Moliya vazirligi bilan birgalikda 2019 — 2023-yillar tajribasidan kelib chiqib suv xo‘jaligi tashkilotlari tomonidan sanoat va energetika tashkilotlariga texnik suv yetkazib berish bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar uchun haq to‘lash tartibini takomillashtirish yuzasidan 2023-yilning 1-noyabriga qadar Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. - Moliya vazirligi bilan birgalikda 2019 — 2023-yillar tajribasidan kelib chiqib suv xo‘jaligi tashkilotlari tomonidan sanoat va energetika tashkilotlariga texnik suv yetkazib berish bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar uchun haq to‘lash tartibini takomillashtirish yuzasidan 2023-yilning 1-noyabriga qadar Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
- 4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyat boshqaruv raisi A.J. Ramatov va O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligi vaziri Sh.R. Xamrayev zimmasiga yuklansin.
Suv xo‘jaligi tashkilotlari tomonidan sanoat va energetika tashkilotlariga texnik suv yetkazib berish bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar uchun haq to‘lash tartibi to‘g‘risida - Suv xo‘jaligi tashkilotlari tomonidan sanoat va energetika tashkilotlariga texnik suv yetkazib berish bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar uchun haq to‘lash tartibi to‘g‘risida
- NIZOM
- 1-bob. Umumiy qoidalar
- 1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi (keyingi o‘rinlarda Vazirlik deb yuritiladi) tizimidagi suv xo‘jaligi tashkilotlari tomonidan sanoat va energetika tashkilotlariga texnik suv yetkazib berish bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar uchun haq to‘lash tartibini hamda ushbu xizmatlarni ko‘rsatishdan kelib tushgan mablag‘larni taqsimlash va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi.
- 2. Ushbu Nizom talablari gidroenergetika sohasidagi tashkilotlarga hamda aholi iste’moli uchun ichimlik suvi, issiq suv va issiqlik energiyasini yetkazib beruvchi kommunal soha tashkilotlariga suv yetkazib berish bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |