Мавзу: Табиий ресурслардан самарали фойдаланишда солиқларнинг таъсирчанлигини ошириш масалалари


-jadval  2016 yil uchun Toshkent shahrida yer uchastkalaridan


Download 0.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/38
Sana09.01.2022
Hajmi0.57 Mb.
#261849
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   38
Bog'liq
tabiiy resurslardan samarali foydalanishda soliqlarning tasirchanligini oshirish masalalari

4-jadval 

2016 yil uchun Toshkent shahrida yer uchastkalaridan 

foydalanganlik uchun yer solig’i stavkalari

17

 

 



 

Zona 

Undiriladigan yer solig’i stavkalari 

yuridik shaxslardan 1 ga uchun, so’m 

99 187 500 



79 350 000 

59 512 500 



39 675 000 

19 837 500 



  

Soliq kodeksining 283-moddasiga muvofiq, yer uchastkasi mulkdorining, yer 

egasi,  yerdan  foydalanuvchi  yoki  ijarachining  aybi  bilan  qishloq  xo’jaligi 

yerlarining  sifati  yomonlashgan  (bonitet  balli  pasaygan)  taqdirda,  yer  solig’i 

yerning  sifati  yomonlashguniga  qadar  belgilangan  stavkalar  bo’yicha  yuridik 

shaxslar  tomonidan  to’lanadi.  Shaharlar  va  shaharchalarning  ma’muriy 

chegaralarida  joylashgan  qishloq  xo’jaligi  ahamiyatiga  molik  yerlar  uchun  yer 

solig’i  qishloq  xo’jaligi  yerlari  uchun  belgilangan  stavkalarning  ikki  baravari 

miqdorida to’lanadi. 

Yuridik shaxslar foydalanadigan (shu jumladan, yer solig’ini to’lashdan ozod 

etilgan),  davlat  hokimiyati  organlari  tomonidan  ajratilgan  maydonlardan  ortiqcha 

yer  uchastkalari  uchun  yer  solig’i  yuridik  shaxslar  uchun  2,0  koeffitsientini 

qo’llagan  holda  to’lanadi.  Davlat  hokimiyati  organlari  tomonidan  ajratilgan 

maydonlardan  ortiqcha  foydalaniladigan  yerlar  uchun  yuqorida  ko’rsatilgan 

                                                 

17

 O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 22 dekabrdagi PQ-2455-son qaroridan olindi. 




34 

 

koeffitsientni qo’llagan holda yer solig’i to’lanmagan taqdirda soliq to’lovchilarga 



nisbatan qonun hujjatlariga muvofiq moliyaviy jazo choralari qo’llanadi. 

Shahar va qo’rg’onlarning ma’muriy chegaralarida joylashgan kon va karerlar 

band  etgan  yerlar  uchun  soliq  tegishli  zonalar  uchun  keltirilgan  stavkalarga  0,1 

koeffitsientini  qo’llagan  holda  to’lanadi.  Ma’muriy  va  sanoat  markazlariga 

nisbatan  olganda  yer  uchastkalarining  joylashish  joyiga  bog’liq  holda  qishloq 

joylari  uchun  belgilangan  yer  solig’i  stavkalariga  quyidagi  koeffitsientlar 

qo’llanadi: 

  Toshkent shahri atrofida 20 km lik aylanada - 1.30; 



 

Qoraqalpog’iston Respublikasi poytaxti va viloyat markazlari atrofida 15 km 



lik aylanada - 1.20; 

  tuman markazlari atrofida 10 km lik aylanada - 1,15; 



  boshqa shaharlar atrofida 5 km lik aylanada - 1,10. 

Yer  uchastkalarigacha  masofa  shaharlar  va  tuman  markazlarining  ma’muriy 

chegaralaridan boshlab avtomobil yo’llari bo’ylab belgilanadi. Yer uchastkasi ikki 

shahar  yaqinida  joylashgan  taqdirda  shaharning  yuqoriroq  funktsional  vazifasiga 

muvofiq  keladigan  koeffitsient  qabul  qilinadi.  Bir  qishloq  aholi  punkti  doirasida 

yagona  stavkalarni  belgilash  maqsadida  soliq  to’lovchilarga  berilgan  yerlar, 

yerlarning  qanday  qismi  ushbu  zonaga  kirishiga  bog’liq  holda,  butunlay  shahar 

atrofi zonasiga kiritiladi yoki ushbu zonadan butunlay chiqariladi. 

Iqtisodiyotni  soliqlar  orqali  boshqarishda  davlat  soliq  imtiyozlaridan  ham 

unumli  foydalanadi.  Soliq  imtiyozlari  soliq  mexanizmining  tarkibiy  qismlaridan 

biri  bo’lib,  soliq  tizimida  muhim  o’rin  tutadi.  Soliq  imtiyozlari  vositasida 

soliqlarning  rag’batlantirish  va  tartibga  solish  funktsiyalari  bajariladi.  Soliq 

imtiyozlari  soliq  ob’ektining  soliq  to’lashdan  ozod  qilingan  qismidir.  Yer 

solig’idan beriladigan imtiyozlarni 2 guruhga ajratish mumkin: 


Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling