Mavzu: tabiiy resurslarga boy afrika davlatlarida ijtimoiy rivojlanish muammolari
Download 32.64 Kb.
|
Afrika Qit\'asi reja
2. Tabiiy sharoiti va resurslari.
Hozirgi vaqtda Afrika mamlakatlari dunyoda qazib chiqariladigan marganes, xrom, platina metallarinining yarmidan ko'prog'ini, kabolt va oltinning 3|4 qismidan ko'prog'ini, beradi. Shuningdek, ko'p miqdorda boksit, fosforit, temir va mis rudalari, surma, asbest va boshqa qazilmalar bor. Dunyo bozoriga boksit, mis va kobalt yetkazib berishda Afrikaning roli ayniqsa katta. Materikdagi barcha gidroresurslarning yarmisi Kongo daryosiga to'g'ri keladi. Zambezi, Nil, Niger daryolarning ham gidroresurslari katta. Energetika xomashyosi boshqa turlarning kamligi rivojlanishiga to'sqinlik qilib keldi, yoqilg'ini chetdan keltirishga majbur etdi. Biroq 60- yillarda Shimoliy Afrikada (Jazoir va Liviya) va G'arbiy Afrikada (Nigeriya, Gabon) neft bilan gazning yangi katta zahiralari topildi. Ko'p mamlakatlarda uran topildi. Materikda iqlim sharoiti juda xilma-xil. Vegetasiya davri yil bo'yi davom etadi, bu esa qishloq xo'jaligini rivojlantirish uchun qulay sharoit yaratadi. Shu bilan birgalikda cho'l va chalacho'llarning borligi dehqonchilikni rivojlantirishni cheklab qo'yadi, yer fondini qisqartiradi. Yer sharidagi eng katta cho'l- Sahroi-Kabir cho'li Afrika materigining 1|4 qismini ishg'ol qilgan. Sahroi Kabirdan janubda chalacho'l va chala savannalar (Saxel) zonasida ko'pincha qurg'oqchilik bir necha yil davom etadi, shundan so'ng sharros yomg'irlar yog'ib, tuproqni yuvib ketadi, yo'l va imoratlarni buzib ketadi. Iqlim sharoitidagi tafovutlar xilma-xil tuproqlar paydo bo'lishiga olib kelgan. Cho'l va chalacho'l rayonlarini istisno qilganda, qit'a tuproqlari umuman unumdor. Biroq sernam ekvatorial o'rmonlarning ferralit tuproqlari osongina yuvilib, nurab ketadi. Sernam ekvatorial o'rmonlarda qimmatli daraxt turlari (ebendaraxt va boshqalar) ko'p bo'lib, bu daraxt yog'ochlari ba'zi bir mamlakatlar (Kongo, Gabon) ning eksport qiladigan asosiy mollaridan biridir, yog'ochlarga dastlabki ishlov berish esa sanoatning yirik tarmog'i hisoblanadi. Afrikada tabiatdagi ekologik muvozanatning buzilishi munosabati bilan jiddiy muammolar vujudga kelmoqda. Materikdagi barcha mamlakatlarda eroziya jarayonlari rivojlanmoqda. Download 32.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling