Мавзу: Табиий ресурслардан самарали фойдаланишда солиқларнинг таъсирчанлигини ошириш масалалари
2-BOB. TABIIY RESURSLARDAN SAMARALI FOYDALANISHDA
Download 0.57 Mb. Pdf ko'rish
|
tabiiy resurslardan samarali foydalanishda soliqlarning tasirchanligini oshirish masalalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.1. Yuridik shaxslardan olinadigan yer solig’ini hisoblash va budjetga to’lash tartibi tahlili.
30
SOLIQLAR TA’SIRCHANLIGINING AMALDAGI HOLATI TAHLILI (YUNUSOBOD TUMANI KORXONALARI MISOLIDA). 2.1. Yuridik shaxslardan olinadigan yer solig’ini hisoblash va budjetga to’lash tartibi tahlili.
Ma’lumki, yuridik shaxslardan olinadigan yer solig’i O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 278-286 moddalari bilan undiriladi va huquqiy tartibga solinadi. Soliq kodeksida belgilanishicha, yer uchastkalaridan foydalanganlik uchun budjetga to’lovlar yer solig’i yoki yer uchun ijara haqi tariqasida amalga oshiriladi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan ijaraga berilgan yer uchastkalari uchun to’lanadigan ijara haqi yer solig’iga tenglashtiriladi. Yer uchastkalarini ijaraga olgan yuridik shaxslarga yuridik shaxslardan olinadigan yer solig’i stavkalari, yuridik shaxslardan olinadigan yer solig’ini to’lovchilar uchun belgilangan imtiyozlar, soliqni hisoblab chiqarish, soliq hisob-kitoblarini taqdim etish va soliqni to’lash tartibi tatbiq etiladi. Yuridik shaxslar mulk huquqi, egalik qilish huquqi, foydalanish huquqi yoki ijara huquqi asosida foydalaniladigan yer uchastkalari uchun yer solig’i to’laydilar. Soliq kodkesining 279-moddasiga muvofiq yuridik shaxslardan olinadigan yer solig’ini to’lovchilari bo’lib, mulk huquqi, egalik qilish huquqi, foydalanish huquqi yoki ijara huquqi asosida yer uchastkalariga ega bo’lgan yuridik shaxslar, shu jumladan O’zbekiston Respublikasining norezidentlari hisoblanadi. Ko’chmas mulk ijaraga berilgan taqdirda, ijaraga beruvchi yer solig’ini to’lovchi bo’ladi. Yer uchastkasidan bir nechta yuridik shaxs birgalikda foydalangan taqdirda, har bir yuridik shaxs yer uchastkasining foydalanilayotgan maydonidagi o’z ulushi uchun yer solig’ini to’lovchidir.
31
Soliq kodeksining 280-moddasiga muvofiq mulk huquqi, egalik qilish huquqi, foydalanish huquqi yoki ijara huquqi asosida yuridik shaxslaga tegishili bo’lgan yer uchastkalari soliq solish ob’ektidir. Quyidagilarga soliq solish ob’ekti sifatida qaralmaydi: aholi punktlarining umumiy foydalanishdagi yerlari. Aholi punktlarining umumiy foydalanishdagi yerlari (maydonlar, ko’chalar, tor ko’chalar, yo’llar, sug’orish tarmog’i, sohil bo’yi yerlari va boshqa shu kabi yerlar); aholining madaniy-maishiy ehtiyojlarini qondirish va dam olishi uchun foydalaniladigan yerlar (daraxtzorlar, bog’lar, sayilgohlar, xiyobonlar, shuningdek ariq tarmoqlari egallagan yerlar); kommunal-maishiy yerlar (qabristonlar, chiqindilarni zararsizlantirish va ularni utilizatsiya qilish joylari va boshqa shu kabi joylar); zahira yerlar. Soliq solinadigan baza yer uchastkasining soliq solinmaydigan yer uchastkalari maydonlari chegirib tashlangan holdagi umumiy maydoni soliq solinadigan bazadir. Qaysi yer uchastkalariga bo’lgan mulk huquqi, egalik qilish huquqi, foydalanish huquqi yoki ijara huquqi yil mobaynida soliq to’lovchiga o’tgan bo’lsa, o’sha yer uchastkalari uchun soliq solinadigan baza yer uchastkalariga tegishli huquq vujudga kelganidan keyingi oydan e’tiboran hisoblab chiqariladi. Yer uchastkasining maydoni kamaytirilgan taqdirda, soliq solinadigan baza yer uchastkasi maydoni kamaytirilgan oydan e’tiboran kamaytiriladi. Yuridik shaxslarda yer solig’i bo’yicha imtiyoz huquqlari vujudga kelgan taqdirda, soliq solinadigan baza ushbu huquq vujudga kelgan oydan e’tiboran kamaytiriladi. Yer solig’i bo’yicha imtiyoz huquqi bekor qilingan taqdirda, soliq solinadigan baza ushbu huquq bekor qilinganidan keyingi oydan e’tiboran hisoblab chiqariladi (ko’paytiriladi). Yuridik shaxslardan olinadigan yer solig’i stavkalari O’zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori asosida belgilanadi va soliq to’lovchilarga Moliya 32
vazirligi va Davlat soliq qo’mitasi va ularning quyi organlari tomonidan belgilangan tartibda etkaziladi. Masalan, 2016 yil uchun yuridik shaxslardan olinadigan yer solig’i stavkalari O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 22 dekabrdagi PQ-2455-sonli qaroriga muvofiq belgilangan. Qarorda soliq stavkalar quyidagilarga ajratilgan holda tabaqalashtirilgan:
sug’oriladigan jamoat qishloq xo’jaligi yerlari uchun undiriladigan yer solig’i stavkalari; lalmi ekinzorlar, bo’z yerlar va ko’p yillik ko’chatlar uchun undiriladigan yer solig’i stavkalari;
sug’orilmaydigan pichanzorlar va yaylovlar uchun undiriladigan yer solig’i stavkalari; qishloq xo’jaligi va o’rmon xo’jaligida foydalanilmaydigan boshqa yerlar uchun undiriladigan yer solig’i stavkalari; Toshkent shahrida yer uchastkalaridan foydalanganlik uchun yer solig’i stavkalari; shahar va qo’rg’onlarda yer uchastkalaridan foydalanganlik uchun yer solig’i stavkalari; qishloq joylarda joylashgan yer uchastkalaridan foydalanganlik uchun yuridik shaxslardan undiriladigan yer solig’i stavkalari Qishloq xo’jaligida foydalanilmaydigan yer uchastkalari uchun yer solig’i stavkalari zonalarga bo’lingan holda tabaqalashtirilgan bo’lib, masalan, Toshkent shahri 5 zonaga, Qoraqalpog’iston Respublikasi va viloyatlardagi hududlar ko’pi bilan 4 zonaga bo’lingan. Quyida keltirilayotgan jadvalda Toshkent shahri uchun yer solig’i stavkalarining miqdorlari to’g’risida ma’lumot berilgan (jadvalga qarang): Jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, Toshkent shahar hududi 5 zonaga bo’lingan va har bir zona uchun alohida yer solig’i stavkalari belgilangan. Masalan, 1-zona uchun yer solig’i stavkasi 1 gektar maydon uchun 99 187 500 33
so’m belgilangan bo’lsa, 5-zona uchun har gektariga 19 837 500 so’m belgilangan. Xulosa qilish mumkinki, zonalar yuqoriga ortib borishi bilan yer solig’i stavkalari miqdori ham shunga mos ravishda arzonlashib boradi. Download 0.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling