Mavzu: Surxondaryo viloyatidagi zaharli ilonlarning tarqalishi
Download 145.71 Kb.
|
363008-O’ZBEKISTONDA UCHRAYDIGAN ZAHARLI ILONLAR VA ULAR ZAHARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bosh skeleti.
- Muskul sistemasi.
- Ovqat hazm qilish organlari.
Umurtqa pog‘onasi. Sudralib yuruvchilarning o 'q skeleti yoki umurtqa pog'onasining qismlari suvda hamda quruqlikda yashovchilarnikiga nisbatan harakatchan va to'rtta bo'limga; bo'yin, ko'krak,bel, dumg'aza va dumga bo'linadi .Umurtqalar tanasining old tomoni botiq, orqa tomoni bo’rtibchiqqan, ya’ni protsel tipda bo'ladi. Tuban sudralib yuruvchilarda (agamalar, gekkonlar) esa umurtqalari tanasi amfitsel tipda bo'ladi. Umurtqalarning yuqori tomonidan ustki yoylar chiqadi, bu yoylar aniqajralib turadigan qiltanoq ostist o'simta bilantugaydi.
Ustki yoylar old qirrasidan bir juft qisqa oldingi bo‘g‘im o ‘simtasi, orqa qirrasidan esa bir juft keyingi bo‘g‘im o‘simtasi chiqadi. Umurtqa pog'onasining yon tomonlarida, yuqori yoyning asosiga yaqin joyda qovurg'aning birikishi uchun kichik chuqurcha bor. Voyaga yetgan vakillari o'q skeletida xorda qoldig'i yo'q. Bosh skeleti. Suvda hamda quruqlikda yashovchilarga qarshi o'laroq sudralib yuruvchilarning bosh skeleti suyaklardan (faqat hidlov va qisman eshituv bo'limidagina tog'ay saqlanib qolgan) iborat bo'lib suyaklarning soni juda ko'p.Boshskleti Bosh skeletining miya qutisi (neurokranium) va yuzvisseral bo'iimlari embrional rivojlanishda mustaqil taraqqiyetsada,voyaga yetgansudralib yuruvchilarda ular birikib ketadi. Bosh skeletning tarkibiga birlamchi almashinuvchi va ko'p sondagi ikkilamchi - qoplovchi suyaklar kiradi. Muskul sistemasi.Amfibiyalarnikiga qaraganda ancha kuchli takom illashgan bo'lib, segmentli muskullari batamom mustaqil muskullarga ajralib ketgan. Bundan tashqari, amfibiyalarga xarakterli bo'lgan qovurg‘alararo muskullari yuzaga keladi. Bu muskullar nafas olish aktida muhim rol o'ynaydi. Sudralib yuruvchilarda teri osti muskullari ham yaxshi rivojlangan. Ovqat hazm qilish organlari. Og'iz bo'shlig'ining tubida go'shtdor,yassi tili joylashgan. Sudralib yuruvchilarning tili turi shaklda bo'ladi. Iloniar va ko'pchilik kaltakesaklarning tili ingichkalashgan va uchi ikki ayrili, juda harakatchan bo'lib, ancha cho‘zilib tashqariga chiqa oladi va qo‘shimcha tuyg'u organi vazifasini bajaradi.Xameleonlar tilining uchi ayrili emas balki enli bo’ladi. Hozirgi yashab turgan sudralib yuruvchilar, asosan hayvonlar bilan oziqlanadi. Faqat ayrim toshbaqalar va iguanalar o'simliklar bilan oziqlanadi. Oziq ko'p sonli o'tkir tishlar bilan qurollangan jag'lari yordamida ushlab olinadi. Tishlar jag' va tanglay suyaklariga birikadi, faqat timsohlarning tishlari maxsus chuqurchalarda(alveolalarda) joylashadi. Hozirgi sudralib yuruvchilarning tishlari deyarli bir xil, faqat ba’zi ilonlarda ixtisoslashgan yirik juft zahar tishlari taraqqiy etadi. Tishlar, asosan oziqni ushlash vatutib turish vazifasini bajaradi. Timsohlar va toshbaqalar katta o'ljadan bir bo'lagini uzib olish qobiliyatiga ega. Ko'pchilik sudralib yuruvchilar oziqni butunlay yutadi. Ilonlarning jag' apparati tuzilishi unga og'zini katta ochishga moslashgan. Shuning uchun ham ilonlarning bosh skeletida chakka yoylari yo'qolib ketgan, jag' apparati esa oshiq-moshiq sistemasiga aylangan, ya’ni ilonlarning yuqorigi va pastki jag'lari harakatchan. Og'iz bo'shlig'ida so'lak bezlari bo'lib, uning shilliq sekreti og'izdagi oziqni ho'llash va yutish uchun xizmat qiladi. Zaharli ilonlarda ba’zi bir so'lak bezlari zahar ishlab chiqaradigan bezga aylangan.Og'iz bo'shlig'i va hiqildoqdan keyin qizilo’ngach boshlanadi. G o'shtdor, cho'ziluvchan qizilo'ngach tomoqdan keyin traxeyaning ustidan o'tib, qorin bo'shlig'ining oldingi qismida oshqozonga qo'shiladi. Oshqozondan keyin unga parallel holda o 'n ikki barmoqli ichak, undan keyin esa ingichka ichak boshlanadi. Ingichka ichak bir qancha bukilish hosil qilib, so'ng yo'g'on ichakka aylanadi. Murtak holdagi ko'richak ingichka ichak bilan yo'g'on ichak chegarasidan o'rin olgan. Y o'g'on ichakning keyingi qismida to'g'ri ichak joylashgan. To'g'ri ichak kloakaga ochiladi .Oshqozon osti bezi o 'n ikki barmoqli ichak qovuzlog'iga o'rnashgan bo'lib, shaklan uzunchoq qattiq tanachaga o'xshaydi. Oshqozonning orqa uchida uzunchoq, kichik, qizil tanacha shaklidagi taloq bor. Qorin bo'shlig'ining oldingi qismini katta, ko'p pallali jigar egallagan. Uning ichki tomonida o't pufagi joylashgan, o't pufagi yo'li o'n ikki barmoqli ichakning boshlanish qismiga ochiladi. Sudralib yuruvchilarning ko'pchilik turlari ochlikka chidamli bo'ladi. Ayrim iloniar vatoshbaqalar tutqunlikda bir yilgacha oziqsiz yashashi mumkin. Download 145.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling