Mavzu: suzish sport turlari bo’yicha musobaqalar o’tkazish va xakamlik qilish


Download 0.63 Mb.
Sana28.12.2022
Hajmi0.63 Mb.
#1009249
Bog'liq
suzish

mavzu: suzish sport turlari bo’yicha musobaqalar o’tkazish va xakamlik qilish

reja:

  • Suzish sportining turlari va u haqida malumotlar.
  • Musobaqalar turlari va otkazish tartiblari.
  • Suzish sport turida xakamlik qilish shartlari.
  • Insoniyat paydo bo’libduki, hatto ibtidoiy jamoa tizimida ham suzishga ehtiyoj bo’lgan, demakki suzishni paydo bo’lish tarixi bir necha yuz ming yillar balki million yillarga borib taqalar. Chunki qayerda suv-obi hayot bo’lsa o’sha yerda insonlar o’troqlashib yashaganlar. Shunday ekan yashash sharoiti ularga suvda ov qilishga , sohilda –sohilga kechib o’tishga, tabiiy ofatlarda jon saqlashda suzishni o’rganishga majbur qilgan. Inson sevilizatsiyasi natijasida suzish nafaqat hayot ehtiyoji, balki bora-bora suzish bahslarini olib borishgacha tetdi. Natijada rasmiy va norasmiy suzsih musobaqalari yuzaga kela boshladi. Tarixiy manbalarga nazar tashlaydigan bo’lsak, 3-3,5ming yil ilgari ham suzish musobaqalari o’tkazilganligini tasdiqlovchi topilmalar bor.

suzish haqida….

  • Suzish - odamning suvda o'z qoli va oyoqlari harakati : ko'magida siljishidir. Suzish sporti o'zining yo'nalish va maqsadlariga ko'ra sportcha, amaliy, sinxron (badiiy), ko'ngil ochish o'yinlari, suv to'pi, suvga sakrash kabi turlarga bo'linadi. Bu turlar o'z navbatida o'z usul va uslublariga ega.
  • Jumladan, sportcha suzishni olib ko'raylik. Sportcha suzish musobaqalashadigan masofani maxsus moslamalarsiz, musobaqa qoidasi bilan cheklangan harakat texnikasidan foydalanib suzib o'tish demakdir. Har bir usulda qo'llanadigan harakatlar texnikasi esa musobaqa qoidalari, qo'yilgan ma’lum talablar asosida bajariladi.

suzish turlari…

Hozirgi paytda sportcha suzishning qo'yidagi turlari va masofalari bo'yicha musobqalar o'tkazilib, rekordlar - ro'yxatga olinadi: erkin usul-100, 200, 400,800, 1500 m; estafetalar-4X100 m, 4X200 m; brass-100, 200 m; krol usulida chalqancha suzish- 100, 200 m; aralash suzish-200 m (50 m delfm, Q50 krol usulida chalqancha, Q50 m brass, Q50 m krol usulida ko'krakda); -400 m (100 m delfm,

Q100 m krol usulida chalqancha, Q100 m brass, Q100 m krol usulida ko'krakda); aralash estafeta-4X 100 m (100 chalqancha, Q100 m brass, Ql 00 m delfm, Ql 00 m krol).

suzishdan oldin bajarilishi kereak vazifalar…

  • Suzish mashg'ulotlarini boshlashdan oldin tibbiy ko'rikdan o'tish kerak. Suzish mashg'uloti uchun suvi toza, tagi tekis va qumli, asta-asta chuqurlashib boradigan hamda o'nqir-cho'nqirlari va daraxt to'nkalari bo'lmagan qulay joyni tanlanadi. Anhorning bosh tomonida fabrika, zavod yoki aholi yashaydigan joylar bo'lib, ular suvni ifloslab tursalar bunday joyda suzmaslik kerak. Oqar suv, ko'l suviga qaraganda tozaroq bo'ladi, shu sababli oqar suvda cho'milish kerak. Ammo juda tez oqadigan suv suzish uchun noqulay, yaxshi suzolmaydigan kishilar uchun xavfli, chunki kuchli suv oqimi ularni qirg'oqdan uzoqqa oqizib ketishi mumkin. Bahorda suvning harorati 14 gradus dan kam bo'lmasa, faqat quyoshli va issiq kunlarda suza boshlash mumkin. Kuzda kun sovigan sari badan bunga o'rgana boradi, shu sababli 14 gradusdan sovuqroq suvda ham suzish mumkin
  • Dastlabki paytlarda 10 minutdan ortiq cho'milmaslik, keyinchalik cho'milish vaqtini asta-sekin oshira borish kerak. Sovqotganda, bosh aylanganda, lanj bo'lganda, lab ko'karganda suvdan chiqish kerak, chunki bundan keyin ham cho'milish zararlidir. Ovqatlanib 1,52 soat o'tgandan so'ng cho'milish va suzish mumkin. Cho'milib bo'lgandan keyin shamoldan panaroq joyda turib, badanni quriguncha sochiq bilan yaxshilab artish kerak, havo sovuqroq kunlarda esa, artinib bo'lgandan keyin badan qiziguncha kaft bilan ishqalash, so'ngra kiyinish kerak. Bemalol suzishni o'rganib olgunga qadar tajribali suzuvchilar bilangina suzish kerak. Chuqurligi beldan oshmaydigan joylardagina cho'milish va qirg'oqqa yuz o' girib turish lozim.

Etiboringiz uchun raxmat.


Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling