Mavzu: Surxondaryo viloyatidagi zaharli ilonlarning tarqalishi


Download 145.71 Kb.
bet6/16
Sana01.05.2023
Hajmi145.71 Kb.
#1420121
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
363008-O’ZBEKISTONDA UCHRAYDIGAN ZAHARLI ILONLAR VA ULAR ZAHARI

Nerv sistemasi.Sudralib yuruvchilarning nerv sistemasi amfibiyalarnikiga nisbatan ancha takomillashgan .Ayniqsa, bosh miyasining oldingi katta miya yarimsharlari nisbatan katta bo’ lib , kulrang miya moddasidan iborat po'stlog’ i bor. Miya yarimsharlari orqa tomonga o‘sib, oraliq miyani berkitib qo'yadi, yuqori tomondan qaraganda faqat oraliq miya o'sim talari — epifiz va tepa organlarini ko'rish mumkin. Boshtepa toq ko'zining rudimenti tuzilishi jihatdan ko'zga o'xshash bo'lib, yorug'lik ta ’sirini qabul qilish qobiliyatiga ega. Oraliq miyaning pastki qismiga ichki sekretsiya bezi gipofiz yondashgan.
Jinsiy organlari. Sudralib yuruvchilarda ichki urug'lanish bo'ladi. Ularning jinsiy organi tana bo'shlig'ida um urtqa pog'onasining ikki yonida joylashgan. Erkak kaltakesakning oq rangli oval tanachalar shaklidagi urug‘donlari umurtqa pog'onasi be! bo‘limining ikki tomonida
joylashgan. Urug‘donlardan bir qancha kanalchalar chiqadi va ular qo'shilib urug‘don ortig‘ini hosil qiladi. Urug'don ortig‘i davom etib urug‘ yoligaaylanadi. Urug‘ yo’llari kloakaga ochilish oldidan siydik yollariga qo'shiladi va umumiy teshik orqali kloaka bo'shlig'iga ochiladi. Urug' ortig'i tana buyrak - mezanefros oldingi qismining qoldig'i hisoblansa, urug' yo'llari esa shu tana buyrak chiqarish yo'llari - Volf nayiga gomologdir. Kloakaning yonbosh devoriarida kopulativ organlar bor. Bu organlar devori qon tomirlariga boy ikkita xaltachadan iborat. Jinsiy mayl qo'zg'alganda kopulativ organlar kloaka teshigidan tashqariga bo'rtib chiqa oladi. Bu xilda tuzilgan kopulativ organlar kaltakesaklar bilan ilonlarda juft, toshbaqa va timsohlarda esa toq bo'ladi Gatteriyalarda qo'shilish organi, ya’ni kopulativ organi bo'lmaydi. Urg'ochi kaltakesakning yuzasi tashqi tomondan g'adirbudur noto’g’rishaklli oval tanacha ko'rinishidagi 2 ta tuxum doni umurtqa pog'onasi bel bo'lim ining ikki yonboshida joylashgan. Yupqa devorli keng naychalardan iborat tuxum yo'llarining bir uchi gavda bo'shlig'ining oldingi, ikkinchi uchi kloakaning keyingi bo'limiga mustaqil teshik bilan ochiladi. Tuxumdonning pastki qismi ko'pchilik hollarda kengayib bachadonni hosil qiladi. Urg'ochilarda Volf kanallari reduksiyalangan. Yetilgan tuxumlar tana bo'shlig'iga, u yerdan tuxum yo'lining voronkasi orqali tuxum yo'liga tushadi. Myuller naylari tuxum yo'li
vazifasini bajaradi. Kaltakesaklarda urug'lanish tuxum yo'lining oldingi qismida yuz beradi. Tuxum yo'lining o'rtasida tuxumning oqsil pardasini hosil qiluvchi bez bo'ladi. Tuxum yo'lining pastki qismida bachadon devori ajratgan sekret dan pergamentsimon yoki ohak moddasidan iborat tuxumni o'rab oladigan tashqi po'stloq shakllanadi. Sudralib yuruvchilarning embrional rivojlanish bosqichlari boshqa amniotalardagidek o'tadi. Sudralib yuruvchilarning deyarli ko'pchiligi tuxum qo'yish yo'li bilan ko'payadi, Ular tuxumlarini, odatda, tuproqqa yoki o'simlik chirindilari tagiga, to'nkalarning ostiga ko'mib qo'yadi. Ayrim sudralib yuruvchilar (tangachalilar turkumi orasida) tirik tug'adi yoki tuxumdan tirik tug'adi. Bularning tuxum yo'lida yoki bachadonida embrión rivojlanadi.

Download 145.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling