Mavzu: Tabiatda suvning tarqalishi va taqsimlanishi


Download 0.93 Mb.
bet1/4
Sana15.06.2023
Hajmi0.93 Mb.
#1483030
  1   2   3   4
Bog'liq
Tabiatda suvni tarqalishi va taqsimlanishi

Mavzu: Tabiatda suvning tarqalishi va taqsimlanishi

Reja:

Yer kurrasida quruqlik va suvning taqsimlanishi. Yer sirtining okeanlar va dengizlar suvlari bilan qoplangan yuzasi umumiy nom bilan Dunyo okeani deb ataladi. U planetamizning suv qobig’i bo’lgan gidrosfe­raning ajralmas va asosiy qismidir. Gidrosfera Dunyo okeanidan tashqari, yuqorida aytilgandek, quruqlikdagi suvlar­daryo­lar, ko’llar va muzliklardan, atmosferadagi suv bug’laridan, tuproqdagi namlikdan, shuningdek, yer osti suvlaridan tash­kil topgan.Yer kurrasi umumiy maydoni (510 mln.km2)ning 361 mln.km2 yoki 71 foizini Dunyo okeani egallagan, quruqliklar yuzasi esa 149 mln.km2 yoki uning 29 foizini tashkil etadi. Quruqlikdagi barcha ichki suv havzalarining yig’indi may­doni uning umumiy maydonining 3 foizidan kamrog’ini, muzliklar esa taxminan 10 foizini tashkil etadi.

  • Yer kurrasida quruqlik va suvning taqsimlanishi. Yer sirtining okeanlar va dengizlar suvlari bilan qoplangan yuzasi umumiy nom bilan Dunyo okeani deb ataladi. U planetamizning suv qobig’i bo’lgan gidrosfe­raning ajralmas va asosiy qismidir. Gidrosfera Dunyo okeanidan tashqari, yuqorida aytilgandek, quruqlikdagi suvlar­daryo­lar, ko’llar va muzliklardan, atmosferadagi suv bug’laridan, tuproqdagi namlikdan, shuningdek, yer osti suvlaridan tash­kil topgan.Yer kurrasi umumiy maydoni (510 mln.km2)ning 361 mln.km2 yoki 71 foizini Dunyo okeani egallagan, quruqliklar yuzasi esa 149 mln.km2 yoki uning 29 foizini tashkil etadi. Quruqlikdagi barcha ichki suv havzalarining yig’indi may­doni uning umumiy maydonining 3 foizidan kamrog’ini, muzliklar esa taxminan 10 foizini tashkil etadi.

Yer kurrasida quruqlik va suv yuzalari notekis taq­simlangan: quruqlikning katta qismi shimoliy yarim sharda bo’lib, uning yuzasi 39 foizni tashkil etadi: janubiy yarim sharda esa quruqlik bor yo’g’i 19 foizni egallagan. Bunday taqsimlanish atmosferaning umumiy sirkulyatsiyasiga va suvning tabiatda aylanishiga katta ta’sir ko’rsatadi.

  • Yer kurrasida quruqlik va suv yuzalari notekis taq­simlangan: quruqlikning katta qismi shimoliy yarim sharda bo’lib, uning yuzasi 39 foizni tashkil etadi: janubiy yarim sharda esa quruqlik bor yo’g’i 19 foizni egallagan. Bunday taqsimlanish atmosferaning umumiy sirkulyatsiyasiga va suvning tabiatda aylanishiga katta ta’sir ko’rsatadi.
  • Gidrosferaning turli qismlarida suv miqdorining taqsimlanishi to’g’risidagi ma’lumotlardan ko’rinib tu­ribdiki, Yer kurrasidagi suvning umumiy hajmi 1 mlrd 386 mln.km3 dan ortiq. Bundan 1 mlrd 338 mln.km3 qismi Dunyo okeanida, 234 mln.km3-Yer po’stida, 26 mln.km3-muzlik­larda, 176 ming km3­ko’llarda, 2,1 ming km3 esa daryolardadir (1­jadval). Yerdagi suvning umumiy hajmi taxminan hisob­langan, chunki yer osti suvlarining miqdori hali unchalik aniq baholangan emas.
  • Yer kurrasidagi chuchuk suvlarning umumiy zahirasi 35 mln.km3 deb baholanadi (Yerdagi umumiy suv hajmining 2,3 foizi), uning 68 foizidan ko’prog’i Antarktida va Gren­landiya muzliklarida va 30 foizi yer osti suvlaridan ibo­ratdir. Hozirgi paytda foydalanish uchun mumkin bo’lgan chuchuk suvlar miqdori Yerdagi umumiy suv hajmining tax­minan 0,3 foizini tashkil etadi

Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling