Mavzu: Sxematik chizmalarda shartli belgilar Tayyorladi: A. Narimova

Download 256.36 Kb.
Sana15.12.2020
Hajmi256.36 Kb.
#167892
Bog'liq
Chizma geometriya

Mavzu: Sxematik chizmalarda shartli belgilar

Tayyorladi: A. Narimova

Qabul qildi: B. Avezov

Reja:

  • Sxema haqida umumiy tushuncha
  • Sxemalarning nomlari va turlari
  • O‘lchanadigan kattaliklarning asosiy shartli harfli belgilari
  • Elektronik sxemalarni chizishda ishlatiladigan chiziqlar

Buyumning tarkibiy qismlari va ular orasidagi bog‘lanishlar shartli tasvirlar yoki belgilar ko‘rinishida beriladigan konstruktorlik hujjatlari sxemalar deb ataladi ( 0 ‘zDSt 2.721-98). Sxema loyihaga oid grafik hujjat bo‘lib, unda buyum qismlarining tarkibi va ular orasidagi bog‘lanishlar ko‘rsatiladi. Buyumlarni loyihalash, sozlash, nazorat qilish, tuzatish va ulardan foydalanish hamda mexanizm, asbob, moslama, inshoot va hokazolarning harakat (ish) jarayoni ketma-ketligi sxemalarda tushuntirib beriladi.

Sxemalar masshtabga rioya qilmasdan chiziladi. Standart detallar uchun chizmalarda yozma tushuntirishlar berilmaydi, ammo standart bo‘lmagan detallarga yozma tushuntirishlar berilishi shart. Sxemalarda mashina hamda mexanizmlarning yig‘ish birliklari yaxlit tasvirlanadi va ular sxema elementlari deyiladi. Bularga nasos, podshipnik, mufta va boshqalar kiradi.

Sxemaning nomi uning turi va ko‘rinishiga qarab aniqlanadi.

1.Strukturali sxema — buyum qismining asosiy funksiyasini, o‘zaro bog‘lanishi va vazifasini aniqlaydi. Funksional qismlarini to‘g‘ri to ‘rtburchak shakllarda tasvirlash qabul qilingan bo‘lib, ularga sxema elementlarining raqami, belgisi, turi yoziladi. Ba’zi elementlarni shartli grafik belgilarda tasvirlashga yo‘l qo‘yiladi.

2. Funksional sxemada — buyum funksional qismlarining ayrimlari yoki barchasida ro‘y beradigan jarayonlar tasvirlanadi. Buyumning ish jarayonini o‘rganishda va buyumni sozlashda, nazorat qilishda va ta’mirlashda foydalaniladi.

3. Prinsipial sxemada — buyumning tarkibiy elementlari hamda ular orasidagi bog‘lanishlarning barchasi ko‘rsatiladi. Shunga ko‘ra, sxemaning bu turi buyumning ishlash jarayoni to‘g‘risida to‘la ma’lumot beradi.

4. Birlashtirish (montaj) sxemasi — buyum qismlari orasidagi o‘zaro birlashishlar ko‘rsatiladi. Unda shunday birlashishlarni amalga oshirish vositasi bo‘lgan o‘tkazgich, kabel, truboprovod kabilar aks ettiriladi.

5. Ulash sxemasida buyumning tashqi tomoni bilan boshqa buyumga birlashish (ulanish) joyi ko‘rsatiladi.

6. Umumiy sxemada kompleksning tarkibiy qismlari tasvirlanib, foydalanish joyida qanday montaj qilish haqida ma’lumot beradi. Buyum elementlarining o‘zaro joylashishi sxemada taxminan to‘g‘ri tasvirlanadi.

O‘lchanadigan kattaliklarning asosiy shartli harfli belgilari.

8-jadvalda shartli belgilarning birinchi harflarining asosiy qiymatlari keltirilgan. Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, unda A, B, С, I, N, O, Y, Z harflari yo‘q.

8-jadval

Bular zaxira harflar bo‘lib, kerakli paytlarda TOCTda ko‘rilmagan ma’lumotlarni belgilash uchun kiritish mumkin. X harfi qo‘llash uchun tavsiya etilmaydi. Standartda 1 ta va shu hujjatlar uchun ishlatilishi mumkin emas. Standart bitta zaxira harfini, bir hujjatda turli kattaliklarni, tushunchalarni belgilashda ishlatishga ruxsat bermaydi. Asboblar bajaradigan funksiyalarni ifodalashga E ,G ,V zaxira harflarini qo‘llash mumkin. Chiqish signalini tashkil qilishni belgilash uchun 5 ta zaxira harflari mo‘ljallangan: K,O,T,Y,Z.

Ishlatilish sohasi va mazmuniga ko‘ra, sxemalar chizmachilik kursining asosiy materialini tashkil qiladigan proyeksion chizmachilikda ko‘p jihatlari bilan farqlanadi. Bu farqlar qisqacha quyidagilardan iborat:

• sxemalar ma’lum sohada qo‘llaniladigan tayyor mahsulotlarning konstruksiyalarini ochib ko‘rsatmasdan, ularning tarkibiy qismlarini o‘ta soddalashtirilgan shartli belgilar yordamida o‘zaro bog‘lanishi va harakatlarini tasvirlaydi;

• sxemalarning vazifasi biror ko‘rinishdagi: mexanik (kinematik sxemalar), elektrik (elektr sxemalari), siqilgan havo yoki gaz (pnevmatik sxemalar) va h.k. energiyaning harakati hamda o‘zgarishini yaqqol ko‘rsatishdan iborat. Yaqqollikni ta ’minlash maqsadida sxemaning hamma elementlari fazoda haqiqiy joylashgan o‘rniga qaramasdan, bitta tekislikka yoyib tasvirlanadi;

• sxemalarning vazifasi qurilma tarkibiga kiruvchi elementlarni ko‘rsatib berish emas, balki ularning o‘zaro aloqalari xarakterini ochishdan iborat bo‘lganligi uchun sxema — aloqalar xarakterining o‘zgarish ehtimoli bilan bog‘liq m a’lumotlarni (mexanik uzatmalarda tezlikning o‘zgarishi, radiopriyomnik to ‘lqinlarini turli diapazonlarga to ‘g‘rilash, televizor kanallarini almashtirish va h.k.) ham o‘z ichiga olishi kerak;

• ko‘p hollarda o‘quvchining texnik bilimlarga egaligi talab qilinmaydigan murakkab bo‘lmagan proyeksion chizmani o‘qishga nisbatan sxemalar bilan ishlash (ularni o‘qish va bajarish), m a’lum darajada o‘quvchilarning shu sohadagi texnik bilimlar saviyasiga bog‘liq bo‘ladi.

Elektr sxemalari elementlarining grafik belgilanishlarini bog‘lanish chiziqlari bilan bir xil: 0,2 dan 1,0 mm qalinlikda bajariladi (tavsiya qilinadigan qalinlik — 0,3 dan 0,4 mm.gacha). 13-jadvalda sxemalarda chiziqlarning qo‘llanilishi bilan bog‘liq ma’lumotlar keltirilgan.

Download 256.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling