Mavzu: Tabiatshunoslik fanini o’qitishda zamonaviy ta’lim jarayonini tashkil etish metodlari. Reja: Kirish Mavzuning dolzarbligi va ahamiyati. I bob tabiiy fanda tasavvur va tushunchalarni shakllantirishning metodik asoslari
Download 320.99 Kb.
|
STEAM TABIIY 26.05
- Bu sahifa navigatsiya:
- II BOB Zamonaviy ta’lim jarayonini tashkil etish metodlari.
- Xulosa va tavsiyalar Foydalanilgan adabiyotlar Ilovalar Mundarija Kirish………………………………………………………………………3
- Xulosa va tavsiyalar……………………………………………………….81 Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………………..83 Ilovalar KIRISH
Mavzu: Tabiatshunoslik fanini o’qitishda zamonaviy ta’lim jarayonini tashkil etish metodlari. Reja: Kirish Mavzuning dolzarbligi va ahamiyati. I BOB Tabiiy fanda tasavvur va tushunchalarni shakllantirishning metodik asoslari. 1.1.Tabiiy fan o’qitishni tashkil etishning nazariy asoslari. 1.2.Tabiiy STEAM o’qitish tizimi haqida tushunchalar. II BOB Zamonaviy ta’lim jarayonini tashkil etish metodlari. 2.1. Tabiiy fanlarni o’qitishning zamonaviy metodikasi. 2.2.Tabiiy fanlarni o’qitishda amaliy ishlarni tashkil etish. 2.3. Tabiiy fan darslarida axborot texnologiyalaridan foydalanish. Tajriba sinov ishlari Xulosa va tavsiyalar Foydalanilgan adabiyotlar Ilovalar Mundarija Kirish………………………………………………………………………3 Mavzuning dolzarbligi va ahamiyati. I BOB Tabiiy fanda tasavvur va tushunchalarni shakllantirishning metodik asoslari. 1.1.Tabiiy fan o’qitishni tashkil etishning nazariy asoslari……………………………………………………………………………7 1.2.Tabiiy STEAM o’qitish tizimi haqida tushunchalar……………………………………………………..………………21 II BOB Zamonaviy ta’lim jarayonini tashkil etish metodlari. 2.1. Tabiiy fanlarni o’qitishning zamonaviy metodikasi………………………………………………………………………36 2.2.Tabiiy fanlarni o’qitishda amaliy ishlarni tashkil etish………………50 2.3. Tabiiy fan darslarida axborot texnologiyalaridan foydalanish……….60 Tajriba sinov ishlari………………………………………………………..77 Xulosa va tavsiyalar……………………………………………………….81 Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………………..83 Ilovalar KIRISH Mamlakatimizda ta'lim tizimiga davlat siyosati darajasida e’tibor qaratiimoqda. O'zbekiston Respublikasining 2017-2021 yillarga mo'Ijallangan Harakatlar strategiyasida ta’lim tizimini qayta ko'rib chiqish va uni yanada takomillashtirish vazifalari belgilab berildi. Bu muammolarni to'laqonli hal etishda o'qituvchi-peda-gogning intellektual salohiyati va kasbiy mahorati muhim aha-miyat kasb etadi. Shu boisdan ham amalga oshirilayotgan ishlarni pedagogik tahlil qilish, ta'lim-tarbiyaviy jarayonlarining samarali kechishini ta'minlash zaruriyati yuzaga keldi. Bu talablar pedagogika oliy o'quv yurtlarining maktabgacha ta'limyo'nalishi bo'yicha malakali kadrlar tayyorlashga ham taalluq-li bo'lib, bu ixtisos beradigan fanlarning nazariy jihatdan yanada takomillashtirishni taqozo etadi. Zamonaviy bilim berish uchun o’qituvchidan ana shunday bilimga ega bo’lishi kerak shuning uchun pedagog kadrlar obro’-e’tiborini ijtimoiy maqomini ma’suliyatini, malakasini oshirishga va zamon talablariga mos holda qayta tayyorlashga katta e’tibor berilmoqda. Jamiyat hayotidagi barcha o’zgarishlar ta’lim tizimida ham o’z aksini topishi tabiiy. Kimyoni o’qitishda faqat axborot berish davri allaqachonlar o’tib ketgan. Endilikda, bilim oluvchilarni mustaqil fikrlashga, didaktik yangiliklarni izlab topishga undash va ularni shunday faoliyatga yo’naltirish payti yetib keldi. Hozirda har bir maktabda ta`lim-tarbiya samaradorligini oshirish jidiy vazifa bo`lib turibdi. Buning uchun har bir o`qituvchi o`z fanini o`qitishning eng samarali zamonaviy pedagogik texnologiyalarni puxta bilishi va bu sohadagi yangiliklarni uzluksiz o`rganib borish orqali kasbiy mahoratini muntazam oshirib borishi talab qilinadi. Ta`lim-tarbiya jarayoni,sifati va samaradorligini oshirish kelgusi taraqqiyotimizning asosi ekanligi ma`lum. Buning uchun har qaysi ota-ona, ustoz va murabbiy har bir bola timsolida avvalo shaxsni ko`rishi zarur. Anashu oddiy talabdan kelib chiqqan holda, farzandlarimizni mustaqil va keng fikrlash qobiliyatiga ega bo`lgan, ongli yashaydigan komil insonlar etib, voyaga yetkazish ta`lim-tarbiya sohasining asosiy maqsadi va vazifasi bo`lishi lozim, deb qabul qilishimiz kerak. Bu esa ta`lim va tarbiya ishini uyg`un holda olib borishni talab etadi. Bugungi kun o’qituvchisi har bir mashg’ulotga kirar ekan, har doim uning oldida “Darsni qanday tashkil etish kerak?”, “Qaysi didaktik materialdan qay tarzda foydalanish kerak?”, “Ushbu mavzuni o’tishda qaysi metodlardan foydalanish samarali bo’ladi?” degan savol turadi. Darsda ko’zda tutilgan ta’limiy-tarbiyaviy maqsadlarga erishishda o’qituvchining o’z mutaxassisligi doirasidagi chuqur bilimi, intellektual salohiyatining o’zi yetarli emas. O’qituvchi o’zidagi bilimlarni o’quvchilarga to’liq singdira olishi hamda ularda egallangan bilimlarini amalda qo’llay olishga qaratilgan ko’nikma va malakalarni shakllantira olishi kerak. Shu bois har bir fan o’qituvchisi, xoh u maktab o’qituvchisi, xoh u oily ta’lim o’qituvchisi bo’lsin, nafaqat o’z tajribasi, balki o’zgalar tajribasiga ham suyangan holda dars o’tish metodlari ustida jiddiy bosh qotirishi zarur. Metodlarning ob’ektiv va sub’ektiv jihatlari mavjud bo’lib, uning ob’ektiv jihatlarida barcha didaktik qoidalar, qonunlar va qonuniyatlar, tamoyillar, ya’ni o’quv faoliyatining shakllariga xos bo’lgan barcha umumiy jihatlar aks etsa, sub’ektiv jihatlari pedagog shaxsi va ta’lim oluvchilarning o’ziga xos xususiyatlari, konkret shart- sharoitlarga bog’liq bo’ladi. Keying yillarda ta’lim jarayonida erkin fikrlaydigan, mustaqil izlanadigan o’quvchilarni shakllantirishga yo’naltirilgan interfaol-interaktiv usullarni qo’llashga e’tibor kuchaydi. “Interfaol” atamasi lotincha “inter akt” so’z birikmasidan olingan bo’lib, “inter”-o’zaro, birgalikdava “akt”faoliyat ma’nolarini anglatadi. Interfaol metodlar ta’lim jarayoni ishtirokchilarining birgalikda, ya’ni o’zaro hamkorlikdagi faoliyat yuritishiga asoslanadi. Bunda o’quvchilar va talabalar an’anaviy ta’limdagi kabi faqat tayyor bilimlarni eshitib qabul qiluvchi passiv ob’ektdan ta’lim jarayonida bevosita ishtirok etuvchi, mustaqil fikrlovchi faol sub’ektga aylanadilar. Hozirgi vaqtga kelib har bir kimyo darsini amalga oshirishda innovatsion texnologiyalardan foydalanib dars o`tish shart bo`lib qoldi, chunki o`quvchilarning bilimini oshirish maqsadida bu metodlarni qo`llash yaxshi samara bermoqda. Hozirgi ilm- fan, texnika va sanoat jadal rivojlanayotgan, ijtimoiy, ekologik holat keskinlashib borayotgan paytlarda maktablarda kimyo fanining mazmun jihatdan yangicha o`qitish bir tomondan zarurat bo`lsa, ikkinchi tomondan zamon talabidir. Maktablarda ushbu fanni o`qitish o`qituvchidan katta tajriba va malaka talab etadi. Zero, har qanday fan qiziqarli tarzda o`tilsa, o`quvchilar oson tushunadi. Bu o`z navbatida fan o`qituvchilari zimmasiga ulkan ma`suliyat yuklaydi. Download 320.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling