Mavzu Tabiatni muhofaza qilishda jamoat tashkilotlarining roli Tabiatni muhofaza qilish


Atrof muxit muxofazasi tabiyatni o'rni


Download 213.67 Kb.
bet6/9
Sana17.06.2023
Hajmi213.67 Kb.
#1541573
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
ATM

Atrof muxit muxofazasi tabiyatni o'rni
Yurtimizning har qarich yeri oltinga teng. Uning go‘zal tabiati, musaffo havosi, ziloldek tiniq va shifobaxsh suvlari har qanday kishini o‘ziga maftun etadi. Mana shunday betakror go‘zallikni asrab-avaylash, kelajak avlodga bus-butunligicha yetkazish har birimizning unutilmas burchimizdir.
5 iyun – Xalqaro Atrof-muhitni muhofaza qilish kuni butun dunyo bo‘ylab har yili keng nishonlanadi. Ushbu sana Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh Assambleyasi tomonidan 1972 yil Stokgolmda bo‘lib o‘tgan Insoniyat muhiti mavzuidagi konferentsiyada joriy etilgan.
O‘tgan yillar davomida mazkur kun 100 dan ortiq mamlakatda nishonlandi, hozirda ekologik muammolarni yechishga yordam beruvchi muhim bir zamin bo‘lib xizmat qiladi. Bundan tashqari, ushbu kunda barcha xalqlar birlashib, atrof-muhitni muhofaza qilishga, ona-erimizni asrab qolishga o‘zining shaxsiy hissasini qo‘shish imkoniga ega bo‘ladi.
Mazkur sana munosabati bilan noyob o‘simlik va hayvonot dunyosiga boy bo‘lgan Hisor davlat qo‘riqxonasiga tashrif buyurdik.
Aslida ushbu so‘lim maskan ajoyibotlari qo‘riqxona xududidan oqib o‘tuvchi daryo va irmoqlardan oqib kelib, ulkan ummonni tashkil qilgan Hisorak suv omboridan boshlanadi. Qo‘riqxona tabiatini mo‘ta’dil bo‘lishida undagi mavjud daryo va ko‘llarning ahamiyati bekiyosdir. Uning hududi bilan chegaradosh Surxandaryo, Tojikiston va Holikdod soyining boshida joylashgan Severtsov, Botirboy muzliklaridan bir qator suv manbalari boshlanadi. Ularning ichida eng yiriklari OqsuvTanxoz va Qizildaryo daryolari hisoblanadi. Shu uch daryo suvining Shahrisabz tumani hududida ko‘shilishi natijasida Qashkadaryo daryosi hosil bo‘ladi. Daryolar qor, muz, yer osti suvlari va yog‘inlardan to‘yinadi, ularni yuqoridan pastga qarab oqishi jarayonida katta-kichik sharsharalar hosil bo‘ladi.


Download 213.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling