2.Ulardan qora ilon va qalqontumshuq ilon tuxumdan tirik tug‘ish yo‘li bilan, O‘rta Osiyo kobrasi, charx ilon, ko‘lvor ilon esa tuxum qo‘yish yo‘li bilan ko‘payadi.
3.Ekologik jixatdan ko‘lvor ilon, qalqontumshuq ilon, tog‘ va tog‘ oldi zonalarini egallagan bo‘lsa, O‘rta osiyo kobrasi qora ilon dashtli teksliklarni, charx ilon esa qumli cho‘llarni egallagan.
O‘rta Osiyo kobrasi, qora ilon va charx ilonlar zaxari asosan nafas markazlariga ta’sir ko‘rsatsa, ko‘lvor va qalqontumshuq ilonlar zaxari yurak qon aylanish sistemasiga ta’sir qiladi. Zaxarli ilonlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni keng xalq ommasiga etkazish ayniqsa ilon chaqqanda birinchi yordam ko‘rsatish eng muhim masalalardan biri hisoblanadi.
Agar sizni zaharli ilon chaqsa, darhol jarohatni qo‘lingiz bilan siqib chiqaring yoki og‘zingiz bilan so‘rib tashlang. Ilonning zahari so‘lak ta’sirida qisman parchalanadi va odam og‘zi orqali hech qachon, hatto buzilgan tishi bo‘lgan taqdirda ham zaharlinishi mumkin emas. Qonni 5-8 minutdan ortiq so‘rib yoki siqib chiqarish mumkin emas. SHundan keyin margansovka, sirka yoki sodali suvga ho‘llangan bint yoki paxta bosish kerak. Jarohatlangan odam suv, limonad, sut, kofe ichishi, tarvuz eyishi foydali. Jarohatni qizdirilgan temir bilan bosish yoki kuchli spirtli ichimliklar ichish mumkin emas. Dastlabki chora-tadbirlar ko‘rilgandan keyin, iloji boricha tezroq zaharga qarshi zardob qabul qilish uchun vrachga borish lozim.
Zardob quyidagicha tayyorlanadi: ilonlardan olinadigan zahar maxsus pitomniklarda saqlanadi, quritiladi. Quruq cho‘kma fiziologik eritmada eritiladi va otlarga yuboriladi. Bunda eritma dozasi oshirib boriladi. Hayvonda immunitet hosil qilinadi. Undan qon olinadi, qizil va oq qon tanachalari ajratiladi, plazma esa (shuning o‘zi ilonga qarshi zardobdir) shisha ampulalarga solinadi. Ampulalarga solib kavsharlab qo‘yilgan zardob ikki va undan ortiq yil saqlanishi mumkin. U ilon chaqqan odamning terisi ostiga yoki venasiga yuboriladi. O‘z vaqtida yordam ko‘rsatilganda ilon chaqqan odam ertasi kuniyoq tuzalib ketadi.
Ilonlarning zaharidan tibbiyotda turli maqsadlarda foydalanishadi.Dori darmonda ham sanoatda ham foydalanishadi.Ilonlarning terisidan turli maqsadda
Do'stlaringiz bilan baham: |