Mavzu: Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq. Reja


Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqning stavkalari


Download 22.5 Kb.
bet2/2
Sana26.01.2023
Hajmi22.5 Kb.
#1129046
1   2
Bog'liq
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq

2. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqning stavkalari.
Belgilangan limitlar doirasida yer usti va yer osti manbalaridan olinadigan suv resurslari uchun soliq stavkalari bir kub metr uchun mutlaq miqdorda belgilanadi. Soliq stavkalarining miqdori O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risidagi Qonuni bilan belgilanadi.
Suvdan foydalanish uchun belgilangan limitlardan ortiqcha suv olinganda, bunday ortiqcha qism bo‘yicha soliq stavkalari belgilangan soliq stavkalarining besh baravari miqdorida belgilanadi.
Suv resurslaridan ruxsat beruvchi hujjatlarsiz foydalanilganda, shuningdek avtotransport vositalarini yuvishni amalga oshiruvchi korxonalar tomonidan yer usti manbalaridan olingan suvdan foydalanilganda soliq stavkasi belgilangan soliq stavkalarining besh baravari miqdorida belgilanadi.

13-jadval


Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq
stavkalari

T/r

To‘lovchilar

1 kub metr uchun stavka (so‘mda)

Yer usti suv resurslari manbalari

Yer osti suv resurslari manbalari

1.

Iqtisodiyotning barcha tarmoqlaridagi korxonalar
(2 — 6-bandlarda nazarda tutilganlar bundan mustasno), dehqon xo‘jaliklari (yuridik va jismoniy shaxslar), shuningdek tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish jarayonida suv resurslaridan foydalanadigan jismoniy shaxslar

140

170

2.

Sanoat korxonalari (3 — 6-bandlarda nazarda tutilganlar bundan mustasno)

410

490

3.

Avtotransport vositalarini yuvishga ixtisoslashgan korxonalar

1 380

1 730

4.

Elektr stansiyalari

35

60

5.

Kommunal xizmat ko‘rsatish korxonalari

70

90

6.

Pivo va vinodan tashqari alkogol mahsulot va alkogolsiz ichimliklar ishlab chiqaruvchi korxonalar:










pivo va vinodan tashqari alkogol mahsulotlar va alkogolsiz ichimliklarni ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan suv hajmi bo‘yicha

21 900

21 900




boshqa maqsadlarda

410

490

3.Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni hisoblash tartibi va budjetga to‘lash muddatlari. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq bo‘yicha soliq hisob-kitoblarini topshirish muddatlari.
Soliq summasi soliq bazasidan va belgilangan soliq stavkalaridan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi.
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq summasi soliq solinadigan bazadan va belgilangan stavkalardan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi.
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq summasi belgilangan stavkalar asosida quyidagicha aniqlanadi:
SRFs = Vs x Ss;
bunda:
SRFs – suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq summasi;
Vs – foydalanilgan suv hajmi;
Ss – suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkasi.
Dehqon xo‘jaliklari uchun soliq summasi soliq bazasidan va belgilangan soliq stavkalaridan kelib chiqqan holda soliq organlari tomonidan aniqlanadi.
Soliq hisoboti suvdan foydalanish yoki suvni iste’mol qilish joyidagi soliq organlariga quyidagilar tomonidan yilda bir marta taqdim etiladi:
O‘zbekiston Respublikasi yuridik shaxslari tomonidan, bundan qishloq xo‘jaligi korxonalari mustasno — yillik moliyaviy hisobot taqdim etiladigan muddatda;
qishloq xo‘jaligi korxonalari tomonidan — joriy soliq davrining 15 dekabrigacha;
O‘zbekiston Respublikasida faoliyatini doimiy muassasalar orqali amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari bo‘lgan yuridik shaxslar, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan — soliq davridan keyingi yilning 20 yanvarigacha.
Soliq organlari soliq to‘lash to‘g‘risidagi to‘lov xabarnomasini dehqon xo‘jaliklariga soliq davridan keyingi yilning 1 fevralidan kechiktirmay topshiradi.
Soliq davri mobaynida soliq to‘lovchilar soliq bo‘yicha bo‘nak to‘lovlarni to‘laydi, bundan qishloq xo‘jaligi korxonalari, O‘zbekiston Respublikasida faoliyatini doimiy muassasalar orqali amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari bo‘lgan yuridik shaxslar, shuningdek dehqon xo‘jaliklari mustasno.
Bo‘nak to‘lovlar miqdorini hisoblab chiqarish uchun soliq to‘lovchilar joriy soliq davrining 20 yanvarigacha, yangi tashkil etilganlari esa davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan e’tiboran o‘ttiz kundan kechiktirmay, suvdan foydalanish yoki suvni iste’mol qilish joyidagi soliq organlariga mo‘ljallanayotgan soliq bazasidan (foydalaniladigan suv hajmidan) va belgilangan soliq stavkalaridan kelib chiqqan holda hisoblangan joriy soliq davri uchun soliq summasi to‘g‘risidagi ma’lumotnomani taqdim etadi. Soliq bo‘yicha majburiyatlari soliq davri ichida yuzaga kelgan soliq to‘lovchilar soliq summasi to‘g‘risidagi ma’lumotnomani soliq majburiyati yuzaga kelgan sanadan e’tiboran o‘ttiz kundan kechiktirmay taqdim etadi.
Ushbu moddaning ikkinchi qismiga muvofiq hisoblab chiqarilgan bo‘nak to‘lovlar:
soliq davrida soliq summasi bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan ko‘proqni tashkil etadigan yuridik shaxslar tomonidan (bundan aylanmadan olinadigan soliqni to‘lovchilar mustasno) — har oyning 20 sanasidan kechiktirmay yillik soliq summasining o‘n ikkidan bir qismi miqdorida;
soliq davrida soliq summasi bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan kamroqni tashkil etadigan, aylanmadan olinadigan soliqni to‘lovchilar bo‘lmagan yuridik shaxslar, shuningdek aylanmadan olinadigan soliqni to‘lovchilar va yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan — har chorak uchinchi oyining 20 sanasidan kechiktirmay yillik soliq summasining to‘rtdan bir qismi miqdorida to‘lanadi.
Soliq davri davomida mo‘ljallanayotgan soliq bazasi o‘zgarganda, soliq to‘lovchi soliq summasi to‘g‘risida aniqlashtirilgan ma’lumotnoma taqdim etishga haqli. Bunda soliq davrining qolgan qismi uchun bo‘nak to‘lovlarga soliqning o‘zgargan summasiga teng ulushlarda tuzatish kiritiladi.
Soliq davri uchun bo‘nak to‘lovlar hisobga olingan holda soliqni to‘lash soliq to‘lovchilar tomonidan, bundan dehqon xo‘jaliklari mustasno, suvdan foydalanish yoki suv iste’moli joyida, soliq hisoboti taqdim etiladigan muddatdan kechiktirmay amalga oshiriladi.
Soliq davri uchun bo‘nak to‘lovlar summasi soliq hisobotida ko‘rsatilgan budjetga to‘lanishi lozim bo‘lgan soliq summasiga nisbatan 10 foizdan ortiq miqdorga kamaytirilgan taqdirda, soliq organi bo‘nak to‘lovlarni soliqning haqiqiy summasidan kelib chiqib, penya hisoblagan holda qaytadan hisob-kitob qiladi.
Dehqon xo‘jaliklari tomonidan soliqni to‘lash yilda bir marta, soliq davridan keyingi yilning 1 mayigacha amalga oshiriladi.
Download 22.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling