Mavzu: Tabiatshunoslik fanini o’qitishda zamonaviy ta’lim jarayonini tashkil etish metodlari. Reja: Kirish Mavzuning dolzarbligi va ahamiyati. I bob tabiiy fanda tasavvur va tushunchalarni shakllantirishning metodik asoslari
Tabiiy STEAM o’qitish tizimi haqida tushunchalar
Download 320.99 Kb.
|
STEAM TABIIY 26.05
- Bu sahifa navigatsiya:
- I bob bo’yicha xulosa
1.2.Tabiiy STEAM o’qitish tizimi haqida tushunchalar
STEAM - hozirgi kunda dunyo ta’lim tizimining eng asosiy urf bo‘lgan innovatsion metodlaridan biri hisoblanadi. Bir qaraganda STEAM abbreviaturasi juda murakkab ko‘rinadi, lekin uni alohida ko‘radigan bo‘lsak sodda va aniq ekanini kovrishimiz mumkin, ya’ni: S – science, T – technology, E – engineering, A – art, M – mathematics, yoki tabiiy fanlar, texnologiya, muhandislik san’ati, ijod, matematika. Oddiy so‘z bilan aytganda, zamonaviy dunyoda eng ko‘p talabetilayotgan fanlardir. Hech kimga sir emaski, ko‘plab fan tarmoqlarida katta yutuqlarga erishish uchun o‘zlashtiriladigan turli sohalardagi bilimlarning integratsiyasi talab etiladi. Aynan shunday muammolarni hal qilishda STEAM texnologiyasi yordam beradi. Bu metodika ta’limni aralash turda olib borish va egallangan nazariy bilimlarni kundalik hayotda qo‘llay olish ko‘nikmalarini shakllantirishga imkon beradi. STEAM bu maktabda va maktabdan tashqarida loyiha va o‘quv−tadqiqot faoliyatini amalga oshirish imkoniyatini beruvchi innovatsion texnologiyadir. Ushbu metod yordamida fanlar alohida tarmoqlarda emas, balki integratsiyalashgan holda, umumiy bog‘liqligini ko‘rsatib o‘rgatiladi. Fanlarni kundalik hayot bilan bog‘liqligini ko‘rsatishdan tashqari, texnologiya o‘quvchilarning ijodkorligini ham ko‘rsatib berishi mumkin. Ushbu yondashuvo‘quvchilarning faoliyatiga bir qancha vazifalarni taqdim etadi, o‘quvchi ularni hal qilishida ijodkorligini namoyon qilishni o‘rganadi.Bunday vazifalar yordamida o‘quvchi g‘oyalarni nafaqat o‘ylab topadi, balki ularni kundalik hayotida amalga oshirishni ham o‘rganadi. Shu tariqa, o‘quvchi o‘z faoliyatini oldiga qo‘yilgan vazifalari va mavjud imkoniyatlari doirasida hal qilishga o‘rganadi. STEAM (Sfan, T-texnologiya, E-muhandislik, A- san’at, M- matematika) - ilm-fan, texnologiya, muhandislik, san’at va matematikani birlashtiruvc hi zamonaviy yondashuv. STEAM bolalarda quyidagi muhim xususiyatlar va ko‘nikmalarni rivojlantirishga yordam beradi: Muammolarni keng qamrovli tushunish Ijodiy fikrlash Muhandislik yondashuv Tanqidiy fikrlash Ilmiy metodlarni tushunish va qo‘llash Dizayn asoslarini tushunish. Bu yondashuv kelajakda bolalarda hayotiy muammolarni hal etishda yordam beradi. Bugungi kunda STEAM - ta’lim dunyodagi asosiy tendentsiyalardan biri sifatida rivojlanmoqda va amaliyot yondashuvni qo‘llashda beshta sohani yagona o‘quv sxemasiga integratsiyalashga asoslangan. Bunday ta’limning shartlari uning uzluksizligi va bolalarning guruhlarda o‘zaro muloqot qilish qobiliyatini rivojlantirish bo‘lib, buna ular fikrlarni to‘plashi va fikrlar almashishi mumkin.Shuning uchun, asosiy ta’lim dasturiga quyidagilar: lego-texnologiyalar, bolalar tadqiqotlari kabi mantiqiy fikrlashni rivojlantirish modullari kiradi. STEAM yondashuvi tufayli bolalar tabiatni tushunib, dunyoni muntazam o‘rganishadi va shu bilan qiziqishlarini, muhandislik fikrlash uslubini, tanqidiy vaziyatlardan chiqish qobiliyatini, jamoaviy ish qobiliyatin i rivojlantirish va liderlik, o‘z -o‘zini namoyon qilish asoslarini o‘rganishadi, o‘z navbatida, bolalar rivojlanishining tubdan yangi darajasini ta’minlaydi. O‘z-o‘ziga ishonchni shakllantirish.Bu yondashuvda bolalar o‘z qo‘llari bilan yaratgan ko‘prik va yo‘llar, samolyotlar va avtomobillarni “ishga tushirib”, suv osti va havo tuzilmalarini “rivojlantirib”, sinovdan o‘tkazib, har safar ular maqsadga yaqinlashib borishadi. Yaxshi natijabermagan “mahsulot”ni qayta-qayta sinovdan o‘tkazib, takomillashtirib borishadi. Natijada barcha muammolarni o‘zi hal qilish, maqsadga erishish bolalar uchun ilhom, g‘alaba, adrenalin va quvonch olib keladi. Har bir g‘alaba, o‘zlarining qobiliyatlariga ko‘proq ishonch uyg‘otadi. Faol muloqot va jamoaviy ishni tashkil etishni o‘rgatadi. STEAM dasturlari ham faol muloqot va guruh bo‘lib ishlashni o‘rgatishi bilan ajralib turadi. Muhokama bosqichida bolalar fikr bildirishga qo‘rqmaslikka o‘rganadilar. Faoliyatlar jarayonida bolalar frontal usulda stol atrofida o‘tirmaydi, o‘zlarining dizaynlari asosidagi “mahsulot”larni sinovdan o‘tkazadi va rivojlantiradi. Faoliyat jarayonida bolalar hamma vaqt hamkorlikni ta’minlaydigan jamoada tarbiyachilar va ularning do‘stlari bilan muloqot qilish bilan band bo‘lishadi. Texnik fanlar bo‘yicha qiziqishlarni rivojlantirish. Maktabgacha vaboshlang‘ich maktab yoshidagi STEAM ta’limi vazifasi qiziqishning rivojlanishi uchun dastlabki shart-sharoitlarni yaratishdir. Bolalar uchun tabiat fanlari va texnik fanlar bo‘yicha, qilgan ishni yaxshi ko‘rish, qiziqishni rivojlantirish uchun asosdir. STEAM – bolalar uchun juda qiziqarli va dinamik bo‘lib, bolalarning zerikishlariga to‘sqinlik qiladi. S – science - tabiiy fanlar T – technology - texnologiya E – engineering – muhandislik A – art - san’at M – math. – matematika. Ushbu yo‘nalishlar zamonaviy dunyoda eng mashhur bo‘lib kelayotgan tizimdir. Shuning uchun bugungi kunda STEAM tizimi asosiy tendentsiyalardan biri sifatida rivojlanmoqda. STEAM ta’limi yo‘nalishi va amaliy yondashuvni qo‘llash, shuningdek, barcha beshta sohani yagona ta’lim tizimiga integratsiyalashuviga asoslangan.STEAM Amerikada ishlab chiqilgan. Ba’zi maktablar bitiruvchilarning iqtidorlarini e’tiborga olib va fan, texnologiya, muhandislik va matematika kabi fanlarni birlashtirishga qaror qilishdi va STEM tizimi shu tarzda shakllandi. (Fan, texnika, muhandislik va matematika). Keyinchalik bu erda Art qo‘shildi va endiSTEAM oxirigacha shakllandi. O‘qituvchilar ushbu mavzular, aniqrog‘i ushbu fanlardan bilimlar kelajakda talabalarning yuqori malakali mutaxassis bo‘lib yetishishiga yordam beradi, deb hisoblashadi. STEAM texnologiyasida bolalar yaxshi bilim olishga intilishadi va uni darhol amalda qo‘llashadi. Agar biz an’anaviy ta’limning asosiy maqsadi bilimlarni o‘rgatish va bu bilimlardan fikrlash va ijod qilish uchun foydalanish deb aytsak,STEAM yondashuvi bizni olgan bilimlarni haqiqiy ko‘nikmalar bilan birlashtirishga o‘rgatadi. Bu maktab o‘quvchilariga nafaqat ba’zi bir g‘oyalarga ega bo‘lish, balki ularni amalda qo‘llash va amalga oshirish imkoniyatini beradi. Agar biz an’anaviy ta’limning asosiy maqsadi bilimlarni o’rgatish va bu bilimlardan fikrlash va ijod qilish uchun foydalanish deb aytsak, STEAM yondashuvi bizni olgan bilimlarni haqiqiy ko‘nikmalar bilan birlashtirishga o‘rgatadi. Bu maktabgacha yoshdagi bolalarga nafaqat ba’zi bir g‘oyalarga ega bo‘lish, balki ularni amalda qo‘llash va amalga oshirish imkoniyatini beradi. STEAM yondashuvining eng mashhur namunasi – Massachusets Texnologiya Instituti (MIT). Ushbu dunyo universitetining shiori “Mens et Manus” (Aql va Massachusets Texnologiya Instituti bolalarga STEAM tushunchasini oldindan o‘rganish va tanishish imkoniyatini berish uchun STEAM kurslarini ishlab chiqdi va hattoki ba’zi ta’lim muassasalarida STEAM o‘quv markazlarini yaratdi.Statistikaga ko‘ra, 2011 yildan buyon STEAM-kasblarga bo‘lgan talab darajasi 17% ga oshdi, oddiy kasblarga bo‘lgan talab esa faqat 9,8% ga oshdi, bu esa butun dunyo bo‘ylab ushbu ta’lim tizimiga katta talabni ko‘rsatadi.Maktabgacha ta’limda STEAM ta’lim texnologiyasidan foydalanishzaruriyati Ko‘pgina mamlakatlarda STEAM-ta’lim ba’zi sabablarga ko‘ra ustuvor ahamiyatga ega:Yaqin kelajakda dunyoda va shuning uchun O‘zbekistonda muhandislar, yuqori texnologiyali ishlab chiqarish mutaxassislariga talab juda yuqori bo‘ladi. Uzoq kelajakda biz tabiiy fanlar bilan birgalikda texnologiya va yuqori texnologiyali ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan kasblarga ega bo‘ lamiz, ayniqsa bio va nanotexnologiya mutaxassislariga katta talab bo‘ladi.Mutaxassislar texnologiya, tabiiy fanlar va muhandislikning turli sohalaridan keng qamrovli ta’lim va tajribaga muhtoj bo‘ ladi.STEAM ta’limining afzalliklari Ta’lim berishni o‘quv fanlari bo‘yicha emas, balki “mavzular” bo‘yicha integratsiyalab olib boorish ilmiy-texnik bilimlarni real hayotda qo‘llash Tanqidiy tafakkur ko‘nikmalarini rivojlantirish va muammolarni yechish Faol kommunikatsiya va jamoada ishlash O‘z kuchiga ishonish hissini ortishi STEAM taʼlimining afzalliklari Texnik fanlarga bo‘lgan qiziqishlarni rivojlantirish Loyihalarga kreativ va innovatsion yondashuv Taʼlim va karyera orasidagi ko‘prik O‘quvchilarni texnologik innovatsion hayotga tayyorlash Maktabgacha ta’limda STEAM ta’lim texnologiyasining ahamiyati O‘zbekiston Respublikasida ta’lim tizimini isloh qilish borasida islohotlar amalga oshirilmoqda. “Zamonaviy maktablarni tashkil etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Qarori, “2017-2021- yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Prezident Qarori, “Prezident maktablarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Qarori va boshqa ko‘plab respublikamizdagi ta’lim tizimini dunyodagi yetuk ta’lim tizimlariga tenglashtirish borasida gi islohotlarni ta’kidlab o‘tish mumkin. Ushbu maqsadlarni bajarish uchun 2016-yildan boshlab milliy ta’lim tizimida STEM paydo bo‘lishi haqida so‘z yuritilmoqda. Hozirgi kunda STEM ta’lim tizimi dunyo miqyosida keng tan olinmoqda. Ba’zi mamlakatlarda ushbu ta’lim tizimi milliy ta’lim tizimi etib tayinlangan. 2016-yil natijasiga ko‘ra STEM ta’lim tizimi bo‘yicha maktabni tamomlaganlar taqsimotiga ko‘ra yuqori texnologiyalar bo‘yicha jadal tarzda rivojlanib borayotgan Xitoy birinchi o‘rinni, AQSH va Rossiya munosib ravishda 3 va 4 o‘rinni egalladi. STEM ta’limi nima degani? STEM so‘zi ingliz 4 so‘zning bosh harflaridan tashkil topgan abreviatura bo‘lib, unda: S – Science –Fan T – Technology – Texnologiya E – Engineering –Injinerlik M – Mathematics – Matematika. Yaqin kunlarda ushbu apreviaturaga A - Art –San’at bo‘limi ham qo‘shilgan.Ya’ni STEM tizimida ta’lim ushbu 4 yo‘nalishga urg‘u bergan holda, undan tashqari ularning bir-biri bilan bog‘liqligini ko‘rsatgan holda olib boriladi. Globallashuv davridagi texnologik o‘zgarishlarni ortidan qolib ketmaslik maqsadida, yangi texnologiyalar, bazalar shakllanishi, sun’iy aql kabi trend texnologiyalarni bilish, ularga muvofiq ta’lim berish hozirgi zamon pedagoglarning, pedagogik texnologiyal arning asosiy vazifalaridan biri hisoblanmoqda. STEM bizning kundalik hayotimizdagi innovatsiyalarni ta’lim tizimiga kiritib beradi. Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, STEM ta’lim tizimi orqali bolada kreativlik, qunt, qiziquvchalik va hozirgi kunda eng muhim bo‘lgan xususiyat - muammoni hal qilish (problem-solving skills) qobiliyati shakllanadi. O‘zbekiston Respupblikasida STEM ta’lim tizimini davlat ta’lim tizimiga kiritish bo‘yicha o‘tgan 2 yil mobaynida ishlar amalga oshirilmoqda. Lekin xususiy maktablarda buning imk oni osonroq bo‘lsa, umumiy ta’lim tizimiga STEM ta’lim tizimini kiritishda bir qator muammolar borligi ta’kidlanmoqda. 2019-yilning dekabr oyida Xalq ta’limi vazirligi Xitoyda bo‘lib o‘tgan Shanghai International STEM Education Expo (STEAMEX) ko‘rgazmasida ishtirok etdi. O‘zbekistonda STEMta’lim tizimini umumiy xalq ta’limiga tadbiq etish borasida AQSH mutaxassisi jalb qilindi. Undan tashqari Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev tashabbuslari bilan yurtizmida tashkil etilgan prezident maktablarida STEM ta’lim tizimi orqali ta’lim beriladi. Zamonaviy tadqiqotlar STEM tizimi maktab ta’lim tizimiga oid bo‘lgani bilan, uni eng kichik yoshdan, maktabgacha davrdan boshlab tadbiq etish muhim ekanligini ta’kidlamoqda. Bolaning eng kichik yoshidan boshlab STEM tizimiga olib kirishning ahamiyati, muvaffaqiyat ildizidir. Aslida STEM fikrlash bolalikdan boshlanadi. Bola yurishni bilmagan paytida ham jarayonlarning bog‘liqligi, ketmaketligi va ehtimollikni tushuna oladi. Ushbu xususiyatlar har tomonlama rag‘batlantirilishi lozim. Maktabgacha ta’lim tizimida STEM tizimi bo‘yicha faoliyat kundalik ish rejasi asosida olib borilishi mumkin. STEM ta’lim tamoyillarga asoslanadigan faoliyatlarni ishlab chiqish va amalga tadbiq etish muhim hisoblanadi. Misol. STEM ta’lim tizimini kitoblar orqali kichik yoshdagi bolaning hayotiga olib kirish samarali mexanizmlardan biri hisoblanadi. Kitob bolani STEM tizimiga olib kirishda kuchli tramplin bo‘la oladi. Kitob bola uchun faoliyat va jarayon orasidagi bog‘lovchi vosita bo‘ladi. Misol uchun kitobdagi baliqcha haqida bolalar bilan suhbat qurib, bog‘chadagi akvariumda yashovchi baliqlarni o‘rgansa bo‘ladi. Kitob bolani yoshligidan ilm-fanga bo‘lgan qiziqishini kuchaytiradi, kitob orqali bolada fanga oid so‘z boyligi ortadi. Bu yerda muhim jihat STEM tamoyillariga asoslangan kitobni ensiklopediya kitoblari bilan adashtirmaslik. Kichik yoshdagi bolalar uchun tayyorlanadigan kitoblarni STEM ta’lim tizimi doirasida qanday strukturalashtirish mumkin: S-Science Kichik yoshdagi bolalarni fan olamiga olib kirishda hayvonot olami, dengiz hayvonlari, o‘simlik va hashoratlar haqidagi kitoblardan foydalansa bo‘ladi. T-Technology Atrofimizda, bolalar xonasida, kundalik faoliyatimizda uchraydigan texnologiya buyumlari aks etgan qiziqarli kitoblar bolani texnologiya olamiga olib kiradi. Qaychi, g‘ildirak, mashina, oyisining kir yuvish mashinasi, telefon va hokazolarni kitobda ichini ko‘rsatgan holda namoyon qilish, buyumlar haqida hikoyalar o‘qish mumkin. Qiziqarli hikoya bilan namoyon bo‘lgan texnologik buyumlar illyutsrasiyasi bolani miyasida savollar paydo bo‘lishiga, tahliliy o‘ylashiga turtki bo‘lishi mumkin. E-Engineering Injinerlik sohasiga bolalarni olib kirishni shakllarni o‘rganishdan boshlasa bo‘ladi. Shakllar, ularning atrofimizdagi buyumlarda aksi, shakllarning birbiri bilan munosabatini haqidagi biron shaklga ega bo‘lgan kitob foydali vosita bo‘ladi.A – Art Bolani san’at olamiga olib kirishni bolaligidan boshlash zarur. Milliy va dunyo miqyosida buyuk san’at arboblari asarlari, san’at namunalaridan tashkil topgan kitoblar, bolalar ko‘ziga yosh psixologiyasini inobatga olgan illyustrasiyalar STEM ta’limi tamoyiliga munosib bo‘ladi. Malevichning “Qora kvadrat” rasmi orqali shaklni ko‘rsatish, Monkning “Qo‘rquv” asari orqali hissiyotlarni namoyon qilish kabi faoliyatlar bolalarni qiziqtira oladi. M – Math Kichik yoshdagi o‘qishni bilmaydigan bolalarga ham sanash asoslarini o‘rgatish mumkin. Faqat bu 1+1 kabi zerikarli, bolaning neyrofiziologik rivojlanishiga to‘g‘ri kelmaydigan ta’lim bo‘lmay, balki interaktiv innovatsion yondashuvga ega ta’limini qo‘llashdir. Kitob illyustrasiyadagi hayvonlar soni, barmoqlar soni, yuzagi a’zolarning yonida “1” (og‘zi bitta) yoki “2” (ko‘zi ikkita) sonlarining namoyon bo‘lishi bolada matematika asoslarinishakllanishida va sonlarga qiziqishi uyg‘onishiga yordam beradi. Eng muhimi, bolaga STEM tizimiga oid kitob tanlayotganda u zerikarli bo‘lmasligi va bolaning yosh psixologiyasiga munosib bo‘lishini ta’minlaydi. Ushbu kitoblar bolaning e’tiborini jalb qila oladigan, kichik yoshdagi bolalar psixologiyasiga mos keladigan, ularning yoshiga yarasha ma’lumotni taqdim eta oladigan va shu bilan bir qatorda STEM ta’limiga asoslangan illyustrasiyalardan iborat.Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni Prezidentimiz oldimizga qo‘ygan vazifalaridan kelib chiqqan holda har tomonlama yetuk va hozirgi zamon talablariga mos ravishda rivojlanishida STEM tizimini asoslarini shakllantirishda quyidagi vazifalarni bajarish maqsadga muvofiq bo‘ladi:MTT ni kitob bilan ta’minoti jarayonida kitoblarni STEM tamoyillariga asoslanganligiga qarab tanlash; MTT tizimining ish rejasiga STEM tamoyillariga asoslangan kitoblar bilan ish faoliyatni yurgazish mexanizmlarini kiritish; Kichik yoshdagi bolalar so‘z boyligini STEM kitoblari yordamida ko‘paytirish; Kichik yoshdagi bolalar uchun mo‘ljallangan, innovatsion texnologiyalardan tashkil topgan STEM kitoblarini ishlab chiqarilishini rag‘batlantirish;MTT pedagoglarini STEM ta’lim tizimi bilan tanishtirish mexanizmlarini ishlab chiqish.О‘zbekistonda maktabgacha ta’limning vujudga kelishi va taraqqiyot bosqichlari O‘zbekistonda maktabgacha tarbiyaning yuzaga kelishi o‘tgan asrning 10-20 yillariga to‘g‘ri keladi. Bu davrda Turkistonda bolalarni gimnaziyaga kirishga tayyorlovchi xususiy bolalar bog‘chalaridan tashqari boshqa maktabgacha tarbiya muassasalari bo‘lmagan. Biroq 1919 yilda davlatdagi siyosiy va iqtisodiy holat munosabati bilan o‘sib kelayotgan avlodning sog‘ligini saqlash, oziq-ovqat bilan ta’minlash masalalari bilan shug‘ullanuvchi “Bog‘chalarni himoyalash Kengashi tuzildi. Bu davrda bollarni davlatning yanada sermahsul mintaqalariga ko‘chirib keltirish, shuningdek, ularni ovqat, kiyim-kechak, uy, yoqilg‘i, tibbiy yordam bilan ta’minlash masalalari yechilgan. Bu masalalarni yechishning asosiy vositasi ommaviy oshxonalar, yasli va bog‘chalar, boshqa tomondan esa ayollarni respublikaning jamoat va siyosiy hayotida faol ishtirok etishga yordam bo‘lgan.Maktabgacha tarbiya ishini aniq tashkil qilish uchun 1918 yilda respublikada Toshkentning eski shahri o‘zbek bolalari uchun 4-bolalar bog‘chasi tashkil qilindi. 1919 yilda esa Samarqandda 2-bolalar bog‘chasi va 3-bolalar uyida maktabgacha guruhlar ochildi. 1926 yilga kelib maktabgacha ta’lim muassasalarida (jami 40 ta) 2000ga yaqin bolalar bo‘lgan. Bu esa respublikadagi maktabgacha bo‘lgan yoshdagi bolalarning 36,4 %dir. Maktabgacha tarbiya ishchilari malakasini oshirishga qaratilgan maktabgacha tarbiya dasturining chiqarilishi muhim muvaffaqiyat bo‘ldi. 1927 yilda boshlangan ayollarning hujum harakati munosabati bilan bolalarning bolalar bog‘chasiga berish hollari yanada ko‘paydi. Kasaba uyushmalari va yirik fabrika-zavodlar yordamida ishlayotgan ayollarga yana bir yordamchi tashkilotyozgi sog‘lomlashtirish maydonchalari ta’sis e’tildi.XX asrning 30-yillarning maktabgacha tarbiya dasturlarida bolalar bog‘chalarining tozalik va metodik yordam holatini tekshirish keng tarqaldi. Bu tekshirishlar natijalariga ko‘ra xonalar va maydonchalarning jihozlanmaganligi, asbob-uskunalar bilan ta’minlanmaganligi, tozalik me’yorlariga amal qilinmasligi kabi kamchiliklarga qarshi kurash olib borilgan.Qishloqlardagi bolalar bog‘chalari va maydonchalari maktabgacha tarbiya muassasalariga nisbatan bo‘lgan salbiy qarashlar tufayli katta qiyinchiliklarga duchor bo‘lgan.1930-yilda O‘zbekistonda respublikaning barcha katta shaharlari va viloyatlarida o‘z bo‘linmalariga ega bo‘lgan maktabgacha tarbiya pedagogik maslahatxonasi tashkil qilindi. Uning faoliyati doimiy ma’ruzalar, radiosuhbatlar, ayollar uchun ko‘rgazmalar tashkil qilishdan iborat edi. Ular uchun bolalarga eng yaxshi burchak qilish bo‘yicha musobaqa ham o‘tkazilgan. Pedagogik maslahatlar beruvchilar oilalarga borishgan va bolalar burchaklarini tashkil qilishgan va shu bilan bolalarni bog‘chalarga qabul qilish tartiboti hamda oilalarning tarbiya masalalari bo‘yicha maslahat berish bilan birlashtirilgan.1933-1934 yillarda sanab o‘tilgan harakatlar natijasida O‘zbekistonda 3840 ta kolxoz maydonchalari bo‘lib, unda 127 ming bolalar qatnashgan. 1933 yil bolalar bog‘chalari uchun ilk dastur loyihalarini ishlab chiqarish yili sifatida muhrlandi Rusiy zabonbolalar bog‘chalari dasturlari asosida tuzilgan bu dasturlar keyinchalik mahalliy sharoitlarni inobatga olib qayta tuzilgan. Maktabgacha tarbiya birlashmalarining metodik faoliyati yagona markaz tomonidan rahbarlikni amalga oshirishga ehtiyoj sezgan. 1934 yil Toshkentda tuzilgan Respublika maktabgacha tarbiya metodik xonasishunaqa markaz vazifasini bajardi. Ommaviy maktabgacha tarbiyaning rivojlanishida eng katta to‘siqlardan birimalakali kadrlarning yetishmasligi bo‘lgan. Qishloq aholisidan kadrlar tayyorlash uchun qisqa muddatli 3 oylik kurslar tashkil qilingan. Bundan tashqari XX asrning 70- yillari boshidan maktabgacha tarbiya mutaxassislarini tayyorla sh vazifasi pedagogik o‘quv yurtlari zimmasiga qo‘shildi. 1930 yildan Toshkentda faoliyat yurituvchi pedagogik o‘quv yurti 1936 yilda 60 ta mutaxassis tayyorladi. Natijada 1938-1939 yillarda respublikada 927 ta bolalar bog‘chasi ochilgan edi va ularda 36710 ta bola bor edi. Maydonchalar soni esa 4835 ta bo‘lib ularda 152000 bola bor edi. Shu bilan birga bu vaqtda onalar uchun “Bolalar xonalari” nomli maktabgacha tarbiya muassasalari ham tuzilgan.Shu va keyingi yillarda maktabgacha tarbiyani yaxshilash maqsadida quyidagi choralar ko‘rilgan:-joylarda metodik ishlarni tashkil qilish;-mebel, o‘quv qo‘llanmalari, o‘yingohlarning standartlarini ishlab chiqish;-maktabgacha tarbiya masalalariga jamoatchilik va aholining e’tiborini qaratish (matbuotda nashr qilish, hujjatlarni tuzish) va sh.k.Urush yillari O‘zbekistonda 200 ming bola ko’chirib keltirilgan va natijada bolalar bog‘chalari tarmog‘ining kengayishi, ularda ish kuni uzaytirish zaruriyati paydo bo‘lgan. Urush yillari maktabgacha internatlar ham tashkil q ilingan. Ulardagi tarbiyaning o‘ziga xosligi shundan iboratki, ularda o‘z oilasi, yaqinlaridan ajragan bolalar tarbiyalanishgan. Bu holda pedagoglarning har bir bola uchun mas’uliyati tabora oshib borgan.Urushdan keyingi davrda oziq-ovqat muammolari munosabati bilan kuchsizlangan bolalar uchun sog’lomlashtirish chora-tadbirlari kuchaytirildi.Bu maqsadda respublikaning bir qator shaharlarida sanatoriya tipidagi bog‘chalar tashkil qilindi. Qishloq hududida maktabgacha tarbiyaning rivojlanishiga katta ahamiyat berilgan. Bu qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, ayollar mehnatidan foydalanish zaruriyati bilan bog‘liq edi. 1959 yildan maktabgacha tarbiyaning yagona tuzilishni tashkil qilish maqsadida ikki turdagi maktabgacha tarbiya muassasalari bitta yasli bog‘chaga birlashtirildi. Bu esa bolalarni tarbiyalash jarayonining faollashuviga olib keldi.O‘rta maxsus ma’lumotli mutaxassislar Toshkent va Marg‘ilon pedagogika o‘quv yurtlari tomonidan amalga oshirilgan. 1957-58 yillar ular 517 ta mutaxassis chiqarishgan. Metodik va tarbiya ishlarini yaxshilash maqsadida Toshkent, Samarqand, Buxoro, Namangan, Farg‘ona, Chirchiq shaharlarida maktabgacha tarbiya xonalari ochilgan. 1961 yil Qori-Niyoziy nomidagi pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot markazida O‘zbekistondagi maktabgacha tarbiya muammolari ustida, tadqiqot olib boruvchi, bolalar bog‘chalari va metodika xonalariga yordam ko‘rsatuvchi markaz ochildi. Toshkentda 1966 yil 26 aprelda bo’lib o‘tgan zilzila natijasida 225 ta maktabgacha tarbiya muassasalari barbod bo‘ldi. Biroq qisqa vaqt mobaynida boshqa respublika quruvchilari yordami bilan bu muassasalar qayta tiklandi.XX asrning 60-80-yillarda ommaviy maktabgacha tarbiya quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshirilgan:-markazlashgan jamoa xo‘jaliklariaro maktabgacha tarbiya muassasalarining ish tajribasini o‘rganish uchun respublika majlislarini o‘tkazish;-kolxozlar orasida eng yaxshi maktabgacha tarbiya muassasasi nomiga musobaqa o‘tkazish;-yuqumli kasalliklardan aziyat chekuvchi bolalar uchun maxsus muassasalar tashkil etish;-bolalar sog‘ligini saqlash bo‘yicha maktabgacha tarbiya muassasalarini tashkil qilish;-yasli bog‘cha va boshqa tarbiya muassasalari uchun mutaxassislar tayyorlash;-respublikaning pedagogik va musiqa o‘quv yurtlarini keng turdagi mutaxassislar tayyorlab berishga o‘tkazish; -maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalashning yagona dasturini ishlab chiqish;-bolalarning estetik tarbiyasiga katta ahamiyat berish-o‘zbek milliy san’ati asarlaridan foydalanish va boshqalar.O‘zbekistonning mustaqil davlat maqomini qo‘lga kiritishi bilan jamiyatning ijtimoiy muammolari yanada ko‘paydi va keskinlashdi. Birinchidan, siyosiy,ma’naviy, iqtisodiy ustuvor yo‘nalishlarning almashishi, ikkinchidan, bu davrda ijtimoiy muammolarni yaxshi tushunmaslik oqibatida ro‘y berdi. Biroq, demokratiya va oshkoralik tamoyillari, xorij davlatlari tajribasi yordamida davlat muhtojlarga real ijtimoiy pedagogik yordam bermoqda, ijtimoiy pedagogik fanini rivojlantirish uchun chora-tadbirlar ko‘rmoqda.Bugungi kun o’qituvchisiga barkamol avlodni tarbiyalab voyaga yetkazishdek mas’uliyatli vazifa yuklangan bo’lib, ta’lim mazmunini takomillashtirishga qaratilgan vazifalarni belgilab olish, zamon bilan hamnafas bo’lib, ta’limning zamonaviy texnologiyalarini joriy etgan holda o’quvchilarda o’z faniga qiziqish uyg’otishlari, hurmat-ehtirom tuyg’ularini shakllantirib borishlari talab etiladi.Ta’limda ijobiy natijalarga erishish, eng avvalo, yosh avlodga ilmiy bilim asoslarini puxta o’rgatish, ularda dunyoqarash hamda tafakkur ko’lamini kengaytirish, ma’naviy-axloqiy sifatlarini shakllantirish borasidagi ta’limiy-tarbiyaviy ishlarni samarali tashkil etish bilan belgilanadi. Bu borada ta’lim-tarbiya jarayoniga ko’plab o’zgartirishlar kiritilmoqda, yangicha yondoshuvlar tadbiq etilmoqda.Bugungi kunda boshlang’ich sinflarda boshlab bolalarni o’qitishning qulay sharoitlaridan foydalanib, fanlararo bog’lanishni to’la darajada amalga oshirish mumkin.Bu borada Respublikamiz ta’lim tizimiga Tabiiy fanlarni o’qitish bo’yicha tadbiqiy ishlar amalga oshirildi.Bu yangiliklar asosida bugungi kun oqitivchisining asosiy maqsadi har bir o’quvchi uchun muvaffaqiyat holatini yaratish. Shuni ta’kidlash kerakki, muvaffaqiyat holati -bu muvaffaqiyatni ta’minlaydigan shartlarning yig’indisi, bunday vaziyatning natijasi: yutuq quvonchini boshdan kechirish, ularning imkoniyatlari va qobiliyatlari, o’zlariga va mavjud kuchli tomonlariga ishonish. Sinfda qulay psixologik muhitni yaratish va saqlash o’quvchining muvaffaqiyat holatini tajribasi o’rganish uchun motivatsiyani oshiradi, o’quv ishining yuqori ko’rsatkichlarini rag’batlantiradi, shaxsiy xususiyatlarni tuzatish istagini ta’minlaydi (tashvish, noaniqlik, o’z-o’zini hurmat qilish), ijodkorlikni, tashabbusni rivojlantirishdan iboratdir [2].Tabiiy fanlar orqali o’quvchilarda hayotiy ko’nikmalarni rivojlantirishda STEAM yondashuv ta’lim tizimida asosiy o’rinni egalladi.STEAM ta’limini joriy etishning me’yoriy –huquqiy asoslari O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi O’zbekiston Respublikasi xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to’g’risidagi PF-5712-son farmoniga ko’ra, innovatsion ta’lim jarayoniga o„tish, zamonaviy kadrlarga bo’lgan ehtiyojni inobatga olish, AKT va ta’lim berishning yangi metodlarini joriy etish, dars jarayonini STEAM ta’lim texnologiyasi talablari asosida tashkil etish, STEAM (tabiiy fanlar, texnologiya, muhandislik, dizayn va matematika) fanlarini o’qitish bo„yicha o„quv kurslaridano„tgan pedagoglar 2023-yilda 10%, 2030-yilga kelib 50%ga yetishi, yangi kasbiy kompetensiyalarni o„zlashtirish uchun zarur bilimlar bazasini shakllantirish kabi vazifalar belgilangan [1].«STEM fikrlash» bolalikdan boshlanadi. Bola yurishni bilmagan paytida ham jarayonlarning bog’liqligi, ketma-ketligi va ehtimollikni tushuna oladi. Ushbu xususiyatlar har tomonlama rag’batlantirilishi lozim. Sifatli kitob bolani STEM tizimiga olib kirishda kuchli tramplin bo’la oladi. Bu yerda muhim jihat STEM tamoyillariga asoslangan kitobni ensiklopediya kitoblari bilan adashtirmaslik lozim. Ana shu tamoyillarga asoslangan darslik bugungi kunda yaratildi [4].Biz, alohida fanlar bo„yicha mutaxassis sifatida emas: Biologiya, kimyo, geografiya fanlari tizimida yaratilgan fanlar, bilimlar integrasiyalari asosida shakllangan dasturlar ularning mazmun mohiyati haqida aytib o’tishni joiz deb bildik.Umumiy vazifamiz bo’lgan o’quvchilarni hayotga tayyorlash, XXI asr ko’nikmalariga ega, tashabbuskorlik, liderlik qobiliyatlarini namoyon etadigan, kreativ, tanqidiy fikrlash orqali o’z g’oyalarini ilgari suradigan, jamiyatda faol fuqarolik pozitsiyasini egallaydigan shaxsni shakllantirish ustida ishlar ekanmiz albatta STEAM yondashuv zarurati paydo bo’ldi va buni davr taqozo qildi. Ta’lim tizimida XXI asr ko’nikmalari paydo bo’ldi. Bular:Fundamental bilimlar: О’quvchilar egallagan kо’nikmalarini kundalik turmushda, hayotiy vaziyatlarda qay tarzda qоllaydilar. Murakkab masalalarni hal qila olish kо’nikmalari: tanqidiy fikrlash, kreativlik muloqot, hamkorlik. Shaxsiy fazilatlar: qiziquvchanlik, tashabbuskorlik, maqsad sari intilish, moslashuvchanlik liderlik, xabardorlik [3].Masalan: geografiya darslarida yomg’ir hosil bo’lish jarayonini yozma, o’gzaki tushuntirish bilan talim jarayoni amalga oshirilgan bo’lsa, STEAM yondashuvda bu jarayon suniy yomg’ir hosil qilish tajribasinin o’tkazish orqali amalga oshiriladi. Bu jarayon o’quvchini kichik tadqiqotlar olib boorish hamda tabiat hodisalarini amaliy jarayonda hosil bo’lishini kuzatish imkonini beradi. Oy holatini kuzatish orqali unu fazalarini o’rgatish tajribasi dastlabki darasliklarda faqat rasm holatida berilgan bo’lib.Ba’zi holatlarda o’quvchi bu rasm mohiyatini tushunib etolmaganligini ko’rishimiz mumkin. Bu amaliy jarayonda o’quvchi o’zi yasayotgan didaktik materialning mjhiyatini tushunish orqali amalga oshirishini ko’rishimiz mumkin. Bujarayon o’z navbatida ta’lim tizimida tub burilish zarur ekanligini anglatadi.Ta’lim jarayonida STEAM yondashuv asosida o’tilgan darslar natijasida:-o’quvchilar amaliy tadqiqotlar o’rganadilar;-bilimlarni hayotiy vaziyatlarda qo’llashga o’rganadilar;-mustaqil mehnat qilish qobiliyati shakllanadi;-hamkorlikda ishlash, do’stona munosabat shakllanadi;-dalillarni o’rganish, chuqur bilim egallashga yordam beradi; I bob bo’yicha xulosa Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, ta’lim jarayonidagi metodlar o‘qituvchi faoliyatini belgilovchi holatdir.Tabiatshunoslikni o‘rganishda o‘quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish uchun darsning o‘quvchilarning o‘tgan mavzu yuzasidan o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma va malakalarini aniqlash, ularni tizimlashtirish, yangi mavzu yuzasidan o‘zlashtirilgan bilim, ko‘nikma va malakalami nazorat qilish va baholash, shuningdek, yangi mavzuni o‘rganishjarayonida lokal texnologiyalardan foydalanish maqsadga muvofiq. Biologiyani o‘qitishda lokal darajadagi pedagogik texnologiyalardan «Keys», «Insert», «Waster», Venn diagrammasi, «Aqliy hujum», «Kichik guruhlarda ishlash», «Atamalar zanjiri», «Atamalar varag‘i», tezkor o‘yinlar va o‘yin mashqlaming turli shakllaridan foydalanish tavsiya etiladi.Mazkur tadqiqot jarayonida zamonaviy metodlar yordamida Tabiatshunoslik fanini o‘qitishning xususiyatlari tahlil qilib o‘tildi.Tabiatshunoslik o‘qitish metodikasi pedagogika fani sifatida didaktika bilan uzviy bog‘liqdir. Biologiya o‘qitish metodikasi maktab biologiyasining o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, ta’lim va tarbiyaning mazmuni, shakllari, usullari va vositalarining nazariy va amaliy muammolarini ishlab chiqadi. Tabiatshunoslik darslarida o‘quvchilami to‘laqonli o‘quv-bilim jarayonining subyektiga aylantirishyo‘llari qamrab olinishi darkor.Bugungi kunda rivojlanayotgan umumiy o‘rta ta’lim tizimida Tabiatshunoslik fani o‘qituvchilarini tayyorlash muammosi ta’lim miqyosida dolzarb hisoblanadi. Biologiyaning rivojlanishi va uning yutuqlarini jamiyat hayotiga tatbiq etilmoqda. Binobarin, maktabda biologik ta’limning ahamiyati tobora ortib bormoqda. Yosh mutaxassisni tayyorlash jarayonida o‘quvchi o‘qituvchining bevosita rahbarligida, ta’lim mazmuni, metodlari, vositalari va shakllari yordamida organik olamning qonuniyatlari, hodisa va voqealaming mohiyati, o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganadi va bilim, ko‘nikma hamda malakalarni egallaydi. Bundan ko‘rinib turibdiki, o‘quvchilar uchun o‘quv jarayoni bilish jarayoni, uning faoliyati esa bilish faoliyatidir. Download 320.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling