Resurs soliqlari 2011-2015 yillarda yalpi ichki mahsulotning o’rtacha 1,6
solig’i o’rtacha 0,9 foizga yaqinni tashkil etib, yuqori ulushni tashkil etgan bo’lsa,
yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq o’rtacha 0,8 foizni va suv resurslaridan
foydalanganlik uchun soliq atigi 0,4 foizni tashkil etgan. Ma’lumotlar tahlili shuni
24
ko’rsatmoqdaki, resurs soliqlari turlari bo’yicha yalpi ichki mahsulot tarkibida yer
solig’i, yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqlar o’sish tendentsiyasiga ega
bo’lsa, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq nobarqarorlik tendentsiyasiga
ega.
Tabiiy resurs soliqlarining asosiy vazifasi fiskal vazifa ekanligini va davlat
budjeti daromadlarini shakllantirishda ular ahamiyatini oshirish lozimligi borasida
bir qator fikrlarni o’rgangan edik. Shu o’rinda respublikamiz davlat budjeti
daromadlarida tabiiy resurs soliqlarining tutgan o’rni va ahamiyatini har
tomonlama o’rganish, o’zgarish tendentsiyalarini aniqlash, ta’sir etuvchi omillarni
tahlil va tadqiq etish maqsadga muvofiq. Shuningdek, bu yana shu bilan
ifodalanadiki, respublikamiz soliq tizimining muhim tarkibiy qismi hisoblangan
tabiiy
resurs
soliqlarini
davlat
budjeti
manfaatlari
nuqtai-nazaridan
takomillashtirishga qaratilgan yo’nalishlarni belgilashda ham muhim ahamiyatga
ega.
Do'stlaringiz bilan baham: