Mavzu: Surxondaryo viloyatidagi zaharli ilonlarning tarqalishi


Download 145.71 Kb.
bet8/16
Sana01.05.2023
Hajmi145.71 Kb.
#1420121
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16
Bog'liq
363008-O’ZBEKISTONDA UCHRAYDIGAN ZAHARLI ILONLAR VA ULAR ZAHARI

O'rta Osiyo kobrasi
Kobra — O'zbekistondagi yirik zaharli ilonlardan biridir. Tanasining uzunligi 125 sm, dumi 45 sm gacha. Rangi tana rangidan to'q sariq, qo'ng'ir yoki qoragacha kuchli darajada o'zgarib turadi. O'zbekistonda kobra faqat Bobotog'da, Hisor tizma tog'larining tog' oldilarida va Surxondaryo vodiysida nisbatan ko'proq uchraydi. Qarshi dashtida birmuncha kamroq, Zarafshon va Nurota tizma tog'larida esa undan ham kam uchraydi.
Sharqda uchraydigan eng so'nggi punkti — Xovos atroflaridir. Hatto Bobotog'da ham bir kunda ikkitadan ortiq ilon uchratish qiyin, odatda, ekspeditsiyalar vaqtida kamdan-kam, ya`ni bir oyda bitta kobrani uchratish mumkin. O'zbekistonda kobra quruq yon bag'irlarda, kemiruvchilar inida yashaydi. Vodiylarda va aholi yashaydigan punktlarda kamdan-kam uchraydi.

Dasht zaharli qora ilon (gadyuka)
Sirdaryo bo'ylarida ko'pincha uncha katta bo'lmagan ilon — dasht zaharli qora iloni uchrab turadi. Tanasining uzunligi 55 sm cha, dumi qisqa 4—6 sm. Usti qo'ng'irsimon-kul rang, orqa cho'qqasi bo'ylab to'q rangli egri-bugri yo'li bor, ba`zan u uzuq-uzuq yoki dog'lardan iborat bo'ladi. Respublikada Chirchiq vodiysida Xo'jakentdan Chinozgacha bo'lgan joylarda, Sirdaryo vodiysida Xovosdan pastroqda ko'proq, Chotqol tizma tog'larida Parkent, Chimyon va Xumson yaqinida esa kamroq uchraydi. Daryo vohalaridagi chingil va sho'ra o'tlar ko'p o'sadigan ko'llarning qirg'oqlarida, sholipoyalar marzalarida ko'proq yashaydi. Kemiruvchilarning iniga kirib yashirinadi. Tog'lardagi yaproqli o'rmonlar zonasida kam uchraydi.
Charxilon (efa peschannaya)
Charxilon uncha katta bo'lmaydi. Tanasining uzunligi 86 sm, dumi qisqa — 7,5 sm gacha boradi. Usti qo'ng'ir-kul rang yoki qum rang bo'ladi. Qiyshiq joylashgan yon tangachalari orqadagilariga qaraganda to'qroq bo'ladi. O'zbekistonda charxilon Termiz atroflari va Qorasuv hamda Surxondaryodagi sog' tuproqli cho'llarda juda ko'p. Surxondaryo vodiysi bo'ylab Sho'rchi vaBobotog' tog' etaklari atroflarigacha tarqalgan. Qoraqalpog'istonning janubiy tumanlarida va Qizilqum cho'lida ancha kam uchraydi. Bu ilon asosan sog' tuproqli va qumli cho'llar, daryo vohalaridagi jarliklar, ko'hna xarobalarda yashaydi. Goho u quruq yon bag'irlarda yashaydi.
(2-rasm)


Download 145.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling