Mavzu: Suzish bo`yicha musobaqalarni tashkil etish va o’tkazish


Download 75.23 Kb.
bet6/19
Sana02.06.2024
Hajmi75.23 Kb.
#1837685
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
Mavzu Suzish bo`yicha musobaqalarni tashkil etish va o’tkazish-fayllar.org

Oyoqlar harakati. Sportchi suzib ketayotganida uning oyoq harakatlarining roli ham ko`p narsaga bog’liq. Odatda, sportchining oyoqlari muttasid qaychisimon harakatlarni bajarib borishi kerak. Chunki oyoqlar harakati gavdani gorizontal holatda barqaror ushlashga, tezlikni quvvatlab borishga xizmat qiladi. Shu jihatdan ular harakatlariga nom berilgan. Masalan, oyoqlarning pastga harakat qilishi ishchi harakati (yoki eshish harakati), yuqoriga harakati esa tayyorlanish harakati deyiladi. Ularning vazifalari ham har xil. Chunonchi, ishchi harakatlar gavdani olg’a siljishiga bir qadar xizmat qilsa, tayyorlanish harakatlari gavdaning siljishiga hech qanday ta`sir ko`rsatmaydi. Uzoqdan suzuvchining orqasiga qarab turilsa, uning gavdasi go`yo suvda yotibdi-yu, ortida suv qaynamasi bo`layotganday tuyuladi.
Ishchi harakat paytida oyoq-tizza va boldir-panja bo`g’imlaridan yozilib, son bo`g’imidan bukilib boradi. Shu asnoda oyoq pastga harakatlanib boradi va to oyoq tizzadan to`la to`g’ri holatga kelgunicha pastga tushadi, son esa boldir va panjadan oldinroq yuqoriga harakatlana boshlaydi. Oyoq tizza bo`g’imidan batamom yozilib bo`lgach, ishchi harakat tugaydi.
Tayyorlanish harakati. Hozir aytib o`tganimizdek, oyoq suv ostida tizza bo`g’imidan batamom to`g’rilanib olgach, (panja ichkariga burilgan) u gavdaga nisbatan pastga egik, ya`ni chanoq-son bo`g’imidan bukilgan holatni oladi. Yuqoriga harakat oyoqni chanoq-son bo`g’imidan yozish bilan boshlanadi. Oyoq to gorizontal holatga kelguniga qadar ham to`g’ri turadi, sal yuqoriga ko`tarildimi,
u tizza bo`g’imidan bukila boshlaydi, boldir bilan panja esa yuqoriga harakatini
davom ettiraveradi. Shu paytda oyoq chanoq-son bo`g’imidan bukila turib pastga harakat qiladi. Soy bilan tana burchagi taxminan 170°, tizza bo`g’imidagi burchak 135° ga etganida oyoqning pastdan yuqoriga bo`lgan harakati tugaydi va navbatdagi ishchi harakat boshlanadi, biz buni yuqorida tasvirlab o`tdik.
Endi ikkala oyoqning bir-biriga monand harakatiga kelsak, bu - suzuvchi sportchi uchun juda muhim. Demak, yuqorida aytib o`tganimizdek, tayyorlanish harakati o`z chegarasiga etishi bilan u pastga harakat qilib ishchi harakatini boshlaydi, xuddi shu paytda esa o`zining ishchi harakatini tugatayotgan ikkinchi oyoq yuqoriga harakat qilib, tayyorlanish harakatiga o`tadi. Mana shu dam-badam almashinib bajarilayotgan oyoqlar harakati muttasil bir-biriga mos tushib borishi va har doim gavdaning olg’a harakatlanishiga xizmat qilishi lozim.
Ko`krakda krol’ usulida suzishda bu usulning tarixiga asos solgan mamlakatimizning ko`pgina suzuvchi-sportchilari qimmatli hissa qo`shishgan.

Download 75.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling