Mavzu: Suzish bo`yicha musobaqalarni tashkil etish va o’tkazish


Download 75.23 Kb.
bet8/19
Sana02.06.2024
Hajmi75.23 Kb.
#1837685
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19
Bog'liq
Mavzu Suzish bo`yicha musobaqalarni tashkil etish va o’tkazish-fayllar.org

Qo`llar harakati. Qo`llar harakati bu usulda odatda, ikki xil bo`lishi mumkin, buni sportchining o`zi tanlaydi, ammo qo`lni to`g’ri tanlab eshish, tortish kuchi kamroq bo`lganligidan samarasi ham kamroq bo`ladi, biroq oson bo`lgani uchun ham endigina o`rganayotgan suzuvchilar shu usulni qo`llaydilar. Biz quyida qo`lni bukib eshish harakatiga qisqacha to`xtalmoqchimiz.
Aytaylik, o`ng qo`lni havoga to`g’ri chiqarib tashlamoqchimiz, bunda tirsakni yelka bo`g’imi ro`parasidan xiyol tashqariga chiqarib, gavda o`qiga parallel’ qilinadi. Shu paytda tana shu qo`l tomonga sal buriladi, shuning uchun qo`lni oldinga - pastga - chetga harakatlantiriladi va so`ng bir sekund o`tar-o`tmas
qo`l tirsakdan bukilib, panja harakatga perpendikulyar ravishda suvni
«hovuchlagancha» itaradi. Keyin qo`l tirsakdan yana ham bukilib (160° atrofida) pastga tushadi, panja esa tirsakdan yuqorida qoladi. Qo`l orqaga o`tganida, ya`ni eshish o`rtasida yelka bilan bilak oralig’i 120 burchak hosil qiladi. Panja suv sathiga yaqin yerda, tirsak undan pastda harakatini davom ettiradi. Shu tariqa qo`l harakatlari davom etib, panja songa yaqinlashganida eshishning asosiy qismi tugaydi. Eshish qancha tez va kuchli bajarilsa, uning samarasi shuncha yaxshi bo`ladi. Shu bilan birga u tanani 30° atrofida burishga imkon beradi.
Demak, qo`l panjasi songa yetgach, qo`l biroz bo`shashadi, panja, bilak, yelka birin-ketin suvdan chiqa boshlaydi va yo vertikal ravishda yoki 15-20° atrofida tashqariga (chetga) burib ko`tariladi. Qo`lni suvga tashlash vaqtida u tashqariga yana ham buriladi.
Shunday qilib, o`ng qo`l oldinda tayanch vazifasini bajarayotganida chap qo`l sonning yonginasidan suvdan chiqadi va yuqoriga ko`tarib oldinga tashlangan damda o`ng qo`l asosiy eshish harakatini bajaradi. Ung qo`l sonning yonginasidan suvdan chiqayotganida, chap qo`l tayanch vazifasini tugallayotgan bo`ladi. So`ng o`ng qo`l suvdan chiqib yuqoriga ko`tariladi va suvga tashlangan damda chap qo`l asosiy vazifani bajaradi. Bunda chap qo`l sonning yonginasida suvdan chiqadi, o`ng qo`l oldinda suv ichida tayanch vazifasini bajarayotgan bo`ladi. Shu bilan bir sikl tugaydi.
Xulosa
Bu o`rinda shuncha harakat qilish kerakki, qo`l suvdan ko`tarilganda iloji boricha uni suvga tez tushishining chorasini ko`rish kerak. Bu bir maromda tez harakat qilishning mezonidir.

Nafas harakatlari chalqancha krol’ usulida suzishda suv yuzida bajariladi. Shuning uchun nafas olish nafas chiqarishni muntazam ravishda bir maromda bajarish kerak. Masalan, qo`l suvdan chiqarib yuqoriga ko`tarilgan paytda nafas olinsa, suvga tushganda nafas chiqariladi. Shunga qattiq rioya qilinsa, qo`llar harakati nafas harakati bilan monand kelib, biri - ikkinchisini qo`llab turadi.


Oyoqlar harakati xuddi ko`krakda krol’ usulida suzgandagidek bajariladi,
ya`ni ikkala oyoq navbatma-navbat qaychi singari harakat qildiriladi - biri pastga tushganida ikkinchisi yuqoriga chiqadi va shu bilan ular tananing gorizontal holatda olg’a sari harakatlanishiga yordam beradi.
Ko`krakda krol’ usulida suzganda oyoqning yuqoriga ko`tarilishini - tayyorlanish, pastga - suvga tushishini ishchi (yoki eshish) harakati deyilgan bo`lsa, chalqancha krol’ usulida suzishda aksincha - oyoqning yuqoriga ko`tarilishi ishchi (yoki eshish) harakati, pastga - suvga tushishi tayyorlanish harakati deyiladi. Tayyorlanish harakatida oyoq suvga tushar ekan, chanoq-son bo`g’imidan yoziladi va gorizontal holatga kelib pastga tomon harakatini davom ettiradi va sal o`tar-o`tmas u taxminan 170° atrofida chanoq-son bo`g’imidan (orqaga) bukila borishi kerak. Keyin shu oyoq tizzadan bukila boshlandi, boldir bilan panja esa hamon pastga harakat qiladi, son chanoq-son bo`g’imida yozilib, yuqoriga harakat qila boshlaydi. Son bilan tana o`rtasidagi bukim 135° burchak atrofida bo`ltanda
tayyorlanish harakati tugab, ishchi harakati boshlanadi.
Ishchi (yoki eshish) harakatida oyoq tizzadan va boldir-panja bo`g’imidan yozila borib, chanoq-son bo`g’imidan bukila boshlaydi. Shu damda panja, boldir va son yuqoriga ko`tarila boradi. Tizza suv yuzasiga chiqqanida boldir bilan panja ham yuqoriga ko`tarilishda davom etadi. Son esa pastga tomon harakatini boshlaydi. Shunda oyoq tizzadan tez bukilib, panja bilan suvni yuqoriga - orqaga tepiladi. Natijada, ish bajariladi — suzuvchi bir qadar bo`lsa ham, olg’a siljiydi. Shu bilan ishchi harakat tugab, tayyorlanish harakatiga o`tadi va h. k.
Shunday qilib, o`ng oyoq yuqoriga harakat olganida chap oyoq pastga harakat boshlaydi va bular harakati qanchalik uyg’un bo`lsa, shunchalik sportchi olg’a siljishiga yordam beradi. Bu usulda ham suzuvchi oldinga tez siljib borgan sari oyoqlar harakatining amplitudasi kichrayib boradi, ammo oyoqlar ancha chuqur tushib borishi mumkin va h. k. Umuman olganda, bir siklda ikki marta qo`l harakati, olti marta oyoq harakati, bir marta nafas olish va nafas chiqarish to`g’ri kelishi kerak.
Chalqancha krol’ usulida suzishda mamlakatimizning sportchi suzuvchilari ayniqsa, keyingi yillarda salmoqli yutuqlarga erishdilar,
K.Alyoshina (Leningrad), V.Solov’ev (Moskva), V.Lopatin (Moskva),


Download 75.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling