Natijada suv tarkibida СО32- va ОН- ionlari kontsentratsiyasi oshib suvda kam eruvchi СаСО3, Mg(OH)2 kabi birikmalar hosil bo‟ladi. Suv tozalash texnikasida cho‟kma hosil qilib, suvni yumshatish jarayoni koagulyatsiyalashdagi kabi maxsus tindirgichlarda olib boriladi. 1 - rasm. Koagulyant eritmasini dozalash va ho'l saqlash ombori sxemasi: 1 – koagulyantni ho'l holatda saqlashga mo'ljallangan temir-beton bo'lma; 2 – koagulyant eritmasini haydash nasosi; 3 – koagulyant eritmasi filtri; 4 – bo'lmadagi cho'kmalarni chiqarish uchun suv-suv turidagi ejektor; 5 – cho'kib qolgan koagulyant eritmasini ko'chirish uchun egiluvchan shlang; 6 – taxta to'sin; 7 – havoni haydash uchun teshikli quvur yo'llari; 8 – siqilgan havoning kirishi; 9 – bug' kirishi; 10 – tindirilgan suvning kirishi; 11 – o'tkir koagulyant eritmasi liniyasi; 12 –koagulyant eritmasining sarf banki; 13 – nasos-dozatori; 14 – tindirgichga. Yuqoridagi suvga qo’shiladigan moddalar alohida yoki bir-biri bilan qo’shilgan holda ishlatilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |