Reja: 1. Cho’kma hosil qilish usuli bilan suvni yumshatish mohiyati. 2. Suvni ohak eritmasi bilan yumshatish. 3. Suvni soda eritmasi bilan yumshatish. 4. Suvni ishqor eritmasi bilan yumshatish. 5. Eritmalarni tayyorlash qurilmalari. 1. Cho’kma hosil qilish usuli bilan suvni yumshatish mohiyati. Suvda Са va Mg kationlarning kam erruvchan birikmalarini hosil qilib, bu kationlarni cho’ktirishga, cho‟kma hosil qilish usuli bilan suvni yumshatish deyiladi. Bu kationlarni cho‟kmaga tushirish ularning CaCO3 va Mg(OH)2 kabi kam eruvchan birikmalarning hosil qilishga asoslangan. Yumshatilayotgan suvda bunday birikmalarni hosil qilish uchun suv tarkibidagi СО32- va ОН-ionlarining kontsentratsiyasini oshirish talab etiladiyu buning uchun suvga ohak eritmasi, kalsiy gidroksidi Са(ОН)2, uyuvchi natriy aniqrog‟i NaOH va natriy karbonat Na2CO3 sodasi kabi tarkibidagi ОН- yoki СО32- ionlari bo‟lgan birikmalar qo‟shiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |