Mavzu: Surxondaryo viloyatidagi zaharli ilonlarning tarqalishi


Download 145.71 Kb.
bet5/16
Sana01.05.2023
Hajmi145.71 Kb.
#1420121
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
363008-O’ZBEKISTONDA UCHRAYDIGAN ZAHARLI ILONLAR VA ULAR ZAHARI

Nafas olish sistemasi.O 'pka va nafas olish yo'llarining birmuncha kuchli differensiallanganligi bilan suvda hamda quruqlikda yashovchilarning nafas olish organlaridan farq qiladi. O'pka qopcha shaklida bo'lib, uning ichki devori asalari uyasiga o'xshash mayda-mayda murakkab to'siqchalar bilan qoplangan. Nafas akti boshqa barcha amniotalardagidek ko'krak qafasining kengayishi va torayishi bilan sodir bo'ladi. Sudralib yuruvchilarning tuxum ichida rivojlanayotgan embrioniontogenezida suvda hamda quruqlikda yashovchilarning lichinkalik davriga mos keladi, ya'ni jabra yoriqlari hosil bo'lsa ham jabra apparati shakllanmaydi, tuxumda bo'lgan murtak allantois va sariqlik xaltasining qon tomirlari orqali nafas oladi. Voyaga yetgan sudralib yuruvchilar terisi shox qatlam bilan qoplanganligi uchun faqat o'pka orqali nafas oladi. O 'pka tashqi tomondan xaltasimon tuzilishini saqlagan bo'lsa ham,ularning ichki tuzilishi amfibiyalarnikiga nisbatan murakkab bo'ladi. Kaltakesak va ilonlarning o'pka xaltasi ichki devori burmali va chuqurchali tuzilishga ega bo'lib, bu nafas olish yuzasini kengaytiradi. Toshbaqa va timsohlarda o'pkaning ichi xuddi qushlarnikidek bulutsimon (kovakli) tuzilishga ega bo'ladi. Xameleon, ba’zi kaltakesaklar va ilonlarda o'pkaning pastki qismi barmoqsimon o'simtali bo'ladi, lekin bu o'simtalarda gaz almashinishi bo'lmaydi. Bu o'simtalardagi havo pishillash samarasini oshiradi, sho'ng'ishda va qizilo'ngachda uzoq vaqt oziq o'tishida gaz almashinishini yengillashtirishda yordam beradi. Nafas olish akti qovurg'alararo vaqorin muskullari yordamida ko'krak qafasining kengayishi va torayishi orqali yuzaga keladi. Nafas olish aktida, ayniqsa, toshbaqalarda yelka va chanoq muskullari ishtirok etadi. Toshbaqalarda yana og'iz-halqum orqali havoni yutish mexanizmi saqlangan.
Qon aylanish sistemasi. Sudralib yuruvchilarning yuragi ko'krak qafasining oldingi qismida ventral (qorin) tomonda joylashgan. Kaltakesakning yuragi uch kamerali. Unda ikkita — chap va o'ng yurak bo'lmasi hamda bitta yurak qorinchasi bor .Biroq yuragi quyidagilar bilan amfibiyalarnikidan farq qiladi. Yurak qorinchasi chala to ‘siq bilan ikkiga — o‘ng (venoz) qorincha va chap (arterial) qorinchaga bolingan. Arterial konus reduksiyalangan, venoz sinusi esa o ‘ng yurak bolmasiga qo'shilgan. Yurak bo'lmasining ichki yuzasi to'rlanib ketgan muskullar bilan qoplangan va atrioventrikulyar teshikyurak bolmasining to‘sig‘i bilan ikkiga bo'lingan. Yurak qorinchasining o'ng (venoz) bolimidan o'pka arteriyasi bilan chap aorta yoyi chiqadi, chap (arterial) bo'limidan esa o'ng aorta yoyi boshlanadi. Yurak qorinchasiqisqarganda, uning pastki devoriga o'rnashgan chala to'siq yurak qorinchasining ustki devorigacha tegib, yurak qorinchasi o'ng va chap bo'lmalarini bir-biridan batamom ajratib
qo'yadi. Timsohlarda bu to'siq to'liq, ya’ni yurak qorinchasi alohida ikkiga bo'lingan. Yurak qorinchasining o'ng qismidan o'pka arteriyasi chiqadi va ikkiga bo'linib, o'pkaga vena qonini olib boradi. Yurak qorinchasining chap qismidan arterial qonli o'ng aorta yoyi chiqadi, bu o'zidan uyqu va o'mrovosti arteriyalarini ajratadi. Uyqu arteriyasi gavdaning bosh qismini arterial qon bilan ta ’minlaydi. O'mrovosti arteriyasi oldingi oyoqlariga boradi. Yurak qorinchasining o'rta qismidan chap aorta yoyi aralash qon olib chiqadi. Chap va o'ng aorta yoylari qizilo'ngachning pastki tomonida o'zaro qo'shilib, toq orqa aortani hosil qiladi. Orqa aorta umurtqa pog'onasining ostidan keyinga qarab ketadi va yo'l-yo'lakay mayda arteriyalar chiqaradi, undan keyin orqa oyoqlarga juft yonbosh arteriyasini chiqarib, o'zi toq dum arteriyasi holida davom etadi. Sudralib yuruvchilarning vena sistemasi ham arterial sistema singari ko'p o'zgarmagan. Dumidagi vena qoni dum venasiga yig'iladi. Dum venasi chanoqda 2 ta yonbosh yoki chanoq venalariga bo'linadi. Yonbosh venalari o'ziga keyingi oyoqlaridan kelgan venalarni qo'shib oladi. Chanoq venalari o'zidan buyrak qopqa venalarini ajratadi va keyin qorin venalari bilan qo'shiladi. Qorin venasi ichki organlardan yig'ilgan venalarni o'ziga qo'shib oladi va jigar qopqa venasi bo'ylab jigarga kiradi. Bu yerda kapillarlarga ajralib, to 'r hosil qiladi va jigar venasi nomi bilan chiqadi. Buyrak qopqa venalari buyrakka kirgach, to'r hosil qiladi, keyinbuyrakdan chiqib o'zaro qo'shiladi va toq keyingi kovak venaga aylanadi. Sudralib yuruvchilarda kardinal venalar butunlay yo'qolgan. Keyingi kovak vena jigar venasini qo'shib oladi vao'ng yurak bo'lmasiga quyiladi. Gavdaning bosh tomonidan vena qoni bir juft bo'yinturuq venalariga yig'iladi, Oldingi oyoqlaridan bir juft o'mrovosti venalariga yig'iladi, natijada bir juft oldingi kovak venalar hosil bo'ladi va bular ham o'ng yurak bo'lmasiga quyiladi. O'pkada tozalangan arterial qon o'pka venalariga chiqadi, bular qo'shilib chap yurak bo'lmasiga quyiladi.

Download 145.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling