Suvning tabiatda aylanishi tufayli materiklarga suv keladi va bu suv bilan tuproq, o’simlik, hayvonot olamining ehtiyojlari ta’minlanadi, jilg’alar, soylar, daryolar va ko’llar suvga to’ladi. - Suvning tabiatda aylanishi tufayli materiklarga suv keladi va bu suv bilan tuproq, o’simlik, hayvonot olamining ehtiyojlari ta’minlanadi, jilg’alar, soylar, daryolar va ko’llar suvga to’ladi.
- Okean yuzasidan bo’lgan bug’lanish, kondensatsiya va okeanga tushadigan yog’indan iborat kichik aylanishdan tashqari suvning yana ikki xil aylanishialohida olingan materik doirasidagi va katta, ya’ni butun Yer kurrasi miqyosidagi aylanma harakati farq qiladi. Suvning materik doirasidagi aylanishi unga chetdan namlik kelishi, yog’insochinlar, atmosfera oqimi, ya’ni namlikning chekka hududlardan materik ichkarisiga olib borilishi, bug’lanish va daryo oqimidan tashkil topadi. Suvning katta aylanishi ham materiklardagi, ham okeanlardagi suvning barcha turdagi aylanishini o’z ichiga oladi. Quruqlikdan daryo oqimi ko’rinishida okeanlarga yoki ular bilan tutash bo’lgan dengizlarga qaytib tushgan suv katta suv aylanishi jarayonini tugallaydi. Shunday qilib, Dunyo okeani, atmosferadagi namlik va quruqlik suvlari yagona tizim sifatida o’zaro bog’langandir.
Yer sirtining quruqlik qismida hosil bo’lgan daryo suvlarining bir qismi okeanlar va dengizlarga quyilsa, bir qismi materiklar ichida qoladi. Quruqlik yuzasining katta qismi (78 foizi) Dunyo okeaniga tomon qiya bo’lib, u yerda hosil bo’lgan daryo oqimi okeanlarga kelib tushadi. Quruqlikning bu qismi okeanga tutash yoki chekka oqimli hududlar deb ataladi. Daryolari suvi bevosita okeanga kelib tushmaydigan hududlar ichki oqimli hududlar yoki berk (okeanga nisbatan) hududlar deb nomlanadi. - Yer sirtining quruqlik qismida hosil bo’lgan daryo suvlarining bir qismi okeanlar va dengizlarga quyilsa, bir qismi materiklar ichida qoladi. Quruqlik yuzasining katta qismi (78 foizi) Dunyo okeaniga tomon qiya bo’lib, u yerda hosil bo’lgan daryo oqimi okeanlarga kelib tushadi. Quruqlikning bu qismi okeanga tutash yoki chekka oqimli hududlar deb ataladi. Daryolari suvi bevosita okeanga kelib tushmaydigan hududlar ichki oqimli hududlar yoki berk (okeanga nisbatan) hududlar deb nomlanadi.
- Yer kurrasida chekka oqimli hududlar 117 mln.km2 ni, ichki oqimli (berk) hududlar esa 32 mln.km2 ni tashkil etadi. Eng katta ichki (berk) oqimli hududlarga OrolKaspiy havzasi, Afrikadagi Chad ko’li havzasi, Sahroi Kabir, Arabiston va Markaziy Avstraliya cho’llari misol bo’ladi. Yer kurrasining suv muvozanati
- Yuqorida gidrosferada mavjud bo’lgan umumiy suv hajmi 1,386109 km3 ga teng ekanligi qayd etildi. Lekin, tabiatdagi yillik suv aylanish jarayonida uning nisbatan juda kam qismi, ya’ni 518600 km3 yoki umumiy suv hajmining 0,037 foizi ishtirok etadi.
- Dunyo okeani suvi sathining doimiyligini e’tiborga olib, ayni geologik davr uchun gidrosferadagi suv zahirasini hamda suv aylanish jarayonida ishtirok etadigan suv hajmini o’zgarmas deb hisoblash mumkin. Natijada Yer kurrasida namlik aylanishi jarayonida iishtirok etayotgan kirim (atmosfera yog’inlari) va chiqim (bug’lanish) qismlari o’rtasida ma’lum tenglikmuvozanat mavjud bo’ladi. Ushbu tenglik (balans)ni Yer kurrasi va uning ayrim qismlari (Dunyo okeani, chekka oqimli hudud, ichki oqimli hudud) uchun suv muvozanati tenglamalari ko’rinishida ifodalash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |