texnik suv — sanoat, energetika va boshqa sohalarning texnik ehtiyojlari uchun yetkazib berilgan yoki ishlatiladigan suv; - texnik suv — sanoat, energetika va boshqa sohalarning texnik ehtiyojlari uchun yetkazib berilgan yoki ishlatiladigan suv;
- (3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 18-iyuldagi 388-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.07.2022-y., 09/22/388/0646-son)
- suv xo‘jaligi tashkilotlari — Vazirlik tizimidagi suv xo‘jaligi obyektlarini ekspluatatsiya qiluvchi hamda sanoat va energetika korxonalariga texnik suv yetkazib berish xizmatlarini amalga oshiruvchi tashkilotlar;
- sanoat va energetika tashkilotlari — sanoat mahsulotlari va elektr energiyasi ishlab chiqarish uchun texnik suvdan foydalanadigan tashkilotlar.
- 4. Suv xo‘jaligi tashkilotlari tomonidan sanoat va energetika tashkilotlariga texnik suv yetkazib berish bo‘yicha xizmatlar ular o‘rtasida tuziladigan shartnomaga muvofiq to‘lovlar asosida amalga oshiriladi.
- 2-bob. Texnik suv yetkazib berish xarajatlarini aniqlash tartibi
- 5. Vazirlik tizimidagi suv xo‘jaligi tashkilotlarining bir birlik (1 kub m) hajmdagi texnik suv yetkazib berish xarajatlari mazkur tashkilotlarni saqlash uchun ajratilgan mablag‘lar va yetkazib beriladigan suv miqdoridan kelib chiqib aniqlanadi.
- 6. Bir birlik hajmdagi suvni yetkazib berish tarifi quyidagi formulaga asosan aniqlanadi:
- Xts = Pxm / Hsr
- bunda:
- Xts — bir kub m suvni yetkazib berish xarajati, so‘m;
- Pxm — tasdiqlangan budjet parametrlarida kalendar yilda suv xo‘jaligi tashkilotlarini rivojlantirish va saqlash uchun Vazirlikka ajratilgan xarajatlar miqdori, so‘m;
- Hsr — kalendar yilda suv xo‘jaligi tashkilotlari tomonidan iqtisodiyot tarmoqlariga yetkazib beriladigan jami suv resursi miqdori, kub m.
- Ushbu tarif har kalendar yilning 1-fevraligacha Vazirlik tomonidan Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |