MAVZU: TABIATDA QUYOSH BOTISHIDAGI RANGLARNING MOYBO’YOQDA ISHLASH USLUBI
KIRISH. Mavzuni dolzarbligi va maqsad vazifasi, ishni yangiligi…………………
I-BOB. TASVIRIY SAN’ATDA MANZARA JANRI ……………………………
Tasviriy san’atda janrlar …………………………………………………….
1.2. Tasviriy san’atda manzara janrining o’ziga xosligi. ………………………………
1.3. O`zbek va chet el manzarachi rassomlari xayoti va ijodi.………………..........
II-BOB. RANGTASVIR KOMPOZITSIYASI TUZISHDA ETYUDLARNING AXAMIYATI
2.1. Mavzuli rangtasvir kompozitsiyasi tuzishda etyudlardan foydalanish
2.2. Manzara etyudini tasvirlashda bo’yoqlardan foydalanish………………….
2.3. Quyosh botishidagi ranglarni tasvirlashning o`ziga xosligi…………………….
XULOSA…………………………………………………………………………… ILOVALAR………………………………………………………………………… FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR………………………………………….
KIRISH. Mavzuni dolzarbligi va maqsad vazifasi, ishni yangiligi
Mavzuning asoslanishi va dolzarbligi
Diplom ishining obyekti.
Diplom ishining predmeti
Diplom ishining maqsadi.
Diplom ishining vazifalari.
Tadqiqot ishining ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Diplom ishining asosiy masalalari va farazlari.
Diplom ishida qoʼllanilgan metodikaning tavsifi.
Diplom ishi mavzusi bo’yicha qisqacha adabiyotlar sharhi (tahlili).
Diplom ishining nazariy va amaliy ahamiyati.
Ilmiy tadqiqot ish tuzilmasining tavsifi. Ushbu diplom ishi titul varogʼi, kirish uchta bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar roʼyxati va ilovalardan iborat.
Prezidentimiz Sh.M. Mirziyoyev ta’kidlaganidek: “Biz yoshlarga doir davlat siyosatini hech og’ishmasdan, qat’iyat bilan davom ettiramiz. Nafaqat davom ettiramiz, balki bu siyosatni eng ustuvor vazifamiz sifatida bugun zamon talab qilayotgan yuksak darajaga ko’taramiz. Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma’naviy salohiyatga ega bo’lib, dunyo miqyosida o’z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo’sh kelmaydigan insonlar bo’lib kamol topishi, baxtli bo’lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch imkoniyatlarini safarbar etamiz.1”
Tarixiy, madaniy va ma’naviy ahloqiy qadriyatlarning keng qatlamlarini qayta idrok etish g`oyalari, yangilanish tamoyillari me`morchilik, tasviriy va amaliy bezak sohalariga, musiqa va tomosha san`atlarida, badiiy va hujjatli kino hamda televideniya tizimida yaqqol namoyon bo`lmoqda.
Milliy tafakkurdagi tub yangilanishlar san`atimizni qayta idrok etish va uni ijtimoiy ongning bugungi darajasiga muvofiq san`atshunoslik ilmining talablari asosida baholash zaruriyatini taqozo etadi.
O`zbekiston Respublikasining istiqlolga erishishi xalkimizning tarixiy qadriyatlari, ma'naviy merosi xalq pedagogikasi an'analarini qayta tiklashga va ularni zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida rivojlantirishga katta yo`l ochib berdi. Ayniqsa, asriy an'analarga ega bo`lgan Tasviriy san'at turlariga o`quvchi yoshlarni jalb etish katta tarbiyaviy ahamiyatga egaligi bilan diqqatga sazovordir. Shu jihatdan ham yosh avlodni har tomonlama kamol toptirishda jamiyatimiz pedagogika fani, xususan san'at pedagogikasining oldiga yangi vazifalar yukladi.. Zero boshqa sohalar bilan hamohang tarzda ilm va san'at sohalarida ham tub o`zgarishlar davri kechmoqda. Bu o`zgarishlar yosh avlodda nafaqat nazariy bilimlarni egallash, balki ularni amaliyotda qo`llay olish ko`nikmalarini shakllantirish va takomillashtirishni ham taqozo etadi. Talabalarni ijtimoiy-madaniy, ma'naviy-ma'rifiy ahamiyatga molik bo`lgan bu tadbirni amalga oshirishga ko`p yillar davomida milliy boylik bo`lib kelgan xalkimizning madaniy va maishiy hayotga keng tatbiq etilgan go`zal hunarlaridan biri tasviriy san'atni o`rgatish va u soha bo`yicha bo`lg`usi tasviriy san'at o`qituvchilarini tayyorlash muammosi ham hozirgi kunda juda katta ijtimoiy pedagogik ahamiyatga egadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |