2.4 MODDALAR SARFINI O‘LCHASHNING ZAMONAVIY
USULLARI VA VOSITALARI
Tuzilmaviy shakllari va harakat rejimlarining xilma – xilligi bilan
farqlanuvchi, murakkab va tarkibi bo‘yicha o‘zgaruvchi gazli, suyuq (suv, neft,
kondensat) va qattiq (qum va boshqa mexanik qorishmalar) fazalar aralashmasidan
iborat moddaning sarflanishi o‘lchanayotganda bunday oqim sarfini oldindan
seperasiyasiz o‘lchash murakkab ilmiy – texnik muammo hisoblanadi. Hatto
seperasion vositalari ham kam samarali bo‘lgan hollarda ham yuqori gaz omiliga
ega yuqori tezlikli oqimlarni o‘lchashda alohida qiyinchiliklar vujudga keladi.
Sarflarni o‘lchash (rasxodametriya) sohasida o‘tkazilgan ko‘p yillik tadqiqotlar
mazkur muammoni hal etish yo‘lini taklif etishga imkon beradi. O‘lchashning
ishlab chiqilgan va patent olgan yangi spektrometrik uslubi asos bo‘lib xizmat
qildi. U yuqori gazli omilli yuqori tezlikli oqimlar sharoitida samaralidir. Bu uslub
maxsulotni yig‘ishning truboprovod tizimida fluktuasion jarayonning (bosim
fluktuasiyasi) spectral fazalarning oqimda sarflanishi to‘g‘risidagi
axborot manbai sifatida foydalanishga asoslanadi.
Spektrometrik uslubning asosiy g‘oyasi shundan iboratki, bunda fazalar sarfini
ko‘p fazali oqimda fluktuasion jarayonning quvvati spektrining chastotaviy
komponentlari bo‘yicha hisoblashdir. Bosim fluktuasiyasini hisoblash maxsus
oqimni o‘lchash o‘zgartkichi bilan amalga oshiriladi (11– rasm).
O‘lchash o‘zgartkichining asosiy elementlari maxsus 1 konstruksiyali torayuvchi
qurilma ko‘rinishidagi oqim shakllantirgich va bosim fluktuasiyasi
datchigi hisoblanadi. Torayuvchi qurilma quyidagilarga imkon beradi:
qurilmaning chiqishida fazalar sarfi o‘zgarishlarining keng oraliqlarida
ma’lum muntazam tuzilma oqimini shakllantirish;
gidrodinamik tizimda quvvatning chastotaviy spektrining berilgan
axborot xossalariga ega fluktuasiya jarayonini uyg‘otish.
19
Do'stlaringiz bilan baham: |