Mavzu: Suv omborlari tiplari


Download 55.99 Kb.
Sana10.11.2023
Hajmi55.99 Kb.
#1763233
Bog'liq
Suv omborlari va tiplari

233-21-guruh talabasi Baratov Zavqiddinning Gidrologiya fanidan tayyorlagan taqdimoti. M: Suv omborlari.

1. Suv omborlarning tashkil etilish tarixi


3 minginchi yillarda Misrda qurilgan. Usha davrdagi Misr padshosi Menese Nil daryosi ning suvini o’zining hukumronligi ostida bo’lgan davlatning markazi Me fis shahriga keltirish uchun u yerdan 20 km yuqorida Koshish to’g‘onini qurdirgan. Bu to`g’onning uzunligi 450 m, balandligi esa 15 m tashkil qilgan.
Eramizning II-III asrlarga kelib Sharqiy va Janubiy Osiyoda ya’ni Xitoy, Yaponiya, Xindiston va Shiri-Lanka Hududlarida suv omborlar qurish ishlari boshlab yuborildi.

Yirik suv omborlarini bunyod etish ishlari XVII-XIX asrda yuz bergan sanoat inqilobidan keyin avj oldi

  • Suv omborlar qurish ishlarining keyingi bosqichi XIX asrning oxiri va XX asrning boshlariga to`g‘ri keladi.

Mamlakatimiz hududida suv omborlarning tashkil etish tarixiga nazar soladigan bo`lsak, u eramizning X asrlariga borib tarqaladi. Bu davrda qurilgan to`g‘onlar “Xonbandi” nomi bilan yuritilgan.
To`g‘on ustki qismining uzunligi 51,75m ni, asosi esa 24, 35 m ni va uning balandligi 15,25 m ni tashkil qilgan. To`g‘on suvga chidamli tog‘ toshlari asosida va shu vaqtga qadar no’malum bo`lgan qotishmalar yordamida qurilgan. Bu to`g‘on Osmonsoy darasi ichida uzunligi 1,5 km, to’g‘on oldidagi eni 52 m va daryo quyilishidagi eni esa 200 m bo’lgan kattalikdagi suv omborini tashkil qilgan.
Soylardan oqib kelgan yomg‘ir va sel suvlari ana shu suv omborda yig‘ilib borishi oqibatida 1,6 mln m3 xajmdagi suv zaxirasi xosil qilingan. Ushbu suv omborda xosil qilingan buncha miqdordagi suv zaxirasi 2,5 mingga maydondagi buz yerlarni o`zlashtirishga imkon bergan. Bu suv omborning g‘arbiy chekkasida suvning sathiga qarab ishlatiladigan 9 ta quvur o`rnatilgan.
O`rnatilgan quvurlarning suv kiradigan og‘zi kichkina va suv oqib chiqadigan og‘zi esa keng qilib ishlangan. Bu xildagi quvurlarni yasash o`sha zamon irrigatorlarining dinamik bosim haqida ma’lumotga ega ekanligidan dalolat beradi. Ushbu to`g‘on qurilishining yana bir muhim tomoni shundaki, uning ustki qismining qalinligi asosiga nisbatan to`rt baravar yupqa qilib ishlangan, ya’ni to`g‘on ustki qismining qalinligi 2 metr, asosining qalinligi esa 8 metrni tashkil qilgan.

Suv omborlar tiplari

Mo`tadil mintaqaning janubiy qismi

Tekislik

Dengiz sathidan balandligi 0-700 m

Tog‘ oldi

Dengiz sathidan balandligi 0-700 m

Tog‘

Dengiz sathidan balandligi 0-700 m

Baland tog‘

Dengiz sathidan balandligi 0-700 m

Suv hajmi bo’yicha suv omborlar tasnifi


Suv omborlar
kategoriyalari

Suvning to`liq
Hajmi m 3

Suv yuzasining
maydoni km2

Barcha suv omborlarga nisbatan % hisobida

O’lkan

50 dan ko’p

5000 dan ortiq

0,1 dan kichik

Juda katta

50-10

5000-500

1

Katta

10-1

500-100

5

O’rta

1-0,1

100-10

15

Katta bo’lmagan

0,1-0,01

20-2

35

Kichik

0,01 dan kichik

2 dan kichik

44

Chuqurligi bo’yicha suv omborlar tasnifi


Suv omborlar
kategoriyalari

Eng katta chuqurligi
m. hisobida

O’rtacha chuqurligi
m. hisobida

Nihoyatda chuqur

200 dan ortiq

60 dan ortiq

Juda chuqur

100-200

30-60

Chuqur

50-99

15-29

O’rtacha chuqur

20-49

7-14

Unchalik chuqurmas

10-19

3-6

Kam suvli

10 dan kichik

3 dan kichik

Сув омборлари, турлари

1. Сув омбори - сувни тўплаб, ундан келгусида фойдаланишга имкон берадиган иншоот.

2. Сув омборлари сувни тўплаш шарт-шароитлари, тўғонининг қурилиш усули бўйича хилма-хилдир.

3. Сув омборларини гуруҳларга ажратиш:

  • Ёпиқ сув омборлари;
  • Очиқ сув омборлари.

Etiboringiz uchun rahmat
Download 55.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling