Mavzu: tabiatda quyosh botishidagi ranglarning moybo’yoqda ishlash uslubi kirish


Download 0.53 Mb.
bet4/12
Sana20.06.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1633809
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
umumiy diplom ish

Natyurmort -san'at janri yoki shu janrdagi asar. Tasvirning ob'ekti bo'lgan sozlashning o'zi ham deyiladi natyurmort... U nafaqat jonsiz narsalardan iborat, balki tabiiy shakllarni ham o'z ichiga olishi mumkin. Shuning uchun, ingliz tilida so'zlashuvchi mamlakatlarda qabul qilingan aniqroq nom, natyurmort yoki nemis Stilleben- "sokin hayot". Natyurmort san'ati janr sifatida XVII asr boshlarida Gollandiyada paydo bo'lgan. Natyurmort san`atining ilk namunalarini qadimgi Misrda devorlarga ishlangan suratlarda qadimgi Yunonistonning mozaikalarida uchratish mumkin. Xitoy san`atida X-XI asrlarda natyurmort mustaqil janri sifatida rivojlangan. Bu davrda ijod qilgan musavvirlardan Chjao Chan Suy Vo ajoyib asarlar yaratganlar.
Yevropada natyurmort san`ati XYII asrga kelib Gollandiya, XYIII asrda Fransiya tasviriy san`atda keng tarqaldi.
Golland musavvirlaridan Piter Klass, Yan Van Geysum, F.Snayders va fransiyalik Jan – Batist Shаrdenlarning natyurmort asarlarida rangtasviri san`atining nodir namunalarini ko`ramiz.
Rang orqali natyurmort ishlash tasviriy san'atning ilmiy negizini tashkil etadigan perspektiva, rangshunoslik, kompozitsiya, yorug`-soyalarni o`rganish uchun, ayniqsa, keng imkoniyatlar yaratadi.
"Natyurmort" - fransuzcha sо`z bo`lib, sof tarjimasi "jonsiz tabiat" degan ma'noni anglatadi. Golland tilida esa "stilleven" deb ifoda qilinadi, bu esa "sokin hayot" degan ma'noni anglatadi. Lekin juda ko`plab san'atshunoslar va rassomlarning fikriga asosan bu janrning mohiyati o`ziga xos an'analari, azaliy ildizlari va tanilgan nomi natyurmortda o`z aksini topdi. Juda ko`plab tillarga shu nomda kirib bordi. Shuning uchun biz ham natyurmort deb ishlatishimiz maqsadga muvofiqdir. Moddiy olam buyumlarining xilma-xilligini ifodalashda misli ko`rilmagan darajada tez shakllangan natyurmort mustaqil janr sifatida Flandriya va Gollandiyada XVI asr oxiri va XVII asr boshlarida paydo bildi. Natyurmort janrini shakllanish jarayoni g`arbiy Yevropa mamlakatlarida deyarli bir xil kechdi. Uning turli rivojlanish davri o`zining tarixiy asoslariga ega. Har bir asr o`zining buyuk namoyondalarini yetkazib bergan. Ularning asarlarida o`z zamonasining badiiy g`oyalari, o`ziga xoslik, plastik yechimi, usullari, ta'sirchanligi u yoki bu davr, yoxud alohida bir rassom ijodida o`ziga xos ifodasini topgan. Niderlandiyada natyurmort shakllanishi ikki bosqichda kechgan, birinchi bosqichda mustaqil tarzda mavjud bo`lmay, u tasvirning orqa planida yoki oldi qismida aksessuar ko’rinishida namoyon bo`lgan xolos. Natyurmortning keyingi rivojlanish bosqichida ayrim asarlarda natyurmort va diniy mavzularni o`rni almashgan. Jonsiz buyumlarni tasvirlash inson tomonidan real borliqni har tomonlama o`rganishning faol bir jarayoni sifatida shakllandi. U o`zining qudratli yuksalishiga Flandriyada yetgan va tarixga "flamand natyurmorti" nomi bilan kirgan. Uni yuksalish davri Flandriyaning eng yirik rassomlari nomi bilan bog`liq, ular g`arbiy Yevropa san'ati tarixiga ko`rgan Sneyders va uni o`quvchisi Yan Feytlar hisoblanadi. Boshqa bir qudratli natyurmort maktabi "Gollandiya natyurmorti" nomi bilan mashhur bo`lgan.
Natyurmort tasviriy san`tning o`ziga xos mustaqil janridir. Natyurmortda ko`pincha uy-ro`zg`or buyumlari, mehnat qurollari, sabzavot-mevalar, gullar, parrandalar va shu kabi narsalar tasvirlanadi.
Natyurmort san`ati inson maishiy hayotining zarur buyumlari dunyosini aks ettiradi.
Rus musavvirlari I.Xruskiy, I. Repin,V. Serov, I. Mashkov, N. Kongalovskiy va boshqalarning natyurmort asarlari namuna bo`lib hisoblanadi.
O`zbek musavvirlari R. Ahmedov, J. Umarbekov, A. Yunusov, S. Abdullayev, S. Salimjonovalar natyurmort janrida samarali ijod qilmoqdalar.
Natyurmort tuzish- ijodiy ishdir. Unda musavvirning didi va loyaqati, kompozitsiyaning fikrlay olish madaniyati namoyon bo`ladi. Tasodifan terib qo`yilgan narsalarni natyurmort deb bo`lmaydi.
Mazmunli natyurmort asarini yaratish fikri musavvir hayotida uzoq davom etgan kuzatishlar yoki biror narsadan ta`sirlanish natijasida paydo bo`lishi mumkin. Ijodkorning ko`z o`ngida bo`lajak asar – natyurmort gavdalanadi. Unga mos narsalar tanlanib, xomaki eskizlar chiziladi. Eskizlar asosida kompozitsiya tuziladi.

  1. Mavzu tanlash

  2. Natyurmort mavzusiga mos narsalar va gazmol matolar tanlash

  3. Buyumlarning shakli, tuzilishi, rangi va tuslaribi bir-biriga monand joylashtirish

  4. Narsalarning katta-kichikligi, xajmi, modeli va yoritilish xususiyatlariga ijodiy yondoshish.

Natyurmortlar tuzilish maqsadiga qarab o`quv va ijodiy bo`lishi mumkin. O`quv natyurmortlari ijodiy natyurmortlardan albatta farq qiladi. O`quv natyurmorti ma`lum dastur talabini o`rganish uchun bajariladi.
Rangtasvir asari buyumlarning barcha xususiyatlari, shakli va rangi, qattiq va yumshoqligi, sirtining yaltiroq yoki xiraligiga qarab tasvirlanadi. Haqqoniy tasvirlangan natyurmort asaridan mevaning mazasi, gullarning hidi kelib turadi. Bunga erishish uchun rangshunoslik nazariyasining bo`yoqlarning xususiyatlarini yaxshi bilmoq kerak, tasvir va natura o`rtasida nisbat-uyg`unliklarini to`g`ri ifodalay olish talab etiladi.
Natyurmortda narsa, buyumlarning yorug`- soya kuchlarini farqlashni o`rganishda bir xil rangdan foydalanib (grizayl) usulida bajarish maqsadga muvofiqdir.
Grizayl usulida akvarel, guash, moybo`yoq va boshqa materiallardan foydalanish mumkin. Grizayl uchun odatda to`q ranglar tanlab olinadi.
Natyurmortning qalam eskiziga muvofiq, narsa va buyumlarning chiziqli rasmi bajariladi.
Natyurmortda rang munosabatlarini aniqlash. Narsaning asl rang tuslarini toza-yorqin birligi qatlami bo`ladi. Yuzada har bir buyum shakli mayda bo`laklarsiz umumiy yaxlit xajmi bo`lib boriladi. Suv bo`yoq bilan ishlashda oq bo`yoq sifatida qog`ozning o`zidan foydalaniladi. Natyurmort san'ati o`zining juda qadimiy va go`zal tarixiga egadir. Natyurmort bizni rassomni qurshab turgan olamga olib kiradi, bir necha asrlar qariga nazar tashlash hamda rassom uchun qalbga yaqin bo`lgan huzurbaxsh lahzalarni birgalikda boshdan kechirish imkoniyatini beradi. Rassom natyurmortda chegaralangan tasvirlash vositalari orqali atrofdagi buyumlarni hamda o`z kayfiyatini va borliqqa bo`lgan tasavvurini, fikrini, qiziqishlarini ifoda etishga harakat qiladi. Shunisi e'tiborga molikki, har bir ijodkorda bu narsa o`ziga xos tarzda namoyon bo`ladi, har bir asar o`ziga xos mazmun kashf etadi. Ba'zi natyurmortlarda hayotiylik kuchli bo`lsa, ba'zi birlarida esa rassom mahorati alohida ajrab turadi. Har bir rassom o`ziga xos dunyoqarashga ega, eng asosiysi esa rangtasvirni boshlanishidayoq ifodaviylikka erishishdir. Natyurmort janri tasviriy san'atning boshqa janrlariga nisbatan yosh bo`lishiga qaramay jahon san'ati tarixi, ko`p asrlik badiiy madaniyat tarixi bilan chambarchas bog`liqdir.
Tasviriy san'atning boshqa janrlari singari natyurmortda ham o`ziga xos an'analar, qonuniyatlar qaror topgan. Lekin, shunga qaramay, barcha janrlar ichida natyurmort hamisha zahmat chekkan janr bo`lib, unga kam e'tibor berilgan, kamdan-kam holatlarda esga olingan va deyarli tadqiqot ishlari olib borilmagan. Natyurmort janrini gullab-yashnagan va tanazzulga yuz tutgan davrlarida ham tarixiy sharoitning o`ziga xos sabablari bo`lgan. Shavqatsiz hayot oqimi ixtiyoriga tashlab qo`yilganda ham u hech qachon o`zligini yo’qotmadi , doimo yashab keldi, chunki realist rassomlarni tabiat, hayot va undagi go`zallik bilan bog`lab turuvchi tabiiy rishta hisoblangan. Har bir yer o`zining natyurmort janrining mohir ustalarini yetishtiradi, ulardagi o`ziga xoslik, ifodaviylik,tasvirlanishning ifodali, plastik vositalarini turli-tumanligi asosida muayyan bir tarixiy davrga asos soldilar va dunyoga tanitdilar.
Natyurmort shakl, yorug`lik va ranglarni muayyan qonuniyatlarga asoslanganligini o`rganishning eng yaxshi vositasi hisoblanadi.
Natyurmort janrida ijod qilgan Xarlemlik rangtasvirchi rassomlar Voplem Klass Xeda va Piter Klasslar tomonidan "nonushtalar" variantining o`ziga xos bo`lgan gollandcha demokratik varianti yaratilgan. Ularning natyurmortlarida "ishtirok etuvchi buyumlar"odatda, tashqi ko`rinishidan oddiy, kundalik eshtiyoj uchun zarur bo`lgan oz miqdordagi uy-ro`zg`or buyumlari bo`lgan. Xarlemlik "nonushta" janri ustalarining erishgan muhim yutuqlari sifatida yorug`lik-havo muhiti va yagona buyumlar fakturasi rang-barangligini ifodalash vositasining asosiy sharti sifatida umumiy koloritni tasvirlaganliklarini keltirish mumkin.
Natyurmort janrini keyingi demokratlashtirish jarayoni Flandriyada ham Gollandiyada ham "Oshxona natyurmorti" ko`rinishida keng tarqaldi. Bunda buyumlarni turfa hilligini tasvirlash jarayonida asosiy e'tibor muhit, havo perspektivasiga qaratildi. XVII asr oxiriga kelib golland natyurmortida dekorativlikka moyillik an'analari g`olib chiqdi. XVII asr "nemis natyurmorti" Gollandiya va Flandriya natyurmortlariga nisbatan ikkinchi darajali ahamiyat kasb etgan. Shunga qaramay, XVII asr nemis natyurmortining ham katta yutuqlari bo`lgan, u ham bo`lsa, zamonaviy golland san'ati bilan yaqin aloqadaligi, chambarchas bog`liqlikdir. XVII asr nemis natyurmortida bir-biriga bog`liq bo`lgan ikkita yo`nalish: naturalistik va dekorativ yo`nalishlar mavjud bo`lgan. Italiya rangtasvirida natyurmort nemislarnikiga nisbatan bir muncha to’laqonli va boy bo`lishiga qaramay u na flamand natyurmorti qudratiga va na golland natyurmorti singari serqirra va fazoviylikka erishmadi. Italiya natyurmorti rivojiga yangi, qudratli turtkini Karavadjo berdi. U birinchilardan bo`lib sof natyurmort janriga murojaat qilgan buyuk rassomlardan biri bilib, "jonsiz natura" ning plastik yechimi va mahobatliligiga erishgan. XVII asr Italiya natyurmorti o`ziga xos uslub, yo’l bilan taraqqiy topdi, oqibatda uni boshqa milliy maktablardan ajratib turadigan bir qancha afzalliklarga ega bo`ldi. Ispan natyurmortiga xos uslub tasvirlanayotgan buyumni ahamiyatiga e'tibor va jiddiylikni ilohiylashtirish bo`lgan, bu xususiyat ispan san'atining ustasi F. Surbaran ijodida yaqqol namoyon bo`ldi. XVII asr oxirlaridan boshlab fransuz natyurmortida Saroy san'atining dekorativ an'analari ustivorlikka erishdi. XVII asr fransuz va G`arbiy Yevropa natyurmort san'ati cho`qqisi J.B.S. Harden ijodi hisoblanadi. Uning ijodi o`zining jiddiyligi, kompozitsion yechimini erkinligi va koloristik yechimini nozikligida namoyon bo`ladi. Bu davrda romantika natyurmortiga biroz ko’proq ahamiyat qaratildi. Romantizm esa natyurmortda o`ziga xoslik va muhim konsepsiya yaratmadi. Romantika natyurmortida tasvirlanish bosh ob'ekti bo’lib gullar va ovdagi o’ljalar bo`lgan. XVII asr natyurmort janri taqdirini boshqa turli janrda ijod qilgan rangtasvirning mohir ustalari hal qilganlar. Ular natyurmortni badiiy g`oyalar va estetik qarashlar kurashiga olib kirishgan. Masalan, fransuz realisti Gustov Kurbe natyurmortni tabiat bilan bevosita bog`liqligi konsepsiyasini yaratib, unga hayotbaxsh qudrat, fazoviylik ato etdi. Impressionistlar esa natyurmort kompozisiyasi tuzishda o`zlari tomonidan manzara ishlash jarayonida ishlab chiqilgan plener- ochiq havoda ishlash uslubini joriy qildilar. Ular natyurmortda faqatgina yorug`lik va havonigina tan olgan holda, undagi buyumlarni esa yorug`lik va havo refleksini tashuvchi oddiy buyumlarga aylantirdilar. Natyurmort janrini yangi taraqqiyoti esa postimpressionizm uslubi vakillari ijodi bilan bog`liq kechdi. P. Sezann va Van Gog kabi rassomlar ijodida buyumlar olami asosiy mavzu bilib qoldi. XX asr boshlaridan esa natyurmort janri rangtasvir san'atining o`ziga xos ijodiy laboratoriyasiga aylandi. Fransiyada A. Matiss va shu kabi boshqa fovizm vakillari ranglar va buyum fakturasini berishda dekorativlik, hissiyotlar, his-hayajon yilidan borishgan bo`lsalar,J. Brak, P. Pikasso va shu kabi kubizm san'atining buyuk ustalari natyurmort tuzilishidagi badiiy-tahlil imkoniyatlariga asoslangan holda shakl va fazoviylikni ifodalashning yangi uslublarini topishga intilganlar. Bulardan tashqari barcha uslub, oqim va yo`nalish vakillarini ham natyurmort o`ziga tortib keladi. Rus natyurmort san'atiga alohida to`xtalib o`tishni lozim topdik, chunki o`zbek rangtasvir san'ati, jumladan natyurmort janrini rivojlanishi ham bevosita rus san'ati bilan chambarchas bog`liq holda bo`lgan. Rus san'atida natyurmort janri ham XVII asrda aristokratik rangtasvirni kirib kelishi bilan paydo bo`ldi. U o`zida davr ruhini aks ettirgan holda buyumlar olamini to`laqonli va aniq tasvirlashga intilgan. Naturadan ko’chirilganligi sarobga o`xshaganligi uchun ham bu natyurmortlarni "obmanka" deb ataganlar. Rus natyurmortini keyingi rivojlanishi bir muncha vaqt epizodik xarakterga ega bo`ldi. XIX asrning birinchi yarmiga kelib rus san'atida natyurmort janrini bir muncha o`sganligini kirishimiz mumkin. F.P. Tolstoy, A. G. Venesionov, I.G. Xruskiylar tomonidan kundalik eshtiyoj buyumlari va kichik narsalarda go`zallikni kirishga bo`lgan xohishlar bilan bog`liq ekanligida namoyon bo`ladi. XIX asr ikkinchi yarmida esa natyurmort P. Fedotov, V. Perov, V. Makovskiy va shu kabi rassomlar, yo`nalish vakillari kompozitsiyalarida o`zini mazmun kuchiga ega bo`la boshladi. Bu toifa rassomlarning ijodida mualliflar natyurmort asosida davr ruhini va ijtimoiy yo`nalishni ochib berishga va kuchaytirishga harakat o`ilganliklarini guvohi bo’lamiz. XIX asr oxiri va XX asr bo`sag`asida M.A. Vrubel va V. Borisov - Musatovlar ijodida natyurmort etyudini mustaqil tarzda yechimini ishlash kuchayadi. Rus natyurmortini gullagan davri, uyg`onish davri XX asr boshlariga to`g`ri keladi. Bu davr san'ati shakliy, rangiy va fazoviy qurilishni topish yo’lidagi izlanishlar bilan xarakterlidir. Tasvirlash uslubini boyitish va kengaytirishga bo`lgan intilishlar rassomlarni Qadimgi Rus va milliy san'atga, Sharq san'atiga, har birining mumtoz me'rosiga, zamonaviy fransuz rangtasviri yutuqlariga murojaat qilishga undaydi. Bu davrning yaxshi namunalariga K.A. Karovin, I.E. Grabarlarning ipressionistik asarlari, A.Ya. Golivin va shu kabi "San'at olami" (Mir iskusstvo) uyushmasi a'zolari buyumlarning tarixiy-kundalik xarakterini aniq topa olgan asarlari, "Moviy atigullar" (Golubie rozi) uyushmasi a'zolari bo`lgan V.P. Kuznesov, N.N. Sapunov, S.Yu. Sudeykin va boshqalarning o`ta dekorativ asarlari, P.P. Konchalovskiy, I.I. Mashkov, A.V. Kuprin, R.R. Folk, A.V. Lentulov va shular kabi "Valet toppon" (Bunoviy valet) uyushmasi rassomlarining kundalik ahamiyati tiniq ochib berilgan, yorqin bo`yoqlarda ishlangan asarlari kiradi. 1920-1930-yillarda K.S. Petrov-Vodkin asarlarida natyurmort zamonasining falsafiy qarashlarini o`zida mujassamlashtiradi. Bu asarlar perspektiv va rangiy yechimini o`ziga xosligi bilan alohida ajralib turadi. Undagi buyumlar bir emas, bir nechta kuzatish nuqtasidan ishlangan. Fazoviy kenglikni bunday qurilishi rassomning buyumlar shakli va xajmini tekislik yuzasida bir-biri bilan uzviy bog`liqlikning tasvirlash imkoniyatini oshirgan. Yu.I. Pimenov ijodida natyurmort janri katta ahamiyat kasb etgan. Uning natyurmortlaridagi buyumlar emotsional ifodaviyligi bilan ajralib turadi. Yangi mavzular, siymolar va badiiy uslublar bilan boyigan XX asr rus san'ati misli kirilmagan darajada jadal suratlar bilan o’sdi, qandaydir 10-15 yil ichida XX asr san'atiga asos solish yilida impressionizmdan mavhum shaklnavislikkacha bo`lgan og`ir yillarni bosib o`tdi. Natyurmort rus rangtasvir san'ati tarixida bu darajada ko`zga ko`rinarli o`rinni oldin egallamagan edi.
"XX asrning boshlarida ko`pchilik rassomlar uchun, joiz bo`lsa, umuman rus san'ati uchun natyurmort rangtasvir tilini topishdagi o`ziga xos ilmiy, ijodiy laboratoriya bo’ldi desak, mubolag`a bo`lmaydi. Albatta, rangtasvirning mazmuni, mohiyati, uslubi, uslubiy tuzilish va format shakli, tili ham o`zgardi, o`ziga xos tarzda boyitib bordi. 1" Bu davr natyurmorti tasviriy san'atning janri sifatida o`z chegaralarini kengaytirdi va mislsiz taraqqiy qilganligi bilan ahamiyatlidir. Bu davr natyurmortida murakkab zamon shaxsining serqirraligi o`z aksini topdi. Tomoshabin bu asarlarda nafaqat turmush tarzini, balki har bir buyumga tegishli bo`lgan o`ziga xoslikni ham xis qilishi mumkin. Tashqi olamni, atrof-muhitni mavjudligi yanada to’laroq namoyon bo`ladi. Natyurmortda go`zallik tushunchasi endilikda turlicha ko`rinish kashf etdi: oldin tuzukroq narsa yoq degan joydan rassom ranglar va shakl boyligini ko`ra boshladi. Bevosita natyurmortda tasvirlanayotgan voqea-hodisalar safi ortib bordi.

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling