Мавзу: Табиий ресурслардан самарали фойдаланишда солиқларнинг таъсирчанлигини ошириш масалалари


Download 0.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/38
Sana09.01.2022
Hajmi0.57 Mb.
#261849
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   38
Bog'liq
tabiiy resurslardan samarali foydalanishda soliqlarning tasirchanligini oshirish masalalari

 

Birinchi bob bo’yicha xulosalar: 

 



soliqlar  davlatchilikning  yuzaga  kelishi  jarayoni  bilan  bevosita  bog’liq 

bo’lib,  davlat  o’zining  oldiga  qo’yilgan  iqtisodiy  funktsiyalarining  mazmuniga 

bog’liq  bo’lib,  davlat  o’zining  oldiga  qo’yilgan  iqtisodiy  funktsiyalarining 

mazmuniga  bog’liq  ravishda  soliqlarning  universalligi  oshib  boradi.  Davlatning 

tegishli  vakolatli  organlari  tomonidan  soliqlarni  undirish  mexanizmini  joriy  eta 



29 

 

borish va uning samarasini ta’minlash soliqlarni turli xil guruhlarga bo’linishining 



ilmiy asoslari hisoblanadi; 

  soliqlar  huquqiy  ong,  iqtisodiy  taraqqiyot  va  nazorat  tizimlarining  yuzaga 



kelishi  bilan  bog’liq  bo’lib,  ular  davlatning  g’aznasining  daromadlari  tarkibida 

yuqori salmoqli va hukmron mavqeini egallaydilar; 

  tabiiy  resurslar  kishilik  jamiyati  taraqqiyotining  har  bir  davrida  hayot 



boyligining moddiy asosi sifatida muhim o’rin egallab kelgan. Tabiiy resurslarning 

cheklanganligi  ularni  takror  ishlab  chiqarish  va  sifat  holatini  yaxshilash  uchun 

tabiiy  resurslardan  samarali  va  oqilona  foydalanishni  rag’batlantirish  va  tartibga 

solish zaruratini namoyon etadi; 

  tabiiy  resurslardan  samarali  foydalanishga  qaratilgan  iqtisodiy  mexanizm 



elementlarining  eng  muhimi  -  bu  albatta  soliqqa  tortishdir.  Jahon  amaliyotida 

tabiiy  resurslardan  foydalanganlik  uchun  va  atrof-muhitni  muhofaza  qilishga 

qaratilgan soliqlar tartibga soluvchi va moliyalashtiruvchi soliqlarga bo’linadi; 

  tabiiy resurslardan foydalanish bilan bog’liq soliqlarning joriy etilishi fiskal 



ahamiyat  kasb  etishi  bilan  birgalikda,  resurslardan  samarali  va  oqilona 

foydalanishni  ta’minlovchi  iqtisodiy  mexanizm  sifatida  ham  muhim  ahamiyatga 

ega; 



  tabiiy  resurslardan  foydalanganlik  uchun  soliqlarni  joriy  etishning  zarurati 



ularning  cheklanganligi  va  qayta  tiklanmasligi  bilan  ifodalanadi.  Shuning  uchun 

bizning fikrimizcha, qaysi turdagi resurslar cheklanganligi va qayta tiklanmasligini 

hisobga  olgan  holda  ulardan  foydalanganlik  uchun  to’lovlar  belgilashda  qulay 

investitsion  muhitni  yaratishda  ishlab  chiqarish  tannarxi  va  me’yoriy  foydani  o’z 

ichiga olgan tabiiy resurslar bahosi asos qilib olinishi lozim; 

  tabiiy  resurs  soliqlarining  nazariy  jihatlarini  o’rganish  jarayonida  guvohi 



bo’ldikki, ularning joriy etilishi natijasida xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning tabiiy 

resurslardan  samarali  va  oqilona  foydalanishini,  atrof-muhitga  ta’sirini 

kamaytirishga erishish mumkinligi borasida umumiy xulosa chiqarish mumkin. 


Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling