yakli bo'ladi. Zahari odamga unchalik ta’sir qilmaydi. Aspidlar (Elapidae) oilasiga 192 ta tur kiradi. Ular, asosan Hindistonda, Afg'onistonda, Hindi-Xitoyda, Filippinda va O'rta Osiyoda tarqalgan. O'rta Osiyoning janubiy hududlarida, ya’ni Turkmaniston va O'zbekistonda, jumladan, Bobotog', Hisor, Zarafshon. Nurota tizma tog'larining tog'oldi hududlarida, Qarshi dashtida yirik kulrang O'rta Osiyo kapcha iloni (Naja oxiana) uchraydi. Uning uzunligi 1,8—2,2 m gacha boradi. U bahorda kunduzi, yoz va kuz oylarida ertalab va kechqurun faol harakat qiladi. Biron xavf tug'ilganda kapcha ilon tanasi oldingi qismini yuqori ko'tarib shishiradi, bo'ynini yassi holda kengaytirib vishillagan ovoz chiqaradi va boshini tebrata boshlaydi Kapcha ilon iyul-avgust oylarida 9—12 ta tuxum qo'yadi. Tuxumining kattaligi 3 ,3 - 3,8 sm keladi, tuxumini yerga chuqurchaga ko'mib qo'yadi. 70-73 kundan keyin tuxumidan kichkina bolasi chiqadi. Kapcha ilonning zahar tishlari kattaligi bilan boshqa tishlaridan farq qiladi. Aspidlar oilasining asosiy avlodlariga kapcha ilonlar, aspidlar (Elaps) bungariar (Bungams) kabi o'ta zaharii ilonlar kiradi. Kapcha ilonlarning asosiy nerviga ta’sir qiladi. Ular chaqqanda odam og‘riq sezkapcha iloni yoki ko'zoynakli ilon (Naja naja) ham juda hisoblanadi.Uning uzunligi 3—3,5 m gacha boradi, Janubiy da tarqalgan. Kapcha ilonlar odamni chaqqanda 15 minutda odam o'ladi. Qora bo'yinli kapcha ilon o'z zaharini 4 m gacha uzoqlikka yetkazishi mumkin. Kapcha ilonlar zaharidan tibbiyotda xavfli kasalliklarga qarshi dori tayyorlanadi. Kapcha ilon noyob tur sifatida O'zbekiston «Qizil kitobi»ga kiritilgan. Aspidlar oilasining vakillari, shu jumladan, kapcha ilon, asosan qurbaqa, kaltakesaklar vaboshqa ilonlar bilan oziqlanadi. Ular 40 tagacha tuxum qo'yib ko'payadi Dengiz ilonlari oilasi vakillari, asosan Tinch va Hind okeanlarining tropik va subtropik dengizlarida yashaydi, 40 dan ortiq turlari bor. Bu ilonlar boshining kichikligi, gavdasining yon tomon siqilganligi va dumining yapaloqligi bilan boshqa ilonlardan farq qiladi. Burun teshiklari baland joylashgan. Bosh tomonida maxsus tuz chiqarish bezlari bor.Dengiz ilonlarining zahari boshqa zaharii ilonlarnikidan bir necha marta kuchii (12 marta) bo'ladi. Ko'pchiligi tirik tug'adi. Dengiz ilonlari umuman quruqlikka chiqmaydi. Tipik vakiliga kurakdum pelamida (Relamida platurus)ni misol qilib keltirish mumkin. Bu ilonlar baliq vaularning ubildiriqlari bilan oziqlanadi, ayniqsa ilonbaliqlarni xush ko'radi. Qorailonlar oilasi (Viperedae) oilasiga 210 ta tur kiradi. Ular zaharii, zahar tishlarining ichida nayi bo'ladi. Qorailonsimonlar oilasining vakillari Yevropa, Afrika va Osiyoda tarqalgan. Ularning gavdasi yo'g'on, boshi uchburchak, dumi qisqa vayassi bo'ladi. Qorailonsimonlar oilasining tipik vakillariga MDHda, shu jum ladan, O'zbekistonda tarqalgan cho'l qora iloni (Vipera ursini), Amerika chinqiroq iloni (Crotalus horridus), O'rta Osiyoda keng tarqalgan oddiy qalqontumshuq (Ancistrodon halis), O'rta Osiyoda hamda Kavkazda tarqalgan ko’- Ivor ilon (Vipera lebetina), O'rta Osiyoning janubida va Afrikada yashaydigan qum charx iloni (Echis carinatus) kiradi . Oddiy cho'l qora iloni tuxumdan tirik tug'ib ko'payadi, 3 tadan 17 tagacha tuxum qo'yadi. Ular yer ostidagi uyasida to 'p -to 'p bo'lib qishlaydi. Cho'l qora ilonlarining zahari birmuncha kuchsiz ta’sir qiladi. Nimjon odamlani chaqqanda, kasallik og'ir kechadi. chaqqan joyi qattiq og'riydi. Bu ilonning usti to'q kulrang bo'lib, qramtir xollari bor, ular nisbatan mayda, uzunligi 70-80 sm atrofida bo’- ladi. Oddiy cho'l qora iloni MDHda, shu jumladan, O'zbekistonda qozoq Qizilqum, Ustyurt va Amudaryo qirg'oqlarida yashaydi. Ular Chirchiqda,Tyanshanda va Sirdaryodasholipoyalar atrofida shu oyga chiqadi, asosan sichqon, kalamush, ba’zan Mar kaltakesaklar, baliqlar va hasharotlar bilan oziqlanadi. Ko'lvor ilonning uzunligi 120 sm dan 2 m gacha boradi. 0 ‘zbekisda asosan Nurota, Zarafshon, Turkiston, Hisor va Ko‘hitangda hamda tog' etaklarida uchraydi. Bu ilonning ustki tomoni kulrang va ko'kimtir boladi. Ko’ivor ilon ko'pincha, kechasi ovga chiqadi. Mayda qushlar, kemruvchilar va kaltakesaklar bilan oziqlanadi.Odamga duch kelganda harakatsiz yotadi, zahari juda xavfli. Odam va hayvonlarni chaqqanda halok boiishi mumkin. Qum charx iloni Respublikamizning janubiy hududlarida cho'llarda va tog' etaklarida ko'plab uchraydi, uning uzunligi 80-90 sm keladi. Rangi sarg'imtir qum rangida bo'ladi. Charx ilon bezovta qilinsa, bir joyda turib aylana boshlaydi va uning yon tangachaiari bir-biriga ishqalanib, tegirmon toshining ishqalanishiga o'xshash ovoz chiqaradi. Shuning uchun ham unga charx ilon deb nom berilgan. Charx ilon ham faqat tunda ovga chiqadi. Yosh charx iloniar, asosan umurtqasiz hayvonlardan chayon, chigirtka, ko'poyoqlar bilan oziqlansa, voyaga yetganlari esa kemiaivchilar, kaltakesaklar, baqa va zaharsiz iloniar bilan oziqlanadi. Charx ilon 3 tadan 15 tagacha tirik bola tug'adi. Charx ilon ham zaharli, lekin uning zahari odamga unchalik kuchli ta ’sir qiimaydi. Oddiy qalqontumshuq ilon MDHda, asosan Janubiy Sibirda, Uzoq Sharqda, Kavkazda, O'rta Osiyoda, shu jumladan, O'zbekistonda Toshkent va Samarqand viloyatlarida hamda Mirzacho'l va Xorazm cho'llarida uchraydi. Uning uzunligi 60—70 sm atrofida bo'ladi. Qalqontumshuq ilon chaqqan odamning badani shishib ketadi va issig'i ko'tariladi. Kasai odam 10-15 kundan keyin tuzala boshlaydi. Qalqontumshuq ilon ham kuchli zaharli, lekin odamni chaqqanda o'lmaydi. Afrikada yashaydigan mamba degan ilon o'ta zaharli hisoblanadi. Bir chaqishda 5 ta ho'kizni va3 ta otni zaharlab o'ldirishi mumkin. Zaharli iloniar chaqqanida chaqqan odamni harakatlantirmaslik kerak. Jarohatlangan joy dan zaharni qo'l bilan siqib yoki og'iz bilan chiqarib tashlanadi. Zaharlangan odam ga ko'p m iqdorda qora choy yoki kofe ichiriladi. Ma’Iumki, mochevina zaharni parchalash xususiyatiga ega. Shuning uchun ilon chaqqan joyni tezda mochevina bila yuvish kerak. Shuningdek, jarohatlangan joyga margansovka, sirka yoki sodali suv bilan ho’Ilangan bint yoki paxta bosiladi. Dastlabki choralar ko'rilgandan so‘ng bemorni tezda yaqin atrofdagi shifoxonaga olib borib zaharga qarshi zardob yuborish yo'l bilan davolanadi. Ilonlar o'ziga xos tana tuzilishiga ega bo'lgan, o'lchami 20 sm dan 10 m gacha yetadigan hayvondir. 2700 ga yaqin turi ma`lum. Tanasi har xil yo'g'onlikda bo'yiga cho'zilgan. Dumi hamisha tanasidan kalta. Oyog'i bo'lmaydi. O'ziga xos ajoyib harakatlanish usuli, xatti-harakatlari, zahar tishlari va harakatsiz tik qarab turishi tufayli ilonlar haqida kanchadan-qancha ertak va afsonalar to'qilgan hamda ko'p xalqlar orasida ilondan qo'rqish hissi paydo bo'lgan, deb xabar beradi FVV matbuot xizmati. Download 145.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling